2. Qo‘shni burchaklarning ayirmasi 60° ga teng. Bu burchaklarning kichigini toping.
3. Burchak bissektrisasi shu burchakning tomoni bilan 66° li burchak hosil qiladi. Bu
burchakka qo‘shni bo‘lgan burchakni toping.
4*. Qo‘shni burchaklar bissektrisalari to‘g‘ri burchak ostida kesishishini isbotlang.
1. 7-sinf “Geometriya” darsligining bir varag‘i qalinligini aniqlash yo‘lini o‘ylab toping va
o‘lchang.
2. Biror jismning balandligi uning eng baland nuqtasidan asosi yotgan tekislikka
tushirilgan perpendikulyar uzunligi bilan aniqlanadi. Agar bunday perpendikulyarni tushirish
imkoni bo‘lmasa, unga teng bo‘lgan kesma balandlik sifatida qaraladi
(6-rasm) . Masalan,
bino, piramida, minora balandligi yoki quduq chuqurligi va hokazo. Ba’zida tekislikdagi
yassi shakllar balandligi ham shunday aniqlanadi.
a) Choynak, piyola, kosa, guldon, qozon kabi turli uy jihozlarining balandliklarini o‘lchash
yo‘lini o‘ylab toping va ularning balandliklarini o‘lchang.
b) To‘g‘ri burchakli parallelepiped, uchburchakli piramida, konus va shar kabi geometrik
shakl (jism) modellarining balandliklarini o‘lchang.
h 1 = 375 m h 2 = 146,6 m h 3 = 300 m 6
? ? ? ? Amaliy mashq va tatbiq 2-nazorat ishi namunasi
67 “GeoGebra”dan foydalanish asoslari
“GeoGebra” interfeysi GeoGebra ishga tushirilgandan so‘ng quyidagi ko‘rinishdagi oyna hosil bo‘ladi
(1-rasm) :
Главное меню (asosiy menyu) –
GeoGebra dasturi tomonidan taqdim etilgan funk
-
siyalarga kirish menyusi.