178
13.
A, B
va
C
nuqtalar bir to‘g‘ri chiziqda yotadi. Agar
AB
= 2
cm
,
BC
= 3
cm
va
AC
=5
cm
bo‘lsa,
B
nuqta
AC
kesmaga tegishli bo‘ladimi? Javobingizni asoslang.
14.
A
nuqta
BC
to‘g‘ri chiziqning
B
va
C
nuqtalari orasida yotadi. Agar
BC
= 15
cm
,
AC
kesma esa
AB
kesmadan 3
cm
ga qisqa bo‘lsa,
AB
kesmaning uzunligini toping.
15.
Qo‘shni burchaklardan biri ikkinchisidan 5 marta katta bo‘lsa, shu burchaklardan
kattasini toping.
16.
Ikki to‘g‘ri chiziqning kesishishidan hosil bo‘lgan burchaklarning nisbati 5:4 ga teng.
Shu burchaklardan kichigini toping.
17.
A, B
va
C
nuqtalar bir to‘g‘ri chiziqda yotadi.
BC
kesmaning uzunligi
AC
kesmaning
uzunligidan 2 marta kichik,
AB
kesmaning uzunligi esa
BC
uzunligidan 5,3
cm
ga uzun.
AC
kesmaning uzunligini toping.
18.
Teng yonli uchburchakning uchidagi burchagi 42° ga teng. Asosidagi burchaklarning
bissektrisalari kesishishidan hosil bo‘lgan o‘tkir burchakni toping.
19.
Ikki parallel to‘g‘ri chiziqni uchinchi to‘g‘ri chiziq kesganda hosil bo‘lgan burchaklardan
biri 109° ga teng. Qolgan burchaklarini toping.
7. Murakkab masalalar
1.
Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofa taxminan 149 500 ming km, Yerdan Oyga cha
bo‘lgan masofa esa 400 ming km. Quyoshdan Oygacha bo‘lgan masofa: a) Oyning;
b) Quyoshning to‘liq tutilgan paytida qanchani tashkil etadi?
2.
C
nuqta
AB
kesmaning o‘rtasidir.
AB
kesmada shunday
D
nuqtani topingki,
DA= 1,5 (DB + DC)
bo‘lsin.
3.
Qo‘shni burchaklardan biri ularning ayirmasidan 4 marta katta. Bu burchaklarni toping.
4.
D
nuqta
ABC
uchburchakning ichki sohasida yotibdi.
ABC
burchak
ADC
burchakdan
kichik ekanini ko‘rsating.
5.
Berilgan o‘tkir burchakdan 25° ga katta bo‘lgan burchakni yasang.
6.
Uchburchak perimetri uning bir tomonidan
a
ga, ikkinchi tomonidan
b
ga va uchinchi
tomonidan
c
ga katta. Uchburchak perimetrini toping.
7.
Uchburchak medianalari yig‘indisi uning perimetridan kichik, lekin uning yarim perimet
-
ridan katta ekanini isbotlang.
8.
Ixtiyoriy uchburchakni bir nechta teng yonli uchburchaklarga bo‘lish mumkinligini isbot
-
lang.
9.
Agar
BB
1
kesma
ABC
uchburchakning bissektrisasi bo‘lsa,
AB >AB
1
va
BC >B
1
C
ekanini isbotlang.
10.
AB
va
CD
kesmalar
O
nuqtada kesishadi. Agar
AC=AO=BO=BD
bo‘lsa,
OC=OD
ekanini isbotlang.