|
Yusupov botirning iqtisodiyot nazariyasi fanidan
|
Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 266,89 Kb. | | #235354 |
Bog'liq AGROBIZNES VA UNING TURLARI YUSUPOV BOTIR
TAQDIMOTI
TERMIZ IQTISODIYOT VA SERVIS UNIVERSITETI
MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR YO’NALISHI
2-BOSQICH 1,23- GURUH TALABASI
YUSUPOV BOTIRNING
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN
TAYYORLAGAN
AGROBIZNES VA UNING TURLARI AGROBIZNES VA UNING TURLARI
REJA:
1. AGRAR MUNOSABATLAR VA ULARNING BOZOR TIZIMIDAGI XUSUSIYATLARI. QISHLOQ XO’JALIK ISHLAB CHIQARISHNING XUSUSIYATLARI.
2.AGROBIZNES VA UNING TURLARI.
3. AGROBIZNES VA AGRAR SIYOSATNING MOHIYATI.
- - agrar sektorda iqtisodiy faoliyat jarayonida yuz beradigan barcha munosabatlar eng asosiy omil bo'lgan yer bilan bog'liq, shuning uchun ham yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan unumli foydalanish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlardir.
Agrosanoat majmuasi 4ta sohani o'z ichiga oladi.
II soha
III soha
I soha
Infratuzilma
Birinchi soha sanoatning agrosanoat majmuasini ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlovchi, shuningdek, qishloq xo'jaligiga ishlab chiqarish va texnik xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlaridan iborat.
• Ikkinchi sohaga bevosita qishloq хо'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi korxonalar, birinchi navbatda, shirkat, fermer va dehqon хо'jaliklari kiradi.
Agrobiznes va uning turlari
Fermer xo’jaliklari –
o’ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi fermer xo’jaligi a'zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo’jalik yurituvchi sub'ektdir.
Dehqon xo’jaliklari –
oilaviy mayda tovar mahsuloti ishlab chiqaruvchi mustaqil xo’jalik sub'ekti bo’lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnat asosida meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig’iga berilgan tomorqa yer maydonida qishloq xo’jalik mahsulotini yetishtiradilar va sotadilar.
Shirkat xo’jaligi –
yirik tovar qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun pay usulida va asosan oila (jamoa) pudratida fuqarolarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga asoslangan yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekti.
Qishloq xo’jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati agrobiznes deyiladi. Agrobiznes tushunchasiga bevosita qishloq xo’jaligi sohasiga kirmaydigan, iroq u bilan bevosita bo’lgan faoliyat bilan shug’ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo’jaligiga texnikaviy ta’mirlash xizmat kursatish, uni mahsulotlarini qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Agrobiznes agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha bo’g’inlarini qamrab oladi.
- Agrobiznes faoliyatining maqsadi – iste’mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali foyda ko’rishdan iborat. Agrobiznesning asosiy shakli va bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir. chunki bu xo’jaliklar bevosita qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
- Fermer va dehqon xo’jaliklaro’z yerida yoki ijaraga olingan yerd ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o’zi va oila a’zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanishlari ham mumkin.
- Fermer xo’jaligining afzalligi shundan iboratki, unda mulk va mehnat bevosita qo’shiladi, bu esa ishlab chiqarishni yuqori samaradorligini ta’minlaydi va ular bozor kon’yuktura (holati)siga tez moslashaoladilar. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas’uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi.
- Qishloq xo’jaligida zarar ko’rib ishlash natijasida og’ir ahvolga tushib qolgan davlat xo’jaliklarining tarkibi fermer xo’jaliklaridan iborat shirkatlar uyushmasiga aylntirish, mavjud davlat va jamoa xo’jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xo’jaliklari tashkil etish hamda dehqonlarning mol-mulklari negizida dehqon xo’jaliklarini tarkib toptirish yo’li bilan hozirgi uyushgan va mulkka ega bo’lgan fermer va dehqon xo’jaliklari rivojlantirilmoqda.
- Fermer xo’jaliklarining barcha tashkiliy shakllarining umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat yerida faoliyat ko’rsatadi.
|
| |