6 .7 6 -shakl.
247
6 .7 7 -shakl.
o'lcham lari va yuzalarining g'adir-budurligi, parallellik qo'yim i k o 'r
satilgan. Shponka o'yig'ining uzunligi /;= /+ 0 ,5 ... 1,0 mm,
d < 30 mm
bo'lganda,
k=3 ...5 mm, d> 30 mm bo'lganda k=5 ...7 mm olinadi.
Tirsakli vallarda bir nechta shponka pazlari bo'ladigan bo'lsa, ular
o'zaro parallel bo'lm agan turli teksliklarda joylashtiriladi.
Chekli chetga chiqish o'lcham lari val nominal diametridan keyin
qo'yiladi.
Shponkali birikmalarda vallar tishli g'ildirak yoki boshqa detallarning
vtulkalariga nisbatan tanlanadi, shponkalar esa vallarga nisbatan olinadi.
Shuning uchun oldin g'ildirak teshigiga val va shponka qo'shib chiziladi.
Barcha shponkali birikmalaming chizilishi bir xil bo'ladi.
6-§.Tishli (shlisali) birikmalar
Mashinasozlikda tishli (shlisali) birikmalar keng ishlatiladi. Tishli birik
malarda tishlar soni ko'p bo'lganligi uchun, shponkali birikmalarga nis
batan katta kuchga ega bo'lgan aylanma harakatlami uzatish mumkin.
Tishli birikmalar mustahkam bo'lib, yaxshi markazlanadi va o'q
bo'yicha osongina siljiydi. Tishlar soni, asosan, birikmaga tushadigan
kuchlanish va ulam ing ish sharoitiga qarab aniqlanadi.
Mashinasozlikda to 'g 'ri yonli (GOST 1139-80), evolventasimon
(GOST 6033-80), uchburchak (standartlashtirilmagan) profilli tishli
birikmalar eng k o 'p tarqalgan. Tishli valga nisbatan vtulka teshigini
markazlashtirish bo'yicha tishli birikma quyidagicha:
1)
tishlaming tashqi diametri
D bo'yicha markazlashtiriladi, shunda
ichki
d diametr bo'yicha radial tirqish hosil bo'ladi (6.78-shakl, a);
248
|