ELEKTRON POCHTA QUTISINI YARATISH




Download 0,97 Mb.
bet4/6
Sana05.01.2024
Hajmi0,97 Mb.
#130753
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MOMUNOV ABDULVAHOBJON

2. ELEKTRON POCHTA QUTISINI YARATISH
WWW Internet manbalarini tashkil etish va undan foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi. Internet manbalari, о‘z navbatida, veb-sahifalardan tashkil topgan. Veb-sahifa Internetdagi hujjat yoki axborot manbayi bо‘lib, tarkibida matn, rasm, video, gipermurojaat va boshqa ma’lumotlarni saqlaydi. Veb-sahifadagi gipermurojaat joriy hujjatning boshqa qismiga yoki boshqa hujjatga о‘tishni ta’minlaydi. Biror soha, faoliyat, mavzu, voqea va hodisaga bag‘ishlangan ma’lumotlarni о‘zida jamlagan hamda bir-biri bilan gipermurojaatlar orqali bog‘langan veb-sahifalar majmui veb-sayt deb ataladi. Har bir veb-saytning о‘ziga xos manzili mavjud. Veb-sahifa yoki veb-sayt manzillari:
Internetdagi har bir veb-sahifa yoki veb-saytning uni qidirish uchun ishlatiladigan noyob veb-manzili yoki URLi mavjud. URL uch qismdan iborat: 1) URL, odatda, “http” yoki “https” bilan boshlanadi. Bu qism protokol deb ataladi, u veb-sayt uchun ma’lumotlarning qanday uzatilishini boshqaradigan
qoidalar tо‘plami hisoblanadi; 2) undan keyin veb-saytni aniqlaydigan qism davom etadi. Masalan: www.google. Bu qism domen nomi deb ataladi;
3) URL veb-sayt turi hamda qaysi davlatga mansubligiga ko‘ra, turlicha tugashi mumkin. Ular domen kengaytmalari deb nomlanadi. Eng kо‘p tarqalgan domen kengaytmalari:

Masalan: www.ziyonet.uz, www.uzbekcoders.uz, www.dtm.uz, www.google.com
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Gipermurojaat – veb-sahifadagi element. Uning ustiga bosish orqali veb-sayt tarkibidagi sahifani to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatish mumkin. URL (Uniform Resurs Locator) – WWWdagi sahifa yoki sayt manzili.
Veb-brauzer dasturlari
Butunjahon tarmog‘idagi veb-sahifa yoki veb-saytlarni kо‘rish uchun maxsus dasturlar – vebbrauzerlardan foydalaniladi. Veb-brauzer Internet tarmog‘idagi veb-sahifalarni kо‘rsatadigan dastur bо‘lib, uning yordamida vebsahifadagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. Veb-sahifalar gipermatnli belgilash tili (HTML)da
yozilgan bo‘lib Internet orqali kompyuter tilida yaratiladi. Veb-brauzer esa buni foydalanuvchi о‘qiy oladigan tilga o‘giradi. Odatda, Windows operatsion tizimi tarkibida Internet Explorer brauzeri tizim bilan birgalikda o‘rnatilgan bo‘ladi. Qolgan brauzerlar esa foydalanuvchi tomonidan o‘rnatiladi.

Veb-brauzer dasturini ishga tushirish usullari bilan tanishamiz.
1-usul:
1) ish stolidagi “Пуск” tugmachasi tanlanadi;
2) sichqoncha “Все программы” ko‘rsatmasi
ustida bosiladi;
3) kompyuterga о‘rnatilgan dasturlar
rо‘yxatidan brauzer dasturi (masalan, Google
Chrome) tanlanadi.
2-usul:
Sichqonchaning chap tugmachasi ish stolida joylashgan veb-brauzer dasturi ustida ikki marta tez-tez yoki masalalar panelida joylashgan vebbrauzer dasturi belgisi ustida bir marta bosiladi Turiga ko‘ra, veb-brauzerlarning umumiy ko‘rinis turlicha bo‘ladi. Veb-brauzer ishga tushirilgan
vaqtda, odatda, bosh sahifa yoki biror saytning asosiy sahifasi ishga tushadi.
Veb-brauzer (ingl. browser – ko‘rish) – veb-sahifani akslantiruvchi, tarjima
qiluvchi va namoyish etuvchi dasturiy
ta’minot. Qayta yuklash – tashrif buyurilgan vebsahifani qayta ochish. Yuklash – veb-saytni yoki veb-sayt ichidagi sahifani ochish. Veb-brauzerning umumiy ko‘rinishi: Har bir veb-brauzer quyidagi asosiy uskunalar
panelidan iborat: 1) avvalgi sahifaga qaytish. “back” tugmachasi orqali avval yuklangan sahifalarga о‘tiladi (1); 2) keyingi sahifaga о‘tish. “forward” tugmachasidan avvalgi sahifaga qaytish amalga oshirilganidan
keyin, hozir tashrif buyurgan veb-sahifaga о‘tishda foydalaniladi.(2) 3) sahifani yangilash. “refresh” (3) tugmachasi veb-sahifani qayta yuklash imkonini beradi. Bu
tugmachadan veb-sahifa tо‘g‘ri yuklanmaganda yoki veb-sahifadagi yangilangan ma’lumotlarni kо‘rishda foydalaniladi; 4) brauzerlarning turi ko‘p bo‘lsa-da, ularda sahifalar bir xil usulda ko‘riladi. Veb-sayt yoki vebsahifani ochish uchun brauzerning manzil qatoriga (4) sayt yoki sahifaning manzilini kiritish va
“Enter” tugmachasini bosish lozim (masalan, raqamli ta’lim resurslari manzili – dr.rtm.uz); 5) brauzerlarning zamonaviy versiyalarida asosiy amallar sozlamalar menyusi orqali bajariladi (5)

Sichqonchaning o‘ng tugmachasini brauzerning ixtiyoriy bo‘sh qismida bosish orqali bir necha buyruqdan iborat kontekst menyusiga o‘tish hamda veb-sahifa bilan bog‘liq kerakli buyruqlarni bajarish mumkin:

Tarjima tilini almashtirish.

Kontekst menyuda “Translate to o‘zbek” emas, boshqa til, masalan, “Translate to russian” turgan bo‘lsa, u holda tilni almashtirish uchun brauzer manzil qatorining o‘ng tomonida maxsus tilni almashtirish ikonkasi (1) bosiladi. “russian”ni “o‘zbek”ga almashtirish uchun sozlash qismi (2) ga kirib, “Choose another language” (3) bosiladi va tillar ro‘yxatidan o‘zbek tili tanlanadi.


Download 0,97 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,97 Mb.