• Tayanch tushunchalar Baynalminallik
  • Vatanparvarlik
  • Insonparvarlik
  • Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot




    Download 478,28 Kb.
    bet7/89
    Sana26.09.2024
    Hajmi478,28 Kb.
    #272518
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   89
    Bog'liq
    Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmua

    Savollar

    1. Ma'naviyatning asosiy tushunchalariga nimalar kiradi?

    2. Ma'naviyat taraqqiyotining qanday asosiy qonunlarini bilasiz?

    3. Ma'naviyatni rivojlantirish hozirgi davrda davlat siyosatining ustivor yo'nalishi darajasiga ko'tarilish sabablari nimada deb bilasiz?

    4. Shaxsning ma’naviy-axloqiy kamolotini shakllantirishni belgilab beruvchi asosiy fazilatlar qaysilar?

    5. Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishdagi asosiy mezonlar haqida shaxsiy fikringiz.

    6. Ma’naviyat haqida allomalarimizning ibratli so‘zlaridan misollar keltiring?

    7. I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asari haqida ma’lumot bering.

    8. Inson ma’naviy kamoloti deganda nimani tushunasiz?

    9. Ma'naviyat tushunchasining mohiyatini izohlab bering?

    10. Ma'naviyatning shaxs, millat, jamiyat hayotidagi o'rni nimada?


    Tayanch tushunchalar
    Baynalminallik – bu barcha xalqlar bilan do‘st bo‘lib, tinchlik va taraqqiyot uchun kurashga chorlovchi faoliyat. Bu axloqiy qoida sifatida vatanparvarlikni boyitadi va ayniqsa o‘z milliy qobig‘iga o‘ralib qolishga yo‘l bermaydi.
    Bag‘rikenglik – bu qadimiy qadriyat bo‘lib, o‘zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ulari, fikr mulohazalari, g‘oyalari va e’tiqodlariga nisbatan toqatli bo‘lishdir.
    Vatan (arabcha «vatan» - ona yurt ) deganda – kishilarning yashab turgan, ularning avlod va ajdodlari tug‘ilib-o‘sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati tushuniladi. Vatan, eng avvalo, ob’ektiv muhit, borliq, zamin bilan bog‘liq bo‘lgani uchun kishi ongida aniq tasvir, qiyofa, siymolar tarzida shakllanadi.
    Vatanparvarlik – bu ona zaminga bo‘lgan muhabbat, uni sevish, e’zozlash. Vatan ravnaqiga har bir fuqaroning o‘z hissasini qo‘shishga erishishi.Vatanparvarlik – bu ona - Vatan, mustaqil O‘zbekiston tushunchalarini o‘z ongiga singdirish va unga sodiq bo‘lishga erishish.
    Insonparvarlikodamzotning qadri, uning erkinligi, qobiliyatlari har tomonlama namoyon bo‘lishi uchun kurashishi, insonning baxt-saodati, teng huquqligi, adolatli hayotini ta’min etishga intilish, insoniylikning barcha tamoiyllari yuzaga chiqishiga shart-sharoitlar yaratish ma’nosini anglatadi.

    Download 478,28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   89




    Download 478,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot

    Download 478,28 Kb.