|
Yuridik xizmat faoliyati
|
bet | 4/8 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 46,3 Kb. | | #264937 |
Bog'liq hatosiz xisobot28-may 2024-yil Men bugun avtotransport oldi-sotdi shartnomasi bilan tanishib chiqdim va qay tartibda bo`lishini o`rgandim. Shartnoma tuzish jarayonida elektron bazaga taraflar kiritiladi, ya`ni sotuvchi va oluvchi punktlarini to`ldiriladi, so`ng predmet ya`ni transport vositasini kiritiladi, avtotransport vositasini taqiqlanmaganligi to`g`risida tekshirib ma`lumotnoma olinadi va predmetga tasdiqlanmaganligi to`g`risida ma`lumotnoma raqami kiritiladi.
29-may 2024-yil Men bugun avtotransport vositasini xadya shartnomasi qilishni o`rgandim. Ushbu harakatda ham oldi-sotdi shartnomasi kabi harakatlar amalga oshiriladi, faqat sotuvchi va oluvchining qarindoshlik fakti tekshiriladi, ya`ni metirkalari elektron baza orqali tekshiriladi. Bundan tashqari Notarial harakatlar notarial idora yoki fuqorolarning o`zini o`zi boshqarish organlari joylashgan binoda, fuqoro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko`ra bora olmaydigan ayrim hollarda mazkur fuqoro turgan joyda, kasalxonada yoki boshqa joyda amalga oshirilishi mumkin ekanligi o`rgandim. Tushlikdan keyin esa arxivda arizalar bilan tanishdim va hujjatlardagi imzoni haqiqiyligini shahodatlash tushunchasini, unga ketadigan hujjatlarni o`rgandim.
30-may 2024-yil Men bugun boshqa turdagi arizani tasdiqlash hamda boshqa turdagi ishonchnomani rasmiylashtirish jarayonini o`rgandim. Boshqa turdagi ariza ya`ni mulkdorning turmush o`rtog`i vafot etganligi sababli nikohda turmasligi hamda sotayotgan mulkka nisbatan davo qiluvchi shaxs yo`qligi haqida rozilik arizasi olinadi. Tushlikdan keyin arxivdagi hujjatlarni ko`rib chiqdik.
31-may 2024-yil Men bugun xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi notarial idoralar faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy me`yoriy hujjatlar bilan tanishdim. Vasiyatnoma bo`yicha merosga bo`lgan huquq to`g`risida guvohnoma berishdagi zarur bo`lgan hujjatlar bilan tanishdim va vasiyatnoma loyihalarini mustaqil tuzishni o`rgandim.
3-iyun 2024-yil Men bugun uy-joylar va kvartiralar oldi-sotdi, ayirboshlash va hadiya shartnomasi tuzish uchun zarur bo`lgan hujjatlar bilan tanishib chiqdim va ularni rasmiylashtirishda notarius huzurida ishtirok etuvchi shaxslarga tegishli hujjatlarni o`rgandim. Bundan tashqari uy-joy va kvartirani ijaraga berish tekin foydalanish shartnomasini tuzish uchun zarur bo`lgan hujjatlar bilan tanishdim va ularni rasmiylashtirishda ishtirok etib, ulardan amaliyot rahbaridan ruxsat so`rab namuna oldim.
|
| |