64
A) 136° B) 72° C) 56° D) 96°
16.
3-rasmdagi
x
ni toping.
A) 15° B) 30° C) 45° D) 60°
17.
Quyidagi mulohazalardan to‘g‘risini toping.
A) Tekislikda berilgan nuqtadan faqat bitta to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin.
B) To‘g‘ri chiziqning biror nuqtasi va undan bir tomonda yotgan nuqtalaridan iborat
qismi “nur” deb ataladi.
C) To‘g‘ri chiziqning ikki nuqtasi orasida yotgan nuqtalaridan iborat qismi “kesma” deb
ataladi.
D) Har qanday nurdan tayin yarimtekislikka faqat bitta burchak qo‘yish mumkin.
18.
Quyidagi mulohazalardan to‘g‘risini toping.
A) Qo‘shni burchaklar yoyiq burchak bo‘ladi.
B) Agar
AB
= 5
cm
,
BC
= 6
cm
bo‘lsa,
AC
= 11
cm
bo‘ladi.
C) Agar burchaklar teng bo‘lsa, ular vertikal burchaklar bo‘ladi.
D) Agar ikkita burchak teng bo‘lsa, ularga qo‘shni bo‘lgan burchaklar ham teng bo‘ladi.
7. Masalalar.
1.
Transportir yordamida bir tomoni umumiy bo‘lgan 10°, 20°, 40°, 60°, 90°, 130°, 170° li
burchaklarni yasang.
2.
Yoyiq burchakning bissektrisasi uning tomonlari bilan qanday burchak hosil qiladi?
3.
Burchakning bissektrisasi uning tomoni bilan 30° li burchak hosil qilgan bo‘lsa, bur-
chakning o‘zi necha gradus?