|
Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti
|
bet | 1/6 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #130753 |
Bog'liq MOMUNOV ABDULVAHOBJON
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi
Informatika o‘qitishda innovatsion tеxnologiyalar va loyihalashtirish fanidan
MOMUNOV ABDULVAHOBJON
ELEKTRON POCHTA QUTISINI YARATISH MAVZUSINI O`QITISHDA INNAVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
KURS ISHI
Ish rahbari: Yusupova.N
Andijon 2023
REJA
KIRISH…………………………………………………..…………………………3
1. ELEKTRON POCHTA HAQIDA………………………………………………5
2. ELEKTRON POCHTA QUTISINI YARATISH …………………………….15
3. ELEKTRON POCHTA QUTISINI YARATISH MAVZUSINI O`QITISH...18
XULOSA………………………………………………………………………….22
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………….23
KIRISH
Ikki yoki undan ortiq kompyuterning simli yoki simsiz bog‘lanishi kompyuter tarmog‘i deb ataladi. Eng katta kompyuter tarmog‘i bu –
Internetdir. 1983-yil 1-yanvardan boshlab ARPANET (axborot uzatishni tadqiq qiluvchi agentlik) о‘zining zamonaviylashtirilgan, barcha tarmoqlar bilan aloqa o‘rnata oluvchi va Internet deb nomlanuvchi tarmoq apparat hamda dasturiy ta’minotini ishga tushirdi.
Internet – dunyoning bir nuqtasidan ikkinchisiga ma’lumotlarni uzatish imkonini
beruvchi, yagona standart asosida faoliyat yurituvchi butun jahon kompyuter tarmoqlari majmui. Internetdan kompyuter, mobil qurilma, televizor,
avtomobil, о‘yin konsoli, musiqa markazlari va boshqa qurilmalar orqali foydalanish
mumkin. Internet ma’lumot almashish imkonini beruvchi axborot makoni bо‘lib, u dunyo bо‘ylab millionlab kompyuterlarni birlashtiradi.Butunjahon Internet tarmog‘iga ulanish uchun provayder deb nomlangan kompaniyalardan foydalaniladi. Shuningdek, bunday kompaniyalar Internetga uyali telefonlar orqali ulanishimkonini ham beradi. Buning uchun aloqa kanaliva modem kerak bо‘ladi.
Kurs ishining dolzarbligi: Insonlarning kompyuterlararo ma’lumot almashish ehtiyoji Internetning yaratilishiga sabab bo‘ldi. Internet turli yangiliklarni о‘qish, ma’lumotlarni olish, manbalardan foydalanish, electron kutubxonalar va dunyodagi eng yirik muzeylar kataloglarini kо‘rib chiqish, internet-dо‘konlardan
mahsulot xarid qilish, onlayn konferensiyalar о‘tkazish, radio va telekanallarni onlayn kо‘rish, shuningdek, ularning yozib olingan arxiv yozuvlari bilan tanishish imkonini berdi.
Kurs ishining maqsadi: Elektron pochta qutisini yaratish mavzusini o`qitishda innavatsion texnologiyalardan foydalanish
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti
|