60
1. Xazinani toping
25-rasmda
xarita va
AB
nur tasvirlangan. Bu nurga ko‘l
joylashgan yarimtekislikda
yotuvchi 60° li burchak qo‘ying. Yasalgan burchakning
AB
dan farqli tomoni bo‘ylab 60 m
yuring.
C
nuqtaga kelasiz.
CA
nurga yana o‘sha ko‘l joylashgan yarimtekislikda yotuvchi
120° li burchak qo‘ying. Bu burchakning
CA
nurdan farqli tomoni bo‘ylab 120 m yuring.
Shu yerda – baland qarag‘ay ostida xazina ko‘milgan.
Xarita masshtabi (miqyosi): 1:2000. Xaritaning o‘lchamlarini o‘zgartirmagan holda uni
daftaringizga chizib oling. Xazina yashirilgan nuqtani toping.
A
B
25
2. Ochiq havoda geometrik muso-
baqa
Musobaqada ikki yoki undan ortiq guruh
-
lar qatnashishi mumkin. Har bir guruhga ru
-
letka va katta transportirdan foydalanishga
ruxsat beriladi.
Sinf guruhlarga bo‘linib,
maktab may
-
donining turli burchaklarida ish olib boradi.
“Xazina” (masalan, pufakcha, konvertdagi
xat, ...) oldindan maydonning biror joyiga
ko‘mib qo‘yiladi.
Xazinaga olib boruvchi xaritalar o‘qituv
-
chi tomonidan oldindan tuziladi va guruh
-
larga tarqatiladi. (Xarita namunasi 26-rasmda ko‘rsatilgan.) Guruhlar o‘z xaritalari asosida
xazinani topishga kirishadi. Birinchi bo‘lib xaritada ko‘rsatilgan siniq chiziq bo‘ylab hamma
nuqtalarni aniqlab, xazinani topgan guruh g‘olib deb topiladi.