ELEKTRON POCHTA QUTISINI YARATISH MAVZUSINI O`QITISH




Download 0,97 Mb.
bet5/6
Sana05.01.2024
Hajmi0,97 Mb.
#130753
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MOMUNOV ABDULVAHOBJON

3. ELEKTRON POCHTA QUTISINI YARATISH MAVZUSINI O`QITISH
Internetning tezkor sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida milliardlab veb-sahifa va fayllar orasidan kerakli ma’lumotni topish muammosi paydo bo‘ldi. Hozirda Internetda ma’lumot izlashning uchta asosiy usuli mavjud bo‘lib, ular:
1) veb-sahifa manzili orqali. Bu usul qidiruvning eng tezkor usuli bo‘lib, undan faqat sahifa yoki faylning aniq manzilini bilgandagina foydalanish mumkin;
2) gipermurojaatlar orqali. Agar qidirilayotgan hujjat yoki ma’lumot ma’no jihatidan joriy sahifaga yaqin bo‘lsa, bu ham nisbatan qulayroq izlash usuli hisoblanadi;
3) veb-saytning URL manzili yoki qidirilayotgan ma’lumotni qayerdan izlash aniq bo‘lmagan hollarda qidiruv tizimlaridan foydalaniladi.
Qidiruv tizimidan samarali foydalanish, kerakli ma’lumotni xavfsiz va samarali usulda qidirish hamda eng yaxshi qidiruv natijalarini tanlay bilish muhim ahamiyatga ega. Butunjahon о‘rgimchak tarmog‘ida kо‘plab qiziqarli, kо‘ngilochar veb-sahifalar mavjud. Biroq bu maydonda turli xavflargа duch kelish ham mumkin. Internetdan foydalanishda mana shu xavflar haqida bilish va undan о‘zini himoya qila olish xavfsizlikni ta’minlash deb ataladi.

Qidiruv tizimlari.
Qidiruv tizimlari ma’lumotni butunjahon tarmog‘idan qidirish imkonini beradi. Butunjahon Internet tarmog‘ida mavjud barcha veb-saytlar ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Kerakli ma’lumotni shu baza orqali topish uchun qidiruv tizimidan foydalanish mumkin. Bugungi kunda kо‘plab qidiruv tizimlari mavjud bо‘lib, ulardan quyidagilari eng ommalashgan sanaladi:

1) Google(https://www.google.co.uz/); 2) Microsoft Bing (https://www.bing.com/);


3) Yahoo(https://www.yahoo.com/); 4) Baidu (https://www.baidu.com/);
5) Yandex (https://www.yandex.ru/); 6) DuckDuckGo (https://duckduckgo.com/);
7) Kiddle (https://www.kiddle.co/).
Qidiruv tizimi – butunjahon Internet tarmog‘idagi veb-saytlarni o‘z ichiga olgan katta ma’lumotlar bazalaridagi axborotlarni qidirish uchun ishlatiladigan dastur. Qidiruv natijalari – qidiruv tizimi tomonidan berilgan veb-sahifalarga gipermurojaatlar ro‘yxati. Ma’lumotlar bazasi – qidirish va foydalanish mumkin bо‘lgan, tartiblangan ma’lumotlar to‘plami. Index – barcha kalit so‘zlar yoki qidiruv tizimi orqali avval tashrif buyurilgan veb-sahifalar ro‘yxati.
Algoritm – muammoni hal qilish uchun dastur bajaradigan bosqichlar yoki qadamlar ketmaketligi.
Qidiruv qanday amalga oshiriladi?
1.Qidiruv tizimidan foydalanish uchun brauzerning manzil qatoriga qidiruv tizimi manzili kiritiladi.
2. Qidiruv tizimi ishga tushganidan keyin, qidiruv maydoniga klaviatura orqali kalit so‘z yoki jumlalar kiritiladi. Yoki mikrofon rasmini bosgan holda kalit so‘z ovoz chiqarib aytiladi (1). Kalit so‘z yozilganidan keyin, “Enter” yoki “Google Search” tugmachasi bosiladi (3). 3. Har bir qidiruv tizimida indeks (2) mavjud bо‘lib, u avval tashrif buyurilganda kiritilgan kalit sо‘zlarga mos barcha kalit sо‘zlar va veb-sahifalar rо‘yxatini qamrab oladi. Qidiruv tizimi indeksini qidirish va qidiruv satri (yoki manzil satri)ga kiritilgan sо‘zlarga mos barcha
veb-sahifalarni topish uchun murakkab algoritmdan foydalaniladi. So‘ngra natija tanlangan vebsahifalar rо‘yxatida kо‘rsatiladi.
4. Rо‘yxatning yuqoridan pastga qarab joylashuvi ham yana bir murakkab algoritm yordamida amalga oshiriladi. Demak, turli qidiruv tizimlarida (Google, Yahoo, Yandex, Bing va h. k.) turlicha natijalar aks etishi mumkin.
Qidiruv natijalari asosida qidirilayotgan kalit so‘zga mos ma’lumotning URL manzili (4), sarlavhasi (5) va qisqacha matni (6) keltiriladi.

Ushbu ma’lumotni ko‘rib chiqish uchun sichqonchaning ko‘rsatkichi uning sarlavhasi ustiga bosiladi. 5. Kiddle kabi qidiruv tizimlari yoshlarga mo‘ljallanganligi bois, foydalanuvchi yoshiga mos kelmagan natijalarni filtrlashga yordam beradi.

Qidiruv tizimida axborotni izlash:
Qidiruv tizimidan foydalanishning asosiy qoidalari:
1) faqat bitta kalit so‘zdan iborat so‘rovni yozmaslik kerak, chunki kalit so‘z bitta bo‘lsa, so‘rov natijasida olingan millionlab Internet sahifalari ro‘yxati ichidan keraklisini ajratib olishning o‘zi yana birmuammo bo‘lishi mumkin;
2) kalit so‘zlarni bosh harflar bilan yozmaslik lozim, chunki bunday hollarda kichik harflar bilan yozilgan ma’lumotlar qoldirib ketilishi mumkin;
3) agar qidiruv nihoyasida birorta ham natija olinmasa, kalit so‘zlarni orfografik xatolarga tekshiring. Qidiruv tizimidagi so‘rovlar tili – bu ma’lumotni samarali qidirishda ishlatiladigan maxsus qoidadir. Ko‘plab qidiruv tizimlarida axborot izlashning kengaytirilgan usullari mavjud. Murakkab ko‘rinishdagi so‘rovlar ma’lumotlarni tez va aniq topishni ta’minlaydi. Bunday so‘rovlarni tashkil etishda maxsus belgilar hamda AND (va), OR (yoki), NOT (yo‘q) kabi so‘zlardan foydalaniladi.


Kalit so‘z – qidirilayotgan ma’lumotning umumlashgan kо‘rinishdagi sо‘z yoki sо‘zlar birikmasidan iborat shakli. Filtr – istalmagan ma’lumotni olib tashlash yoki kerakli ma’lumotlarni topish uchun qо‘llaniluvchi dastur qismi.

Axborotning ishonchliligi: Har bir о‘quvchi maktab loyihasini bajarishi yoki qiziqarli ma’lumotlarni olishi uchun Internetdan foydalanadi. Internetdan foydalanishda eng qiyin jarayonlardan biri – bu olingan ma’lumotning. shonchliligini aniqlashdir. Ishonchli ma’lumotlarni faqat ishonchli manbalardangina olish mumkin. Ishonchli manba, odatda, nufuzli kompaniya, tashkilot yoki rasmiy manbalar bо‘lishi mumkin. Bu kabi manbalarga joylashtiriladigan ma’lumotlar kо‘plab dalillar asosida tekshiriladi.
Kо‘pchilik foydalanuvchilar “Wikipediya” veb-saytini ishonchli manba deb о‘ylashadi. Ammo ma’lumot topish uchun undan foydalanishda ehtiyot bо‘lish zarur. “Wikipediya” veb-saytidagi ma’lumotlarni xohlagan foydalanuvchi о‘zgartirishi mumkin. Demak, “Wikipediya”da ma’lumotlar kо‘p bо‘lsa-da, manba sifatida ularga ishonmaslik kerak.

XULOSA
Bugungi kunda Internetdan ko‘chirilgan asar (rasm, qiziqarli maqola, qo‘shiq, musiqa, kino yoki boshqa nashr)larni ularning manbasiga havola ko‘rsatmasdan foydalanish oddiy holga aylanib qolmoqda. Internet foydalanuvchilarining hammasi ham bu asarlarning muallifi mavjudligi, ulardan ruxsat olish lozimligini bilavermaydi. Axborotning Internetdan joy olganligi undan erkin va xohlaganday foydalanish mumkin degani emas. Internetdan joy olgan har bir asarning o‘z egasi bor, har bir asar “Mualliflik huquqi to‘g‘risida”gi qonun bilan himoyalangan. O‘zbekiston Respublikasida mualliflik huquqining asosiy me’yorlari “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi” (1041–1073-moddalar) hamda “Mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida (2006-yil 22-iyun) qat’iy belgilangan. Agar biror shaxs mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarni noqonuniy ravishda nusxalasa, tarqatsa, undan daromad manbayi sifatida
foydalansa, muallif o‘z mualliflik huquqlarini himoya qilish uchun tegishli idoralarga murojaat etishi mumkin. Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunlar jahonning deyarli barcha mamlakatlarida mavjud.
Shuning uchun muallif ruxsatisiz uning asarlarini ishlatish, tarqatish mumkin emas! Ba’zan do‘konlarda kitob, disk va dasturlarning noqonuniy nusxalarini kuzatish mumkin. Bunday holatda nusxa yaratganlar ham, ushbu nusxalarini sotganlar ham qonun oldida javobgar hisoblanadi. Internetdan olingan ma’lumotni kompyuterda saqlash va undan shaxsning o‘zi foydalanishi qonunga zid emas. Bu ma’lumotni veb-sayt, ijtimoiy sahifa, kanal yoki guruhlarda nashr qilish kerak bo‘lsa, albatta uning manbasiga havola ko‘rsatilishi lozim.

Download 0,97 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,97 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ELEKTRON POCHTA QUTISINI YARATISH MAVZUSINI O`QITISH

Download 0,97 Mb.