|
Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti
|
bet | 9/14 | Sana | 01.03.2023 | Hajmi | 416.9 Kb. | | #43912 |
Bog'liq O`ktambekov Anvarjon 95rwmTQImdcxI6J4MBVZa8i3QUpS0wOm0rVkGf6B, pedagogik texnologiyalar, 3-mavzu, История изучения, 2.8TListBox
Tanlash, qo’shish yoki o’chirish uchun mo’ljallangan matn variantlari ro’yxatining to’rtburchak sohasini aks ettiradi.
Agar ro’yxatdagi barcha elementlar ajratilgan sohaga sig’masa, ro’yxatni aylantirish lineykasi yordamida ko’rib chiqish mumkin. Ro’yxat elementlari Items xususiyatining ichida, dastur bajarilish vaqtida tanlab olinadigan element raqami esa ItemIndex xususiyatining ichida joylashgan bo’ladi. Ro’yxat elementlari matn muharririning darchasi Items xususiyati qiymatining grafasida tugmacha bilan ochiladi. Ro’yxat elementlarini Items obyektining Add, Append, Delete va Insert metodlari yordamida dinamik tarzda qo’shish, o’chirish, orasiga joylash va o’rnini almashtirish mumkin. Masalan:
ListBox1->Items->Add («Ro’yxatning oxirgi elementi»);
Sorted xususiyatining true qiymati ro’yxat elementlarini alifbo tartibida ajratib joylashtiradi.
TListBox komponentasi TCustomListBox sinfining hosilasi bo’lib, uning barcha xususiyat, metod va voqealariga vorislik qiladi.
TComboBox
Tahrir sohasi hamda matn variantlarining tushib qoladigan ro’yxati kombinatsiyasini tanlash uchun ishlatiladi. Text xususiyatining qiymati bevosita tahrir sohasiga kiritib qo’yiladi.
Foydalanuvchi tanlab olishi mumkin bo’lgan ro’yxat elementlari Items xususiyatining ichida bo’ladi. Dasturning bajarilish paytida tanlab olinishi mumkin bo’lgan element raqami ItemIndex xususiyatining ichida bo’ladi. Tanlab olingan matnning o’zi esa SelText xususiyatining ichida bo’ladi. SelStart va SelLength xususiyatlari matnning qaysi qismini tanlab olishni belgilab berish yoki matnning qaysi qismi tanlab olinganini bilish imkonini beradi.
Items obyektining Add, Append, Delete va Insert metodlari yordamida ro’yxat elementlarini dinamik tarzda qo’shish, o’chirish orasiga qo’yish va o’rnini almashtirish mumkin. Masalan:
ComboBox->Items->Insert(0, «Ro’yxatdagi birinchi element»);
Sorted xususiyatining true elementi ro’yxat elementlarini alifbo tartibida navlarga ajratilishini ta’minlaydi. TComboBox komponentasining turini Style xususiyatidan tanlab olish mumkin.
TComboBox komponentasi TCustomComboBox sinfining hosilasi bo’lib uning barcha xususiyatlari, metodlari va voqealariga vorislik qiladi.
|
| |