|
Yuridik xizmat faoliyati
|
bet | 5/8 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 46,3 Kb. | | #264937 |
Bog'liq hatosiz xisobot4-iyun 2024-yil Men bugun elektron hujjatlarni qog`oz shaklidagi hujjatlar bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlash tartibini o`rgandim. Notarial harakatni bajarish muddati va ularni to`xtatib turish asoslari bilan tanishdim va notarial harakatni amalga oshirish bosqichlari va notarial harakatni bajarishni rad etish talablarini o`rganib chiqdim. Notarial harakatni rad etish haqidagi qaror namunalaridan nusxa oldim.
5-iyun 2024-yil Men bugun avtomototransport vositalarini ishonchnoma orqali foydalanish, ijaraga berish shartnomasini tuzish uchun zarur bo’lgan hujjatlar bilan tanishish va ularni rasmiylashtirishda notarius xuzurida ishtirok etish talablarini o’rgandim. Bungan tashqari tushlikdan so’ng mol-mulkni boshqa shaxsga o’tkazishni(arest) taqiq qo’yish va taqiq yechish tartibi bilan tanishdim va o’rganib chiqdim. Notarial harakatni amalga oshirishni rad etish holatlarini ya’ni qonunga zid bo’lsa, muomalaga layoqatsiz fuqaro tomonidan tuzilgan holatlarini o’rganib chiqdim.
6-iyun 2024-yil
Bugun men boshqa turdagi notarial xarakatlar turlarini o’rgandim. Unga
1.Hujjat nusxalarining va hujjatlardan olingan ko’chirmalarning to’g’riligini shahodatlash.
2.Hujjatlarnining bir tildan boshqa tilga to’g’ri tarjima qilinganligini shahodatlash.
3.Tarjimonning imzosini haqiqiyligini shahodatlash.
4.Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo’lgan mulk huquqi to’g’risida guvohnoma.
5.Fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash.
6.Fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash.
7.Fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlash
asoslari va undagi hujjatlar shaklini o’rganib chiqdim
7-iyun 2024-yil Bugun qonun bo’yicha meros guvohnomasi berish tartibi hamda nizosiz faktlarni tasdiqlashga qaratilgan notarial harakatlarni rasmiylashtirish tartibi bilan tanishib bilan tanishib, ulardan namunalar oldim. Bundan tashqari kelishuv bitimini (loyihalarini) tuzish tartibini hamda unga kerak bo’ladigan hujjatlar turlarini o’rgandim.
|
| |