|
Qo’zg’alishni o’tkazilishi
|
bet | 32/190 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 4,48 Mb. | | #130993 |
Bog'liq Yosh fiziologiyasi va gigienasiQo’zg’alishni o’tkazilishi. Yuzaga kelgan qo’zg’alish nerv tolalari bo’ylab tarqaladi, boshqa hujayralarga yoki o’sha hujayralarning boshqa qismlariga ham o’tadi. Bitta hujayrada yoki uning biron qismida hosil bo’lgan potensiallarning ta’siri qo’zg’alishni o’tkazilishini ta’min etadi, bu esa o’z navbatida qo’shni qismlarda qo’zg’alish chaqiruvchi qo’zg’atuvchi bo’lib qoladi.
Mag’izli nerv tolalarining miyelinli po’stlog’i kuchli qarshilik ko’rsatish xususiyatiga ega va tok ionlariga qarshilik ko’rsatadi, natijada u o’ziga xos elektr izolyatori hisoblanadi. Miyelinlashgan tolalardagi qo’zg’alish uning miyelin bilan qoplanmagan qismlaridagina, ya’ni Ranvye uzilishlarida hosil bo’ladi. Mag’izli tolalarda qo’zg’alishlar bitta Ranvye uzilishidan ikkinchisiga sakrab-sakrab o’tish yo’li bilan tarqaladi. Qo’zgalish tolaning po’stloq bilan qoplangan qismidan «sakrab o’tish» ikkinchi qismiga o’tadi. Bu holatni mag’izli nerv tolalari bo’ylab qo’zgalishni katta tezlikda (120 m/s.gacha) o’tishi bilan tushuntiriladi.
Mag’izsiz nerv tolalari bo’ylab qo’zg’alish sekin (1 dan 30 m/s.gacha) tarqaladi. Bu esa nerv membranasida bajariladigan va faoliyat potensiallarini yuzaga kelishiga olib keluvchi ionli jarayonlar tolaning uzunligi bo’ylab har bir uchastkasidan o’tadi. Qo’zg’alishni o’tish tezligi bilan nerv tolasining orasida ma’lum bog’liqlik mavjud: tola qanchalik yo’g’on bo’lsa, qo’zg’alish shuncha tez o’tadi.
Qo’zg’alishni sinapslardan o’tishi. Qo’zg’alishlar bir nerv hujayrasidan ikkinchi nerv hujayrasiga qarab faqat bir yo’nalishda o’tkaziladi: neyronning bir aksonidan hujayra tanasiga va neyronning boshqa dendritlariga o’tadi.
Ko’pchilik neyronlarning aksonlari boshqa nerv hujayralariga kelib shoxlanadi va shu hujayralarning tanasida va ularning dendritlarida o’zlarining juda ko’plab uchlarini hosil qiladi. Bunday kontaktlarning joylari sinapslar deb ataladi. Aksonlarning uchlari muskul tolalarida ham, bez hujayralarida ham hosil bo’ladi. Bitta neyron tanasida 100 ta va undan ham ko’p, bitta neyronning dendritlarida esa bir necha mingta bo’ladi. Bitta nerv tolasi ko’plab nerv hujayralarida 1000 tagacha sinapslar hosil qilishi mumkin.
Sinapslar murakkab tuzilishga ega. U ikkita-sinapsoldi va sinapsorti membranalaridan hosil bo’lib, ularning orasida sinaps bo’shlig’i mavjud. Sinapsning sinapsoldi qismi nerv uchlarida joylashgan bo’ladi. Nerv uchlari markaziy asab tizimida tugmacha, tikancha yoki toshmachalar shaklida bo’ladi. Har bir sinaptik tugmacha sinapsoldi membranasi bilan qoplangan bo’ladi. Sinapsosti membranasi neyronning tanasida yoki dendritlarda joylashgan bo’lib, ularga nerv impulslari o’tkaziladi. Sinapsoldi joyida ko’plab mitoxondriylar jamlangan bo’ladi.
Sinapslar orkali qo’zg’alish kimyoviy yo’l bilan sinaptik toshmalarda saqlanuvchi sinaptik pufakchalar maxsus moddalar –oraliq yoki mediatorlar yordamida o’tkaziladi. Turli sinapslarda turli mediatorlar ishlab chiqiladi: asetilxolin, adrenalin yoki noradrenalin ko’proq ishlab chiqiladi.
|
| |