Mehnat to’g’risidagi nazariyaning rivojlanishi




Download 1,54 Mb.
bet8/331
Sana06.06.2024
Hajmi1,54 Mb.
#260832
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   331
Bog'liq
Yxatga olindi ¹ 2019 y

1.3. Mehnat to’g’risidagi nazariyaning rivojlanishi
Atoqli frantsuz iqtisodchisi, ishlab chiqarish omillari nazariyasining muallifi Jan Batist Sey (1767—1832) mehnat to’g’risidagi nazariyani rivojlantirishda boshqa yo’ldan bordi. J.B. Seyning ishlab chiqarish to’g’risidagi nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
— boylik — inson foydalana oladigan jami ne’matlardir;
— qiymat buyumga u ilgari ega bo’lmagan foydalilikni baxsh etish bilan yuzaga keladi: foydalilik — buyumning inson ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir;
— ishlab chiqarish — buyumlarga qiymat baxsh etib, ularni foydali qiladi. Ishlab chiqarish son-sanoqsiz usullarda amalga oshiriladi, lekin ularning barchasi uch usul: qishloq xo’jaligi, sanoat va savdo bilan cheklanishi mumkin;
— buyumlarga qiymat baxsh etish. Bu ularni tovarga aylantirish odam, kapital va er bajaradigan ma’lum harakat, ma’lum ish tufayli amalga oshadi. Bu ishlab chiqarish omili deyiladi;
— buyumlar ishlab chiqarishda qatnashadigan odamlar —xodimlarga, korxona egalariga va er egalariga ajratiladi. Ularning barchasi ishlab chiqaruvchilardir.
— buyum bo’lmagan ne’matlar ishlab chiqaruvchilar ham bo’lishi mumkin (shifokorlar, artistlar, sartaroshlar va boshqalar), ular harakatining foydasi hech qanday buyum bilan bog’lanmaydi, lekin shunday qiymatga ega bo’ladiki, undan foydalansa bo’ladi. Buyum bo’lmagan ne’matlar ishlab chiqarilgan zahotiyoq iste’mol qilinadi;
— ishlab chiqarishning barcha qatnashchilari, buyumga foydalilik baxsh etib, uning narxini shakllantirishda qatnashadi va buning uchun daromaddagi o’z ulushini: er egasi renta tarzida, kapitalist kapital uchun foiz tarzida, korxona egasi foyda tarzida, xodim ish haqi tarzida oladi;
— oddiy (malakasiz) xodimning mehnatiga to’lanadigan haq uning o’z oilasini ta’minlashga etadigan narxdan oshmaydi, chunki uning bajaradigan ishini bajarish uchun odam bo’lishning o’zi kifoya, odam esa tug’ilib, tirikchilik qilish mumkin bo’lgan jamiki joyda tirikchiligini qiladi. Usta-hunarmand odam (malakali xodim)ning mehnatiga haq to’lash ularni o’qitish sarf-xarajatlarini o’z ichiga oladi;
— kapital yuzasidan olinadigan foiz uni turli yo’nalishlarda ishlatish imkoniyatiga va bozordagi band etilmagan kapitallar miqdoriga bog’liq bo’ladi;


Download 1,54 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   331




Download 1,54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat to’g’risidagi nazariyaning rivojlanishi

Download 1,54 Mb.