Grafik muharrirlarida Paint dasturida sodda tasvirlar yaratish




Download 0,72 Mb.
bet4/7
Sana08.02.2024
Hajmi0,72 Mb.
#153502
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Grafik muharrirlarida sodda tasvirlar yaratish mavzusini o’qitish

Grafik muharrirlarida Paint dasturida sodda tasvirlar yaratish

Paint tasvirlar muharriridan turli xil rasm va shakllarni hosil qilish va qayta ishlashda foydalaniladi. Unda hosil qilingan tasvir boshqa amaliy dasturlarda qo’llanilishi mumkin. Bu mavzuda WINDOWS-98 tarkibiga kiruvchi Paint grafik muharriri haqida ma’lumot beramiz. Dastur ko’magida oddiy matnli jadval va diagrammalar hamda yuksak saviya san’at asarlarini yaratish mumkin. Ishni toza oq varaqda shakl chizishdan yoki tayyor rasmlarni tahrir qilishdan boshlash mumkin. Dastur ko’magida WINDOWSning boshqa dasturlarida yaratilgan ixtiyoriy matn yoki grafik ma’lumotlar nusxasini olish yoki skaner qurilmasi yordamida o’ta qiyin talqindagi san’at asarlaridan nusxa olish, tahrir qilish va chop qilish ishlari majmuasini bajarish mumkin. Paint grafik muharriri rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo’ljallangan. U quyidagi buyruqlar ketma-ketligini bajarish bilan ishga tushiriladi: Пуск Программы Стандартные Paint Ayrim hollarda Paint yorlig’i WINDOWS ish stoliga ko’chirilgan bo’ladi. Bunday holda Paint yorlig’i ustida sichqoncha tugmasini bosish orqali dasturni tezda ishga tushirish mumkin. Shundan so’ng ekranda Paint dasturining ishchi oynasi (darchasi) ochiladi (1-rasm).
U bir necha sohalardan iborat. Oynaning asosiy qismini ish sohasi egallaydi. Uning chap yonida uskunalar paneli joylashgan. Unda tasvir yaratishda ishlatiladigan uskunalar tugmalari (ramziy belgilari) joylashtirilgan. Ayrim uskunalar tanlanganda panelning pastida ushbu uskunaning xossalarini qo’shimcha sozlash uchun darcha paydo bo’ladi. Ish sohasining pastida ranglar palitrasi joylashgan. U rasm chizishda ishlatiladigan ranglar to’plamini o’z ichiga olgan (2-rasm). Ranglar palitrasi ranglari o’zgarib turuvchi kvadratchalardan iborat. Rangni o’zgartirish uchun sichqoncha belgisini tanlangan rang ustiga olib kelib, tugmasini bosish kerak. Agar chap tugma bosilsa asosiy rang (yuqori kvadratcha rangi), o’ng tugma bosilsa fon rangi (quyi kvadratcha rangi) o’zgaradi.
Painttasvir muharririning menyusi bo’limlari quyidagilardan iborat: Файл, Правка, Вид, Рисунок, Палитра, Справка. Menyuning dastlabki bo’lim bandlari WINDOWS­98 amaliy dasturlari uchun umumiy bo’lgan vazifalarni bajaradi. Файл bo’limi bandlari quyidagi vazifalarni bajaradi.
1. Rasmni chizish uchun sahifa ochish.
2. Rasmni xotiradan olish.
3. Rasmni xotiraga yozish.
4. Tasvirni faylda saqlash.
5. Rasmni dastlabki kuzatish tartibi.
6. Sahifa holatini ko’rish.
7. Rasmni chop qilish.
8. Faylni biror manzilga uzatish.
9. WINDOWS ning ish stoliga bog’lanish.
10. Oxirgi fayllar ro’yxati.

Paint muharriri menyusining«Вид» bo’limidajihozlar majmuasi bo’limi –«Наборинструментов», ranglash sohasi–«Палитра», holatsatri­ «Строка состояния», matn belgilari paneli – «Панель атрибутов текста» va tasvirni ekranda to’la ko’rish – «Просмотреть рисунок» kabi amallarni bajarish mumkin. Masalan, matn harflarini tanlash va o’lchamlarini o’zgartirish uchun «Панель атрибутов текста» bandiga murojaat etiladi. «Рисунок» bo’limi ko’magida tasvirni akslantirish (90, 180, 270 gradusga rasmni burish) aylantirish, kengaytirish va og’dirish amallari bajariladi. Tasvirningo’lchamlari varanglanishi, «Атрибуты» bandi yordamidabajariladi. «Палитра»bo’limidatasvirlarni ranglashda qizil, ko’k, yashil darajasi va yorqinligi belgilanib, «Добавить в набор» tugmasi yordamida ranglanish sohasidayangi rang hosil qilinadi. Jihozlash majmuasi. Ekranning chap qismida joylashgan jihozlar majmuasi yordamida sahifadagi tasvirningkerakli elementlarini hosil qilish, ajratibolish, nusxalash yoki o’zgartirish mumkin. Quyida har bir jihozlash bo’limi vazifasi bilan tanishish mumkin. Kompyuterdan foydalanuvchi ish jarayonida har xilshakl yoki grafiklar chizish, reklama, e’lonlar, taklif yoki tabriknomalar, matnli hujjatlarni illyustratsiyalash (bezash) kabi ishlar majmuini bajarishga to’g’ri keladi. Bunday vaziyatda foydalanuvchidan Paint grafik muharririda ishlashni bilish taqozoetiladi.


Paintgrafikmuharriri yordamidaquyidagi ishlarko’lamibajariladi:
1. Ish stolidayangi shakl (grafik) yoki rasm chizish;
2. Rasmni xotiragafayl tarzidayozish;
3. Fayl (rasmli)nixotiradan ish stoligachiqarish;
4. Rasm qisminiajratish;
5. Ajratilgan qismini boshqajoyganusxalash;
6. Rasmni to’laligichaboshqajoygako’chirish;
7. Yangi rasmni keltiribqo’yish;
8. Rasm (shakl)ni kichiklashtirish yoki kattalashtirish;
. Chiziqlarni ixtiyoriy qalinlikdatanlash;
10. Buyoq(rang)larni tanlash;
11. Rasm tevaragiga(yoniga, tagigaustigavaichiga)matn yozish;
12. Turli shriftlardan foydalanish;
13. Ranglarni tahrir qilish;
14. Shablongaqo’shimcharang kiritish;
15. Rasmni ekrandato’la, qisman ajratilgan holdako’rish vatahrir qilish;
16. Rasmni chopqilish;
17. Rasmni boshqa dasturlar (Word, Excel, Internet)da chiqarish va foydalanish kabi bir qanchaishlarmajmuini bajarish.


    1. Download 0,72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Grafik muharrirlarida Paint dasturida sodda tasvirlar yaratish

Download 0,72 Mb.