|
Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti
|
bet | 2/6 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 229 Kb. | | #138415 |
Bog'liq MASHRABOV ABRORBEK (ko\'rildi 15.01)Kurs ishining dolzarbligi. Hozirgi kunda kompyuter texnologiyalari kirib bormagan soha deyarli uchramaydi. Kompyuter texnologiyalardan nafaqat hisoblash ishlarini olib borish uchun, balki hayotga tadbiq qilinadigan elektron darsliklar, rasm va video tasmalarni qayta ishlovchi, katta hajmli ma’lumotlarni o’zida saqlovchi dasturlar yaratish uchun ham foydalaniladi. So’nggi yillarda kompyuter va uning dasturiy ta’minotiga bo’lgan talab va qiziqishlar ortib bormoqda. Bu esa o’z navbatida dasturchidan katta izlanish va mahoratni talab qiladi.
Ta’lim sifatini oshirish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Chunki, bugungi kunda insoniyat rivojlanishi shunday bosqichga yetib bordiki, bu bosqichda inson aql-zakovati, bilimi va uning mutaxassis sifatidagi malakasi hal qiluvchi ro’l o`ynaydigan bo`lib qoldi.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, axborot-kommunikatsiya texnologiya-lari(AKT)ning rivojlanishida yetuk mutaxassislarning roli va o’rni beqiyosdir. Bunday kadrlarni tayyorlashda dasturlashga oid fanlar va ularni o’qitishning samaradorligini oshirish bugunning dolzarb masalalaridan biridir.
Kurs ishining maqsadi: So'nggi paytlarda yangi axborot texnologiyalari bozori jadal rivojlanmoqda. Tarixga oid elektron tematik nashrlar, entsiklopediyalar, albomlar, multimedia taqdimotlari to'plamlari nashr etilgan. Ushbu vositalarning barchasi o'quv jarayonida o'quv materiallarida, fonogrammalarda, o'quvchilar bilimini sinashda, berilgan ma'lumotlarni qidirishda, barcha turdagi ijodiy ishlarni tashkil qilishda ishlatilishi mumkin. Darsdagi ish shakllarining xilma-xilligi, video va multimediya materiallarini namoyish qilish bilan birgalikda, o'quvchilarda hissiy yuksalishni keltirib chiqaradi, taqdimotning yangiligi tufayli mavzuga bo'lgan qiziqishni oshiradi, o'quvchilarga muammolarni qanday hal qilishni o'rgatayotganda ko'rish darajasini oshirish va darsdan oqilona foydalanish.
Kurs ishining vazifasi:
*Axborot texnologiyalaridan foydalanib o`qitish samaradorligini oshirishni o`rganish.
*Axborot texnologiyalaridan foydalanib o`qitish samaradorligini oshirishni taxlil qilish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti
|