|
Yosh fiziologiyasi va gigienasi
|
bet | 38/190 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 4,48 Mb. | | #130993 |
Bog'liq Yosh fiziologiyasi va gigienasiDominantlik tamoyili. Dominantlik tamoyili A.A.Uxtomskiy tomonidan shakllantirilgan. Asab tizimining faoliyati uchun har bir vaqtning o’zida qo’zg’alish o’chog’ining ustunlik, hukmronlik qiluvchi o’chog’larining mavjudligi xos xususiyatdir. Bir vaqtning o’zida berilgan uzoq muddatli qo’zg’alish uchog’ining vaqtinchalik hukmronligi dominantlik deb ataladi. Dominantlik tamoyili – asab tizimining koordinasiyalovchi faoliyatini asosiylaridan biridir. Asab tizimining ushbu xususiyati tufayli organizmga tinimsiz ravishda berilayotgan turli- tuman tashqi ta’sirotchilarning ta’siriga markaziy asab tizimining tanlash va ma’lum darajadagi moslashuvchanligi ta’minlanadi.
Ochlik paytida markaziy asab tizimining dastlabki o’ziga xos qismlarida, yuqori qo’zg’aluvchanlikga ega bo’lgan turg’un o’choqlarida oziqaviy dominantlik yuzaga keladi. Agarda och it bolasiga sut berilsayu –uning oyoqlariga elektr toki bilan ta’sir ko’rsatilganda ham kuchuk bolasi oyog’ini tortib olmasdan, aksincha jadalroq sutni icha boshlaydi. To’q it bolasi oyoqlariga elektr toki bilan ta’sir ko’rsatilsa u oyoqlarini tortib oladi.
Qo’zg’alishning dominant o’chog’i boshqa markazlarga tushayotgan qo’zg’alish to’lqinlarini o’ziga tortib olish xususiyatiga ega va ular hisobiga kuchlanadi. Bu paytda uning tarkibiga kirmaydigan nerv markazlari va ularga mos reflekslarni tormozlaydi, ana shu sababli markaziy asab tizimida mavjud bo’lgan dominantlik o’chog’ining koordinasiyalovchi roli o’zgaradi.
Asab faoliyati paytida bitta dominantlik ikkinchi dominantlik bilan almashinadi. Markaziy asab tizimida yuzaga kelgani kuchli dominantlik oldin hosil bo’lgan dominantlikni manfiy induksiya yo’li bilan tormozlaydi. Bola kancha yosh bo’lsa, dominantlik shuncha noturg’un va shuncha tez tormozlanadi.
A.A.Uxtomskiyning fikriga ko’ra, dominantlik tamoyili diqqat-e’tibor va fikrlash qobiliyatining fiziologik asosi hisoblanadi. O’qituvchining qiziq va emosional hatti-harakatlar bilan biron narsani tushuntirishi, yaxshi tayyorlangan jadval, o’quvchilar tomonidan bajarilgan tajriba, kinofilmlardan kadrlar ko’rsatish o’quv jarayonida o’sha vaqtga nisbatan dominantlik hosil bo’lishini ta’minlaydi, bilimlarni o’zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Dominantlik tamoyili markaziy asab tizimida oldindan shakllangan dominantlik o’chog’iga nisbatan yangi reflektor aktlarini hosil qilishda hisobga olish zarur ekanligini qayd etadi. Futbol o’yini paytida yuzaga kelgan harakat dominantligi boshqa darsning dastlabki daqiqalarida yangi o’quv materiallarini tushuntirib berish jarayonida birdaniga yangi dominantlik o’chog’i yuzaga kelish imkonini bermaydi. Dominantlik nisbatlarini o’zgartirish uchun ancha qiziqarli va tushunarli bo’lishiga ma’lum muddat talab qilinadi.
|
| |