|
Yosh fiziologiyasi va gigienasi
|
bet | 31/190 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 4,48 Mb. | | #130993 |
Bog'liq Yosh fiziologiyasi va gigienasiQo’zg’aluvchanlik. Nerv hujayralari va muskul to’qimalari qo’zg’atuvchilar ta’siriga tezlikda reaksiya qilish bilan moslashadi. Bu to’qimalarning hujayralari qo’zg’aluvchan deb atalsa, ularning ta’sirotga qo’zg’alish bilan javob berishi qo’zg’aluvchanlik deyiladi. Qo’zg’aluvchanlikni o’lchami bo’lib ta’sir pog’onasi hisoblanadi – ya’ni qo’zg’alish chaqira oladigan ta’sirotchining eng kam (minimal) kuchi tushuniladi.
Qo’zg’alish hujayraning bir joydan ikkinchi joyga bir hujayradan boshqasiga o’tishi bilan tarqalish xususiyatiga ega.
Odatda qo’zg’alish qator kimyoviy fizikaviy; fiziko-ximik funksional va elektrik hodisalar bilan xarakaterlanadi. Qo’zgalishni eng asosiy belgilaridan biri bo’lib, hujayra membranasi yuzasining elektr holatlarini o’zgarishi xisoblanadi. Aynan elektr hodisalar qo’zg’aluvchan to’qimalardan qo’zg’alishni o’tishini ta’minlaydi.
Bioelektrik hodisalar. Qo’zg’alishni yuzaga kelishi va uning tarqalishi bioelektr hodisalar deb ataluvchi tirik to’qimalardagi elektr zaryadlarini o’zgarishiga bog’liq bo’ladi.
Hujayraning tashqi yuzasi bilan uning sitoplazmasi orasida, ya’ni hujayra membranasining har ikki tomonida tinchlik holatida potensiallar farqi hosil bo’ladi (60-90 mV yaqin), hujayra yuzasi sitoplazmaga nisbatan musbat zaryadlangan bo’ladi. Potensiallarning bu farqni tinchlik potensiali yoki membranalar potensiali deyiladi. Membranalar potensialining o’lchami turli to’qimalarning hujayralari uchun turlichadir. U qancha katta bo’lsa, hujayraning funksional ixtisoslashuvi shuncha yuqori bo’ladi. U nerv va muskul to’qimalarning hujayralari uchun –80=90 mV ni, epitelial to’qimalar uchun –18-20 mV ni tashkil etadi.
Potensiallarning bunday farqining hosil bo’lishiga xujayra membranasining tanlab o’tkazuvchanlik xususiyati sabab bo’ladi. Shuning hisobiga hujayra ichidagi sitoplazmada kaliy ionlari 30-50 barobar ko’p bo’lsa natriy ionlari 8-10 martaga va xlor ionlari 80 martaga hujayra yuzasidagidan kam bo’ladi. Tinchlik holatida hujayra membranasi kaliy ionlari uchun natriy ionlariga nisbatan juda o’tkazuvchan bo’ladi, va kaliy ionlari membranadagi teshikchalar orqali uning yuzasiga chiqadi.
Musbat zaryadlangan kaliy ionlarining sitoplazmadan hujayra yuzasiga diffuziyalanishi membrananing tashqi yuzasiga musbat zaryadlarni o’tishiga sabab bo’ladi.
Shunday qilib, tinchlik paytida hujayraning yuzasi o’zida musbat zaryadlarni olib yursa, membrananing ichki yuzasi amalda membrana orkali o’tmaydigan xlor ionlari, aminokislotalar va boshqa organik ionlar hisobiga manfiy zaryadlanib koladi.
Agar nerv yoki muskul tolasining ma’lum qismini yetarlicha kuchli qo’zg’atuvchi bilan ta’sirlasak, bu qismda membrana potensiallarini tez o’zgaruvchan shaklda namoyon bo’luvchi qo’zg’alish yuzaga keladi va bu harakat potensiali deb ataladi.
Harakat potensiallarining yuzaga kelishiga asosiy sabab membranalarning ionlarni o’tkazuvchanligini o’zgarishidir. Ta’sirotchi ta’sir etganda hujayra membranasining natriy kationlari uchun o’tkazuvchanligi oshadi. Endi natriy ionlari hujayra ichiga tushadi,ya’ni, birinchidan ular musbat zaryad bilan zaryadlanganligi uchun ularni elektrostatik kuch ichkariga tortadi, ikkinchidan hujayra ichida ularning konsentrasiyasi unchalik katta emas, tinchlik paytida hujayra membranasi bu ionlar uchun kam o’tkazuvchan buladi.
Ta’sirotchilar ta’siri membrananing o’tkzauvchanligini o’zgartiradi va musbat zaryadlangan natriy ionlari oqimini hujayra tashqarisidan sitoplazmaga va kaliy ionlari oqimini hujayradan tashqariga qarab harakatlanishini jiddiy darajada oshiradi. Natijada, membrana potensiallarini o’zgarishi yuzaga keladi (potensiallarning membranali farqini pasayishi va hattoki boshqa belgili potensiallar farqini hosil bo’lishini ham yuzaga keltirishi mumkin – (depolyarizasiyalanish fazasi). Membrananing ichki yuzasi musbat zaryadlanib qoladi, ichki yuzasi esa musbat zaryadlangan natriy ionlarini yo’qotish hisobiga –manfiy zaryadlanadi. Aynan shu vaqtda harakat potensialining eng cho’qqisi qayd etiladi. Harakat potensiallari membranalarning depolyarasiyasi kiritik (pog’ona) darajaga yetgan paytda yuzaga keladi.
Natriy ionlari uchun membranalarning o’tkazuvchanligini ortishi uncha uzok vaqt davom etmaydi. Bulardan keyin hujayralarda natriy ionlari uchun membrananing o’tkazuvchanligi yana pasayishini kaliy ionlari uchun esa yana ortishini chaqiruvchi tiklanish jarayonlari boshlanadi. Kaliy ionlari musbat zaryad bilan zaryadlanganligi sababli, hujayradan chiqib hujayra ichidagi va tashqarisidagi dastlabki nisbatni yana tiklaydi (repolyarizasiya fazasi).
Qator ta’sirlashlar natijasida hujayra ichida natriy ionlarining jamlanishi kuzatilmaydi, chunki «natriy nasosi» deb ataluvchi maxsus biokimyoviy mexanizmlar ta’siri hisobiga doimiy ravishda ularning evakuasiyasi davom etadi. «Natriyli-kaliyli» nasos yordamida kaliy ionlarini faol transport qilinishi haqidagi ma’lumotlar ham mavjud. Bu «nasos» membranada fermentlar tizimi holida bo’lib nerv tolalaridan bu tizim natriy, kaliy, magniy ionlari bilan faollashadi. «Nasos» ishini bajarilishi uchun energiya manbai bo’lib ATF xizmat qiladi.
Ionlarning bir tekisda tarqalmasligi bilan ta’min etiladigan hujayralarning bioelektrik xususiyatlari hujayralarning qo’zg’alish jarayonida bosh rolni o’ynaydi.
|
| |