• Kalit so‘zlar.
  • Yoshli oʻsmirlarda deviant xulq-atvorni harakatli oʻyinlar yordamida tashхislash ibroximov Muzaffar Islom o‘g‘li Alfraganus universiteti Magistr 1-kurs




    Download 69 Kb.
    bet1/2
    Sana28.03.2024
    Hajmi69 Kb.
    #179601
      1   2
    Bog'liq
    фффф
    Alimova Barchinoy, 60585, 14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7, Hikmatillo biznes reja, H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1), lab, 2-Maruza, 1-amaliy ish (1), 2-Ma\'ruza. Inson omili, axborot-xavfsizligiga-bo-ladigan-tahdidlar, Practical-IELTS-Strategies-5-IELTS-Test-PracticBook, ORAL Lesson 1, Chaqiruv qog`ozi-380201102191, 18-мавзу. Ялпи талаб-ялпи таклиф модели, 3-mavzu O\'rta osidagi dastlabki va temuriylar davrigacha bo\'lga

    13-14 YOSHLI OʻSMIRLARDA DEVIANT XULQ-ATVORNI HARAKATLI OʻYINLAR YORDAMIDA TASHХISLASH

    Ibroximov Muzaffar Islom o‘g‘li
    Alfraganus universiteti
    Magistr 1-kurs
    ibrohimovmuzaffar16@gmail.com
    Annotatsiya: 13-14 yoshli o‘smirlarning deviant xulq atvorni harakatli oʻyinlar yordamida tashхislash va korreksiyalash metodlarini qo‘llash, o‘quvchilarning jismoniy faoliyatini takomillashtirish yoʻllari yoritib berilgan.
    Muallif deviant xatti-harakati bo‘lgan o‘smirlarning shaxsiy xususiyatlarini inobatga olib tadqiqot olib borgan. Olingan ma’lumotlarga asoslanib, o‘smirlarning deviant xatti-harakatlarini jismoniy tarbiya bilan tuzatish bo‘yicha tavsiyalar berildi
    Kalit so‘zlar. Deviant, xulq atvor, nazorat testlar kompleksi, jismoniy tayyorgarlik, milliy va harakatli o‘yinlar, maxsus jismoniy tayyorgarlik.


    IDENTIFYING DEVIANT BEHAVIOR IN 13-14-YEAR-OLD ADOLESCENTS USING ACTION GAMES.


    Abstract: methods of diagnosing and correcting the deviant behavior of 13-14-year-old teenagers with the help of action games, ways to improve the physical activity of students are highlighted. The author conducted research taking into account the personal characteristics of adolescents with deviant behavior. Based on the obtained data, recommendations were made to correct the deviant behavior of adolescents with physical education.
    Key words. Deviant, behavior, complex of control tests, physical training, national and action games, special physical training.

    Yosh avlodning shaxs va subyekt sifatida shakllanishi, aqliy rivojlanishi, tarbiyalanganlik darajasi jamiyat tomonidan belgilangan odob-axloq, xulq meʼyorlariga mos boʻlishi ularning komil inson boʻlib yetishishlariga zamin yaratadi, taʼlim-tarbiya tizimi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bizning davrimizdagi huquqbuzarliklar tanqidiy vaziyatni kuchaytiradi, jamiyatda tashvish tug‘diradi. Pedagogika va psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, huquqbuzarlar sonini to‘ldirish manbai ko‘pincha deviant xulq-atvorli o‘spirinlardir. Salbiy tendentsiyalar manbalarini, ularni kuchaytiradigan omillarni aniqlash, ularning namoyon bo‘lish sabablarini bartaraf etish — bu davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan vazifalar, ularning yechimi butun jamiyatning rivojlanishiga bog‘liq. Shu munosabat bilan bugungi kunning eng muhim davlat vazifasi yosh avlodni tarbiyalash va tarbiyalash sohasida ijtimoiy dasturni ishlab chiqish va amalga oshirishdir. Deviant xatti-harakatlarning o‘spirinlari turli xil sabablar va omillar tufayli juda murakkab hodisadir.

    13-14 yoshli oʻsmirlarda deviant xulq-atvorni harakatli oʻyinlar yordamida tashxislash va korreksiyalash koʻp bosqichli murakkab pedagogik jarayon boʻlib, mashgʻulotlarni ilmiy asosda tashkil qilishni taqozo etadi. Mashgʻulotlarda qoʻllaniladigan jismoniy va texnik-taktik mashqlar hajmi va shiddati shugʻullanuvchi bolalarning yoshi, jismoniy va funksional imqoniyatlariga moslab rejalashtirilishi va qoʻllanilishi muhim. Ushbu mashqlar hajmi, shiddati, qaytirilishi va davom etish vaqti biologik qonuniyatlarga asoslanishi lozim. Agar mashqlar yuklamasi bolaning imkoniyatidan oʻta yuqori boʻlsa, bunday yuklama shu bolaning organizmiga salbiy taʼsir etishi mumkin. Aksincha, yuklama imkoniyatdan kam boʻlsa shakllanish jarayoni sustlashishi muqarrar.


    Ayrim Murabbiylarlar qisqa muddat ichida jismoniy sifatlarni rivojlantirishni jadallashtirish, tezroq malakali sportchi tayyorlash maqsadida maxsus va ixtisoslashgan mashqlarni zoʻrma-zoʻraki qoʻllaydilar. Toʻgʻri, ayrim hollarda, yaʼni agar bolaning nasliy va individual jismoniy imkoniyatlari serzahira boʻlsa, bunday bola tez orada yaxshi sportchi boʻlib yetishishi mumkin. Ammo, aksariyat hollarda bunday katta yuklamali mashgʻulotlar bolaning tez charchashi, zoʻriqishi, hatto uning kasallanishiga olib kelishi mumkin. Sport amaliyotida shunday holatlar ham uchraydiki, bir-biriga oʻxshash muntazam beriladigan mashqlar sport bilan endi shugʻullanishni boshlagan bolada qiziqishni soʻndiradi, unda sportga boʻlgan ixlos yoʻqoladi, pirovardida u sport bilan shugʻullanmay qoʻyadi. Shuning uchun yosh sportchilarni tayyorlashda, ayniqsa dastlabki oʻrgatish bosqichida jismoniy sifatlarni rivojlantirish, texnik-taktik mahoratni shakllantira borish uchun harakatli oʻyinlardan foydalanish juda foydali va oʻta muhimdir. Murabbiylar pedagoglardan yosh sportchilarni tayyorlashda harakatli o‘yinlardan foydalanish toʻgʻrisida anketa surovnomasi o‘tkazilib, olingan natijalar tahlil qilindi. Tahlil natijalari 3. jadvalda berilgan.
    13-14 yoshli oʻsmirlarda deviant xulq-atvorni harakatli oʻyinlardan (harakatli o‘yinlar) foydalanish darajasini aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan savolnoma natijalari. n=30



    Savollar

    Ha

    Yoʻq

    Qisman

    1.

    Oʻquvchilarni sport toʻgaragiga tanlab olishda harakatli o‘yinlardan foydalanasizmi?

    6

    20

    4

    2.

    Mashgʻulotlar davomida jismoniy sifatlarni rivojlantirish maqsadida harakatli o‘yinlardan foydalanasizmi?

    14

    16

    0

    3.

    Mashgʻulotning tayyorgarlik qismida harakatli o‘yinlarni qoʻllaysizmi?

    11

    13

    6

    4.

    Mashgʻulotning asosiy qismida harakatli o‘yinlarni qoʻllaysizmi?

    3

    18

    9

    5.

    Mashgʻulotning yakuniy qismida harakatli o‘yinlarni qoʻllaysizmi?

    7

    21

    2

    6.

    Sport tayyorgarligini oshirishda harakatli o‘yinlar foydalimi?

    13

    9

    8



    Jadvaldan koʻrinib turibdiki, savolnomada ishtirok etgan 30 nafar murabbiylardan 6 tasi (20%) 1 savolga (oʻquvchilarni sport toʻgaragiga tanlab olishda harakatli o‘yinlardan foydalanasizmi?) “ha” deb javob berishgan boʻlsa, 20 tasi (66,7%) “yoʻq” deb, 4 tasi (13,3%) esa “qisman” deb javob berdi. Ushbu natijalar shuni koʻrsatadiki, tanlov jarayonida aksariyat murabbiylarlar harakatli oʻyinlardan umuman foydalanmas ekanlar. Maʼlumki, har bir sport turiga xos harakatli oʻyinlar mavjud boʻlib, ulardan tanlov jarayonida foydalanish bolaning shu sport turiga xos harakat qobiliyatlarini aniqlashga yordam beradi.
    Muhimi shundaki, harakatli oʻyinlar davomida muayyan harakat vazifasini hal etish ixtiyoriy ravishda mustaqil qaror qabul qilish asosida amalga oshiriladi. Shu harakatni ijro etishda bolaga berilgan erkinlik imqoniyati undagi qobiliyatlarni namoyon etilishiga qulay vaziyat tugʻdiradi.
    2-savolga (mashgʻulotlar davomida jismoniy sifatlarni rivojlantirish maqsadida harakatli o‘yinlardan foydalanasizmi?) 14 ta murabbiylar (46,7%) “ha” va 16 ta (53,3%) “yoʻq” deb javob berdilar. “Qisman” degan javob qayd etilmadi.
    Demak, savolnomada ishtirok etgan murabbiylarlarning deyarli teng ikki yarmi “Ha” va “Yoʻq” deb javob berganliklari ularning ikki toifaga mansub pedagogik yondashuv asosida mashgʻulot oʻtkazishlaridan darak beradi. Birinchilari – jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun harakatli o‘yinlardan foydalanishsa, ikkinchilari – bu imkoniyatdan foydalanmay mashgʻulotlarda faqat standart va anʼanaviy jismoniy mashqlardan foydalanadi deb xulosa qilish mumkin. Binobarin, ikkinchi guruh murabbiylari harakatli o‘yinlar oʻyinlarning oʻta muhim amaliy ahamiyatiga eʼtibor qilmaydilar yoki, ehtimol harakatli o‘yinlarni jismoniy sifatlarni rivojlantirishda samarali vosita deb bilmaydilar.
    4, 5, 6, savollar mashgʻulotlarni oʻtkazish, oʻrgatish va sportchilarni tayyorlash jarayoniga bevosita aloqador boʻlib, murabbiylarning kasbiy-pedagogik faoliyatida va xususan mashgʻulotlar samaradorligini oshirishda muhim rol oʻynaydi. Jumladan, respondent murabbiylar “Mashgʻulotning tayyorgarlik qismida harakatli o‘yinlarni qoʻllaysizmi?” degan savolga 36,7% “Ha”, 43,3% “Yoʻq” va 20% “Qisman” deb javob berishdi.
    Mashgʻulotning asosiy qismida faqat 3 tagina murabbiylar harakatli o‘yinlardan foydalanishlarini bildirdilar. Bu savolga 60% murabbiylar “Yoʻq” va 30% - “Qisman” deb fikr bildirishdi.
    Mashgʻulotning yakuniy qismida esa harakatli o‘yinlardan foydalanadigan murabbiylar soni nisbatan koʻproq boʻldi (43,3%). 30% murabbiylar – “Yoʻq” degan javobni bildirdilar. 26,7% respondentlar mashgʻulotning yakuniy qismida harakatli o‘yinlardan qisman foydalanar ekanlar.
    Soʻrovnoma davomida olingan natijalar va ularning qiyosiy tahlili shuni koʻrsatadiki, aksariyat respondent murabbiylar yosh sportchilarni tayyorlashda, ayniqsa jismoniy sifatlarni rivojlantirishda asosan standart mohiyatiga ega umumiy yoki maxsus jismoniy mashqlarga koʻproq eʼtibor qaratar ekanlar. U borada harakatli oʻyinlarga qulay vosita sifatida ikkinchi darajali oʻrin berilishi kuzatildi. Harakatli oʻyinlar oʻquv-trenirovka mashgʻulotlarida yordamchi vosita sifatida qoʻllaniladi. Chunki oʻyin shugʻullanuvchilarning qiziqishini oshiradi, ularga zavq baxishlaydi, ish qobiliyatini tezroq tiklanishini taʼminlaydi. Oʻyin tufayli charchashni unutadilar, trenirovka mashgulotlarini diqqat bilan bajaradilar.
    Hamma oʻyinlar shugʻullanuvchilarning organizmlariga kompleks taʼsir koʻrsatadi. Shuning uchun ham oʻyinlarga umumiy va maxsus jismoniy taʼsir koʻrsatuvchi mashq sifatida qarash lozim.

    Download 69 Kb.
      1   2




    Download 69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yoshli oʻsmirlarda deviant xulq-atvorni harakatli oʻyinlar yordamida tashхislash ibroximov Muzaffar Islom o‘g‘li Alfraganus universiteti Magistr 1-kurs

    Download 69 Kb.