|
Yuridik xizmat faoliyati
|
bet | 2/8 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 46,3 Kb. | | #264937 |
Bog'liq hatosiz xisobot20-may 2024-yil Bugun ertalab soat 9 da Namangan shahridagi natariusga keldim. Amalyotni birinchi kuni bo’lganligi uchun ish jadvali, hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 28-noybrdagi 252-um-sonli “Adliya organlari va muassasalari xodimlari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risidagi” buyrug’I bilan tanishtirildim. Amalyot rahbarim Natarial harakat qanchali maxfi tarzda qilinishi kerakligini tushuntirdi, amalyotchilarga ruhsatsiz hujjatlarga tegish mumkun emasligini aytdi.
21-may 2024-yil Bugun amalyot rahbarim bizga hujjatlardan foydalanish qulay va tez bo’lishi uchu bizga Lex.uz dan foydalanishni o’rgatdilar. Tushlikdan keyin esa arxiv hujjatlari bilan tanishdik, arxivda notarial harakatlar turlarini o’rgandik hamda hujjatlarni
1.bitim va shartnomalar
2.vasiyat va meros
3.arizalar
4.ishonchnomalar boshqa turdagi notarial harakatlarga bo’lib chiqdik.
Amalyot rahbarimiz ushbu 4ta hujjatlarni alohidadan yaxshilab o’rganib chiqishni aytdilar. Bundan tashqari fuqarolar natarius harakatlaridan norozi bo’lsa 1008 ishonchli telefoniga qo’ng’iroq qilishlari haqida ma’lumot oldim.
22-may 2024-yil Bugun arxivda natarius tomonidan amalga oshiriladigan harakatlardan birinchi bo’lib BITIM VA SHARTNOMALARNI o’rganib chiqdik. Amalyot rahbarim shartnomalar turlaini har bir shartnoma uchun kerak bo’ladigan hujjat turlari passport, sotib oluvchi, sotuvchi kabi tushunchalarni aytdilar. Bitim va shartnomalar ham o’z navbatida 15guruhga bo’linar ekan bular:
1Avtomototransport vositasini oldi-sotdi shartnomasi
2Avtomototransport vositasini hadya shartnomasi
3Ayirboshlash shartnomasi
4Avtomototransport vositasini tekin foydalanish (ssuda) shartnomasi
5Ko‘chmas mulkning oldi-sotdi shartnomasi
6Ko‘chmas mulkning hadya shartnomasi
7Ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish (ssuda) shartnomasi
8Nikoh shartnomasi
9 aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuvBitimni bekor qilish kelishuv
10 Bitimni bekor qilish kelishuv
11Bitimga qo‘shimcha (o‘zgartirish) kelishuv
12Qarz shartnomasi
13Er-xotin o‘rtasidagi mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi kelishuv
14Meros mulkini taqsimlash haqidagi kelishuv
15Kafillik shartnomasi
Mashina oldi sotdida agar u turmush davomida ortirilgan bo’lsa, er mashina sotayotganda ayolini ham imzosi kerak bo’lishini bildim.
|
| |