|
Shaxsning ma’naviy-axloqiy kamolotini shakllantirishni belgilab beruvchi fazilatlar
|
bet | 4/89 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 478,28 Kb. | | #272518 |
Bog'liq Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmua2.Shaxsning ma’naviy-axloqiy kamolotini shakllantirishni belgilab beruvchi fazilatlar.
Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilat va sifatlarga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish davlatimiz siyosatining bugungi kundagi ustuvor yo‘nalishlaridan biri xisoblanadi. YUksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar va sifatlarga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish ko‘p bosqichli, murakkab jarayon bo‘lib, mazkur jarayon shaxs tarbiyasiga innovatsion yondoshuvni talab etadi.
Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilat va sifatlarga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish davlat va jamiyatning uzluksiz ta’lim jarayoniga taqdim etgan buyurtmasidir.
Shaxsning ma’naviy –axloqiy kamolotini shakllantirish, yoshlarning ma’naviy-axloqiy madaniyatini oshirish, ularning yuksak insoniy fazilatlari, ichki dunyosini boyitish demakdir.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy qarashlarini, axloqiy bilim va tasavvurlarini, ma’naviy savodxonligini yanada o‘stirish;
milliy-ma’naviy qadriyatlar, ularning mazmuni, mohiyatiga doir bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish;
yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy madaniyatini oshirish;
axloqiy fazilatlarning milliy mustaqillik, yuksak insoniy fazilatlar bilan chambarchas bog‘liq ekaninini hisobga olgan holda ongli va puxta o‘zlashtirilishiga erishish;
yoshlar ma’naviyatiga xavf tug‘diruvchi ichki omillar: mahalliychilik,tanish-bilishchilik,urug‘-aymoqchilik, ilimsizlik, madaniyatsizlik, milliy qadriyatlarni mensimaslik singari illatlarga qarshi kurasha olish xususiyatlarini shakllantirish;
mustaqillikka xavf tug‘diruvchi tashqi omillar: diniy ekstremizm, aqidaparsatlik, vahhobiylik, akromiylik, hizbu-tahrir oqimlarining tahdididan o‘zini himoya eta olish va ularga qarshi kurasha olish ko‘nikmalarini hosil qilish;
milliy- madaniy merosimizga, buyuk allomalarimizning hayoti va ilmiy faoliyatiga, milliy qadriyatlarimizni muntazam o‘rganib borish uchun shaxsiy qiziqishlarini shakllantirish.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, - “Insonning yuksalishida ma’naviyat olamining qanday ta’sir va ahamiyatga ega ekani, shuningdek, ma’naviyatga qarshi qaratilgan xurujlarning real xavfi haqida atroflicha fikr yuritish, xalqimiz yangi hayot, yangi jamiyat asoslarini qurayotgan hozirgi murakkab va tahlikali zamonda odamlarni bunday xatarlardan ogoh etish, el-yurtimiz, keng jamoatchilik e’tiborini bu masalalarga yana bir bor qaratish, kelajak avlodimizni ma’naviy sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash bilan bog‘liq vazifalarni aniq belgilab olish borasidagi hayotiy ehtiyojdir.
Agarki mendan, hozirgi kunda ma’naviyatimizni asrash uchun nima qilish lozim va unga tahdid soladigan xurujlarga nimani qarshi qo‘yish kerak, deb so‘rasa, men avvalambor shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o‘zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o‘zlashtirishi, bugungi tez o‘zgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha o‘zgarishlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashi zarur, deb javob bergan bo‘lardim.
Ishonchim komilki, ana shunday noyob insoniy fazilatlarga, yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan xalq hech kimga hech qachon qaram bo‘lmaydi, o‘zining ezgu maqsadlariga albatta etadi.
Noyob insoniy fazilatlarga, yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan shaxsning ma’naviy kamoloti vatanparvarlik, insonparvarlik, axloqiylik hamda mehnatsevarlik singari ezgu fazilatlar asosida shakllantirib boriladi. O‘z navbatida ularning har biri o‘z tarkibida bir qancha xususiyatlarni birlashtiradi.
|
| |