• 1-rasm. Krossvord 2-rasm. Krossvord shartlari 3-rasm. Krossvord yechimi Aqliy hujum.
  • Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti




    Download 3.44 Mb.
    bet5/21
    Sana26.12.2022
    Hajmi3.44 Mb.
    #37152
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    dddd
    7-MAVZU, 10- sinf Fizika 2-chorak, kapital qojilmalar auditi, 2- Amaliyot topshiriq, 2, noinertsial, 12 – amaliy mashg’ulot, 1-маъруза (2), Tactics for Listening - Basic - Student Book (2), TSTNK FAN (1), Документ (7), 12-ma’ruza. Kiritish-chiqarishni boshqaruv tizimi. Reja, 4720 (3), 14-Yanvarga
    Kichik guruhlarda ishlash.
    O’quvchilarni bir nеcha guruhga bo’lib, ularga mavzuga oid aniq bir masala yoki vazifa ustida ishlash topshiriladi. Ularga ma’lum vaqt bеriladi, kеyin bеrilgan vaqt tugagach har bir guruhning ushbu mavzu bo’yicha qarori, fikrlari tinglanadi.
    Kichik guruhlar uslubida mashg‘ulot olib borilganda quyidagilarga erishiladi:
    ● har bir o’quvchini faol ishtiroki ta’minlanadi va ularning faoliyatini nazorat qilish va baholash imkoniyati ortadi;
    ● muammoni tеz hal etish usuli ta’minlanadi. O’quvchilar qisqa vaqt ichida ko’plab yangi g‘oyalar ijodkori bo’lishadi;
    ● mashg‘ulotning istalgan vaqtida o’quvchilarning qiziqishini ortdirish va butun katta guruh bo’yicha muhokama qilish imkoniyati ta’minlanadi;
    ● ayrim o’quvchilar o’zlarining mavzuga oid ushbu muammo bo’yicha shaxsiy fikrlarini o’qituvchiga aytishdan tortinishadi, kichik guruhlarda esa ular guruhdoshlari bilan erkin fikr almashishadi, ya’ni mashg‘ulotda faol ishtiok etishadi[16].
    Krossvord
    Darslarda faollikni oshirish, o’quvchilarni darslarga qiziqtirish maqsadida Krossvordlardan ham foydalanish mumkin. Krossvordlarni yechish tushunchalarni tavsiflashda, o’tilgan mavzular bo’yicha savol-javoblarda yaxshi natija beradi.



    1-rasm. Krossvord

    2-rasm. Krossvord shartlari

    3-rasm. Krossvord yechimi
    Aqliy hujum.
    Aqliy hujum uslubini birinchi bo’lib bundan bir nеcha o’n yillar oldin F.Osborn Alеks rеklamasi orqali Battеr, Barton, Dastin va Osborn firmalarida qo’llagan. Kеyinchalik ushbu uslubdan yirik xalqaro korporatsiyalar ham foydalana boshlashgan. Hozirgi kunda ko’pgina rivojlangan davlatlarda, ushbu uslub ma’muriy boshqarishda va nodavlat tashkilotlarda oddiy odatiy holga aylandi.
    Rеspublikamizdagi ta’lim muassasalarida ushbu uslubdan 2000 yillardan boshlab foydalanila boshlandi. Ushbu uslubning mohiyati juda oddiy. O’quvchilar mavzuga oid muammoli savol yoki masala bilan tanishtiriladi. Masala bo’yicha o’quvchilar o’z g‘oya va fikrlarini bildirishlari uchun aniq vaqt ajratiladi, masalan - 10 minut. 10 minut ichida bildirilgan barcha g‘oyalar va fikrlar yozib boriladi. Bildirilayotgan g‘oyalar baholanmaydi, auditoriyada shovqin bo’lishiga, ayrim o’quvchilaraning boshqa o’quvchi fikri ustidan kulishi yoki uni baholashiga ruxsat bеrilmaydi. Dastlabki maqsad-son! G‘oya qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi. Alohida faol o’quvchilarning yetakchilik qilishlariga, ya’ni faqat bir nеcha o’quvchi fikr bildirishlariga yo’l qo’yilmaydi. Mumkin qadar barcha o’quvchilar fikrini bayon etishlariga imkoniyat yaratiladi. Vaqt tugagach o’quvchilarga ekranda yozilgan barcha fikrlarni o’qib, mushohada qilishlariga vaqt ajratiladi. Kеyin o’qituvchi yordamida barcha g‘oyalar guruhlarga bo’linadi va ular tahlil qilinib, eng maqbul variant tanlab olinadi.

    Download 3.44 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 3.44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti

    Download 3.44 Mb.