|
Qaytar bog’lanish tamoyili
|
bet | 35/190 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 4,48 Mb. | | #130993 |
Bog'liq Yosh fiziologiyasi va gigienasiQaytar bog’lanish tamoyili. Markaziy asab tizimi bilan ishni bajaruvchi organlar orasida to’g’ridan-to’g’ri bog’lanish borligi singari, qaytar bog’lanish ham mavjud. Reseptorlarga ta’sirotchilar ta’siri natijasida harakat reaksiyasi yuzaga keladi. Bu reaksiyalar natijasida effektor organlardan – muskullardan nerv impulslari markaziy asab tizimiga tushadi. Bu afferent (markazga intiluvchi) impulslari ikkilamchi doimiy ravishda harakat organlarining holati haqida signallar berib turadi va ushbu signallarga javob reaksiyalari markaziy asab tizimidan muskullarga quyidagi harakat fazalarini yoki faoliyat sharoitiga mos holdagi harakatlarini o’zgarishini qamrab oluvchi yangi impulslar tushadi. Demak, boshqaruvchilar (asab markazlari) bilan boshqariluvchi jarayonlar orasida halqasimon o’zaro aloqa bo’lib, bu reflektor yoy haqida emas, balki reflektor halqa yoki reflektor zanjir haqida gap yuritish uchun asos bo’ladi. Reflektor halqaning tuzilishi periferik qismining alohida-alohidaligi bilan reflektor yoyining tuzilishidan jiddiy farq qiladi.
Reflektor halqa ish bajaruvchi organni, afferent neyronlarni va qo’shimcha neyronlar tizimining reseptorlari shaklidagi qo’shimcha zvenolari bo’lib reflektorli halqani markazdan qochuvchi neyronlariga ikkilamchi afferent impulslarini o’tkazadi.
Ikkilamchi afferentli impulsasiya (qayta bog’lanish) asab tizimi tomonidan bajariladigan koordinasiya mexanizmlarida juda muhimdir. Harakat muskullarini sezuvchanligi buzilgan kasallarda ayniqsa yurish o’zining tekisligini yo’qotib koordinasiyalanmay qoladi. Bunday kasallarda markaziy asab tizimi, harakatlar ustidan њzining nazoratini yo’qotadi.
Qaytar bog’lanish tufayli faqatgina harakatlar natijasi haqida gap yuritmasdan, balki o’z faoliyatimizga o’zgartirishlar kiritishimiz va yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatishimiz mumkin. Xullas, kerakli samara bilan ta’minlovchi organizm faoliyati koordinasiyalangan faqatgina miyadan ishchi organgacha bo’lgan to’g’ridan-to’g’ri bog’lanish yetarli emas, balki bajarilayotgan harakatlarni hatoligi yoki to’g’riligi haqidagi signallarni ishchi organlarga olib boruvchi qaytar bog’lanish ham muhimdir.
Qaytar bog’lanish yordamida organizmdagi funksiyalarning o’z-o’zidan boshqarilishi haqidagi ko’plab misollar fiziologlar uchun ma’lum, bularga qon tomirlaridagi reseptorlardan markaziy asab tizimiga tushayotgan impulslar hisobiga arterial qon bosimini doimiy darajada saqlab turishi yoki nafas olishni boshqarilishida o’pka va nafas muskullaridagi reseptorlardan kelayotgan impulsasiyaning ahamiyatlari kiradi.
|
| |