• Iqtisodchilardan birlari
  • Boshqa tadqiqotchilar
  • -chizma. Ishsizlik shartlari




    Download 1,54 Mb.
    bet63/331
    Sana06.06.2024
    Hajmi1,54 Mb.
    #260832
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   331
    Bog'liq
    Yxatga olindi ¹ 2019 y

    8.1-chizma. Ishsizlik shartlari.
    Chet el turli maktab va yo’nalishlar iqtisodchilari ishsizlik sabablarini aniqlashga anchadan beri urinib kelishadi. Keyingi yillarda bizda ham bu masalaga katta e’tibor berilmoqda. G’arbda ishsizlik muammosini o’rganish cho’qqisi ishsizlikka bozorning muvozanat mexanizmi tomonidan avtomatik bartaraf etiladigan muvaqqat hodisa sifatidagi klassik nuqtai nazarni inkor etgan Buyuk Turg’unlik (depressiya) davriga to’g’ri keladi.

    Chet ellik iqtisodchilar, hatto klassiklar va neoklassiklar ham ishsizlikning mavjudligini hech qachon umuman inkor etmaganlar. Bundan tashqari, ular bozor iqtisodiyotining rivojlanishi davriy xarakterga ega bo’lganligi uchun ham uni bozor iqtisodiyoti uchun hayotiy muhim deb hisoblaganlar: yuksalish davrida firmalar mehnat bozoridan o’zlariga zarur bo’lgan, tanazzul davrida chiqarib tashlangan ishchi kuchini tez topadilar. Ammo ilmiy texnika taraqqiyotiga asoslangan ishlab chiqarishning hozirgi darajasi «mehnatning zaxiradagi bunday armiyasini» iqtisodiyot uchun kam samaraliga aylantiradi - firmalarga oddiy ishchi kuchi emas, balki belgilangan sifatdagi, belgilangan malakadagi mehnat kerak.


    Shuning uchun, ishsizlikning bozor iqtisodiyoti uchun «tabiiy», ya’ni normal va hatto zarur degan tushunchasi bugungi kunda turlicha talqin qilinadi. Iqtisodchilardan birlari ishsizlikning tabiiy darajasini ish haqi va inflyatsiya barqaror bo’ladigan daraja sifatida ta’riflaydilar: ishsizlikning bu darajadan pasayishi inflyatsiyaning o’sishiga olib keladi. Aslida tabiiy ishsizlikning bunday ta’rifi inflyatsiyani ish haqi va ish bilan bandlik darajasiga bog’liq deb hisoblaydigan neoklassiklarga tegishlidir. Boshqa tadqiqotchilar ishsizlikning tabiiy darajasi sifatida ishsizlik ixtiyoriy xarakterda bo’ladigan - ishsizlik darajasi «teng vaznli» (muvozanatli) bo’lgan davrdan e’tirof etadilar. Uchinchilari esa ishsizlikning tabiiy darajasini bo’sh joylar miqdori ishsizlar soniga teng bo’ladigan daraja sifatida ta’riflaydilar. To’rtinchilari - ishsizlikning o’zgarmas darajasi va uning normal davomiyligi bo’yicha, aniqlaydilar. Xalqaro Mehnat Tashkiloti standarti bo’yicha tabiiy ishsizlik darajasi 1,5-2,5 %ni tashkil etadi.
    Amerikalik iqtisodchi Artur Ouken notabiiy yoki davriy ishsizlikning salbiy ta’sirga ega ekanligini matematik holda isbotlab berdi. A. Ouken qonuniga ko’ra ishsizlikning tabiiy darajasi 1 %ga oshganda yalpi milliy mahsulot 2,5 %ga kamayadi yoki 2,5 % yalpi milliy mahsulot yo’qoladi. Demak, mos ravishda ularning nisbati 1:2,5 ga teng. Shu nisbatga asoslanib, yo’qotilgan yalpi milliy mahsulotning absolyut qiymatini aniqlash mumkin.
    Ishsizlikning ko’payishi iqtisodiyotning o’sish sur’atlarini pasaytiradi. SHuning uchun ham potentsial hajmdagi yalpi milliy mahsulot (yalpi milliy mahsuloti) haqiqatdagi yalpi milliy mahsulot (yalpi milliy mahsulot) dan katta bo’ladi, ya’ni:



    Download 1,54 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   331




    Download 1,54 Mb.