Jan Batist Sey (1767—1832). Ishlab chiqarish to’g’risidagi nazariyaning asosiy qoidalari
boylik — inson foydalana oladigan jami ne’matlardir
buyum bo’lmagan ne’matlar ishlab chiqaruvchilar ham bo’lishi mumkin
qiymat buyumga u ilgari ega bo’lmagan foydalilikni baxsh etish bilan yuzaga keladi
ishlab chiqarishning barcha qatnashchilari, buyumga foydalilik baxsh etib, uning narxini shakllan-tirishda qatnashadi
ishlab chiqarish — buyumlarga qiymat baxsh etib, ularni foydali qiladi, u qishloq xo’jaligi, sanoat va savdo bilan cheklanishi mumkin
oddiy (malakasiz) xodimning mehnatiga to’lanadigan haq uning o’z oilasini ta’minlashga etadigan narxdan oshmaydi
buyumlarga qiymat baxsh etish. odam, kapital va er bajaradigan harakat tufayli amalga oshadi.
kapital yuzasidan olinadigan foiz uni turli yo’nalishlarda ishlatish imkoniyatiga va bozordagi band etilmagan kapitallar miqdoriga bog’liq bo’ladi
buyumlar ishlab chiqaruvchilar —xodimlar, korxona egalari va er egalariga ajratiladi
buyumlarning qiymati bozorda ularga bo’lgan talabga va ularning taklif etilishiga bog’liq bo’ladi
1.3.-chizma. Ishlab chiqarish to’g’risidagi nazariyaning asosiy qoidalari
— erning narxi va renta cheklanganligi va yollovchilarning unga bo’lgan ehtiyojlari cheklanmaganligi bilan belgilanadi;
— buyumlarning qiymati bozorda ularga bo’lgan talabga va ularning taklif etilishiga bog’liq bo’ladi.
Boyliklarni taqsimlashning ushbu nihoyatda oddiy chizmasi fandagi haqiqiy olg’a siljish bo’ldi. Avvalo u fiziokratlarning chizmasidan ancha aniqroqdir, ularning chizmalariga ko’ra moddiy mahsulotlar ayrim shaxslar o’rtasida emas, balki sinflar o’rtasida muomalada bo’ladi. J.B. Seyning mazkur oddiy chizmasida kapitalistning taqdirlanishini korxona egasining taqdirlanishidan osonlikcha ajratish mumkin, A. Smitda bular aralash holda edi. Tadbirkor ko’p hollarda kapitalist bo’lganligi bahonasida shotlandiyalik iqtisodchi deyarli barcha ingliz mualliflarining ibrati bo’yicha ana shu ikki xil taqdirlashni aralashtirib yuborgan va «foyda» so’zi bilan uning butun taqdirlanishini belgilagan, uning o’z kapitali yuzasidan oladigan foizini so’zning tom ma’nosidagi foydadan farqlay olmagan.
Moddiy ishlab chiqarish sohasidagi mehnatnigina emas, balki har qanday boshqa foydali mehnatni ham unumli deb topishi, Seyning nazariyasini o’tmishdoshlarining qarashlaridan, shuningdek Rikardo va materialistlarning qarashlaridan farqlab turadi.
Qisqacha хulоsalar
Mehnat to’g’risidagi fanning yuzaga kelishi va rivojlanishi insoniyat tarixiga bevosita ta’sir ko’rsatgan nazariyalar bilan bog’langan, zero ular insonning eng muhim, uni boshqa jonzotlardan farqlaydigan mohiyatiga — mehnat qilish qobiliyatiga, ya’ni tabiat ashyolarini ongli ravishda o’zgartira borib, ularni o’z talab htiyojlariga moslashtira olishga taalluqlidir.
Iqtisodiy tafakkur qadim zamonlardan buyumlar qiymati yuzaga kelishi sirini tushunib etishga urinib kelgan. Qadimgi yunon faylasufi Arastuning asarlarida tovarlar qiyoslana olishi muammosi tilga olingan edi. Siyosiy iqtisodning ajralmas qismi bo’lgan mehnat to’g’risidagi fanni rivojlantirishga ingliz iqtisodchi olimi Adam Smit nihoyatda katta hissa qo’shdi.
A. Smitdan keyin iqtisodiyotda bir-biridan tubdan farq qiladigan, insoniyat tarixiy rivojlanishining borishiga benihoya muhim ta’sir ko’rsatgan ikki yo’nalish: qiymatga oid mehnat nazariyasi va ishlab chiqarish omillari nazariyasi shakllandi.
Nazоrat va muhоkama uchun savоllar
Mehnat to’g’risidagi iqtisodiy tafakkur Arastudan boshlab to klassik siyosiy iqtisod paydo bo’lgunga qadar qanday rivojlangan?
Smitning mehnat to’g’risidagi fanga qo’shgan hissasi nimadan iborat?
Keyns fiskal siyosatining mohiyati nimadan iborart?
D. Rikardo va K. Marksning qiymatga oid mehnat nazariyasining mazmuni qanday?
J. B. Sey mehnat to’g’risidagi fanga qanday hissa qo’shgan?
Mehnat to’g’risidagi fan borasida iqtisodiy nazariyaning yangi klassik sintezi nimadan iborat?
Mеhnat to’g’risidagi fanning rivоjlanish yo’nalishiga хissa qo’shgan оlimlardan kimlarni bilasiz?
Mеhnat to’g’risidagi fanning rivоjlanishi bo’yicha qanday asоsiy g’оyalar mavjud?
J.B.Sеyning ishlab chiqarish to’g’risidagi nazariyasining asоsiy qоidalari nimalardan ibоrat?
Monitarsitlar ishlab chiqarish va bandlik darajasini bеlgilovchi asosiy omillar qaysilar dеb hisoblaydilar?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
Абдураҳмонов Қ.Х. Меҳнат иқтисодиёти (назария ва амалиёт) дарслик Т.; Меҳнат, 2009.
Абдурахманов К.Х. и другие. Экономика труда. –М.: «Экзамен», 2009. -736с.
Агабекян Р.Л., Авагян Г.Л. Современные теории занятости 2-е, перераб., доп. изд. Издательцво: Юнити-Дана, 2008.
Бородкин Л.И., Грегори П., Хлевнюк О.В. Гулаг: Экономика принудительного труда. Издательство: Российская политическая энциклопедия, 2008.
Intеrnеt saytlari
http://www.cer.uz – O’zbеkistоn Rеsпublikasining “Iqtisоdiy tadqiqоtlar markazi” ning эlеktrоn manzili.
http://5ballov.ru –diplоm, dissеrtatsiya, rеfеrat va kurs ishlarining na’muna variantlari vеb-sahifasi.
www.demoscope.ru - Rossiya FAning inson dеmografiyasi va ekologiyasi Markazining dеmografik haftanomasi «Demoskop weekly».
www.jhuccp.org/popwel.stm POPLINE - mеhnatga оid tadqiqotlar bo`yicha dunyoda eng katta bibliografik axborotlar bazasi.
|