Paint dasturida ishlash metodikalari




Download 0,72 Mb.
bet5/7
Sana08.02.2024
Hajmi0,72 Mb.
#153502
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Grafik muharrirlarida sodda tasvirlar yaratish mavzusini o’qitish

Paint dasturida ishlash metodikalari.

Ekranning chap qismida joylashgan uskunalar majmuasi yordamida tasvirning kerakli elementlarini hosil qilish, ajratib olish, nusxalash yoki o’zgartirish mumkin. To’g’ri to’rtburchaklar vakvadratlarchizish. Pryamougolnik uskunasidan foydalanib, to’g’ri to’rtburchak, kvadrat chizishmumkin. Buninguchunmazkur uskuna hamda to’g’rito’rtburchakning turi tanlanadi. 1. Paint tasvirlariga yozuv tushirish uchunjihozlash majmuasidan tugmasi bosiladi. 2. Tasvirda yozuv ramkasini kerakli o’lchamini hosil qilish uchun «sichqoncha» ko’rsatkichi diagonal bo’yichasiljitiladi. 3. Formatlashpanelidan shriftturi, o’lchami, yozilishi tanlanadi. 4. Ramkaning ichida«sichqoncha» tugmasi bosiladi vaklaviaturadan matn kiritiladi. 5. So’ngrayozuv joyini o’zgartirish varangini tanlashimizmumkin. 6. Formatlash panelini ekranga chiqarish uchun Вид bo’limida «Панель атрибутов текста» bandiga murojaatqilinadi. Tasvirning nusxasiniolish. 1. Jihozlar majmuasidan tugmasi to’rtburchakli sohani ajratish uchun bosiladi. 2. Ko’rsatkich nusxalanuvchi sohaga olib kelinadi, belgilashning kerakli o’lchamihosil qilinadi. 3. «Правка»bo’limida «Копировать»bandi faollashtiriladi. 4. Ko’rsatkich ekranning kerakli qismiga o’tkazilib, «Вставить» faollashtiriladi. 5. Ajratilgan bo’lakning bir­necha nusxasini olish uchun «sichqoncha» ko’rsatkichi klaviaturadagi CTRL bosilgan holda kerakli joyga siljitiladi.
Ekranda hosil bo’lgan tasvirni WINDOWS ish stoligako’chirish uchun Файл bo’limida«Замостить рабочийстолWINDOWS»gamurojaatetiladi. Demak, PAINT dasturi ko’magidafoydalanuvchi uchun zarur ixtiyoriy (dasturni) tasvirni ekrandahosil qilish, fayl ko’rinishidaxotiraga kiritish, boshqa amaliy dasturlar uchun qulay ko’rinishga keltirish va tasvirni chop etish mumkin. Tasvir o’lchamlarini o’zgartirish. 1. «Рисунок» (Tasvir) menyusida «Атрибуты» (Atributlar) buyrug’ini tanlang. 2. Tasvirning eni vabo’yining o’lchov birliklarini tanlang. 3. «Ширина» (Eni) va «Высота» (Bo’yi) maydoniga qiymatlar kiriting. Tasvirning o’lchamlarini o’zgartirishni pastki o’ng burchakda va tasvirning o’ng va pastki chegaralarining o’rtasida joylashgan markerlarning joyini o’zgartirish bilan ham amalgaoshirish mumkin. Mas’shtabnio’zgartirish va to’rnichiqarish. 1. «Вид» (Ko’rinish) menyusida «Масштаб» buyrug’ini, so’ngra «Другой»(Boshqasi) buyrug’ini tanlang. 2. «Варианты»(Variantlar) guruhida 400%, 600% yoki 800%ni tanlang vaOK tugmasini bosing. 3. «Вид» (Ko’rinish) menyusida «Масштаб» buyrug’ini, so’ngra «Показать сетку»(To’rni ko’rsatish) buyrug’ini tanlang. To’rni olib tashlash uchun «Показать сетку» (To’rni ko’rsatish) buyrug’ida ¸ belgisini olib tashlang yoki «Вид» (Ko’rinish) menyusida «Масштаб», so’ngra «Oбычный» (Odatiy) buyrug’ini tanlang. Rangli tasvirni oq-qora tasvirga o’tkazish. 1. «Рисунок» (Tasvir) menyusida «Атрибуты» (Atributlar) buyrug’ini tanlang. 2. Палитра guruhida «Чёрно-белая» (Qora-oq)ni tanlang. Rangli palitra tanlanganda oq-qora obyektlar rangli tasvirlarga aylanmaydi. Faqat yangi tasvirni rangli qilish mumkin. Tasvir ranglarini kontrast qilish uchun «Рисунок» (Tasvir) buyrug’idan so’ng «Oбратить цвета» (Ranglarni aylantirmoq) bo’limini tanlash kerak. Obyekt yoki tasvirni akslantirish va burish. 1. Uskunalar panelida to’g’ri to’rtburchak yoki ixtiyoriy shakldagi sohani ajratuvchi tugmani tanlang. 2. Akslantirish yoki burish kerak bo’lgan element (obyekt, tasvir yoki ularning biror qismi)ni tanlangan soha ichiga oling. 3. Uskunalar paneli ostida paydo bo’lgan ikkita belgidan birini tanlang: a) obyektni shaffof bo’lmagan obyekt sifatida akslantirish yoki burish uchun yuqoridagi belgi ustida sichqoncha tugmasini bosing. b) obyektni shaffof bo’lgan obyekt sifatida akslantirish yoki burish uchun pastdagi belgi ustida sichqoncha tugmasini bosing. 4. «Рисунок» (Tasvir) menyusida «Oтразить/Повернуть» (Akslantirish/Burish) buyrug’ini tanlang. 5. Kerakli parametrlarni tanlang: отразить слева на право (chapdan o’ngga), отразить сверху вниз (yuqoridan pastga), повернуть на уголь (burchakni burish) 90°, 180°, 270°. Tasvirni cho’zish va og’dirish. 1. Uskunalar panelida to’g’ri to’rtburchak yoki ixtiyoriy shakldagi sohani ajratuvchi tugmani tanlang. 2. O’zgartirilayotgan element (obyekt, tasvir yoki ularning biror qismi)ni tanlangan soha ichiga oling. 3. «Рисунок» (Tasvir) menyusida «Растянуть/Наклонить» (Cho’zish/Og’dirish) buyrug’ini tanlang. 4. Cho’zish yoki og’dirish parametrlarini tanlang va ularning sonli qiymatlarini kiriting: «Растянуть по горизонтали, вертикали (%)» (gorizontal, vertikal (%) bo’yicha cho’zish), «Наклонить по горизонтали, вертикали (%)» (gorizontal, vertikal (%) bo’yicha og’dirish). 5. Uskunalar panelining pastki qismida paydo bo’ladigan belgilardan birini tanlang: a) obyektni shaffof bo’lmagan obyekt sifatida cho’zish yoki og’dirish uchun yuqoridagi belgi ustida sichqoncha tugmasini bosing. b) obyektni shaffof obyekt sifatida cho’zish yoki og’dirish uchun pastdagi belgi ustida sichqoncha tugmasini bosing. Tasvirni olib tashlash. 1. Agar tasvirning biror qismi ajratilgan bo’lsa, unda tashqaridagi ixtiyoriy joyda sichqoncha chap tugmasini bosing. 2. «Рисунок» (Tasvir) menyusidan «Oчистить» (Tozalash) buyrug’ini tanlang. Tasvirning ajratilgan qismi uchun «Oчист ит ь» (Tozalash) buyrug’i ishlamaydi. O’zgartirishlarni bekor qilish. «Правка» (To’g’rilash) menyusidan «Отменить» (Bekor qilish) buyrug’ini tanlang. Foydalanuvchi ketma-ket «Правка» (To’g’rilash) menyusidagi «Отменить» (Bekor qilish) buyrug’ini tanlash orqali oxirgi bajarilgan uchta o’zgartirishlarni bekor qilishi mumkin. Tasvir bo’lagini (fragmentini) ajratish. 1. Uskunalar panelidagi to’g’ri to’rtburchak sohani ajratish tugmasini tanlang. 2. Sichqoncha ko’rsatkichini sichqonchaning tugmasini bosgan holda ajratilayotgan soha ustidan diagonal bo’yicha olib o’ting. Tasvirni yoki uning biror bo’lagini ajratish uchun uskunalar panelidagi ixtiyoriy sohani ajratish tugmasidan ham foydalanish mumkin. Ajratishni bekor qilish uchun ajratilgan sohadan tashqarida, ixtiyoriy joyda sichqonchaning chap tugmasini bosing. Tasvir bo’lagini nusxalash yoki joylashtirish. 1. Uskunalar panelida to’g’ri to’rtburchak yoki ixtiyoriy sohani ajratuvchi tugmani tanlang. 2. Nusxa olinuvchi tasvirning bo’lagini tegishli soha ichiga oling. 3. Joylashtirish usulini tanlang. a) Uskunalar paneli ostidagi yuqori belgi ustida sichqoncha belgisini joylashtirib, uning chap tugmasini bossangiz, shaffof bo’lmagan bo’lakcha joylashtiriladi. b) Uskunalar paneli ostidagi quyi belgi ustida sichqoncha belgisini joylashtirib, uning chap tugmasini bossangiz, shaffof bo’lgan bo’lakcha joylashtiriladi. 4. «Правка» (To’g’rilash) menyusida «Koпировать» (Nusxalash) buyrug’ini tanlang. 5. «Правка» (To’g’rilash) menyusida «Вставить» (Qo’yish) buyrug’ini tanlang. 6. Tasvir bo’lagini kerakli joyga olib borib qo’ying. «Надпись» tugmasi bosilgan bo’lsa tasvirni joylashtirib bo’lmaydi. Ob’yektning bir nechta nusxasini joylashtirish uchun CTRL tugmasini bosib turib, kerakli joyga joylashtirishingiz mumkin.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan o'qitish g'oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning noyob imkoniyatlari bilan bog'liq bo'lgan o'qitishning mutlaqo yangi, hali o'rganilmagan texnologik variantlarini ochadi. Kompyuterni o'qitish texnologiyalari - bu o'quvchiga axborotni tayyorlash va uzatish jarayonlari bo'lib, uning vositasi kompyuterdir. O‘quv jarayonida kompyuter texnologiyalaridan, ayniqsa, tasvirlangan o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanish samaradorligi, ularning didaktik imkoniyatlarini amalga oshirish, shubhasiz, eng muhim talab hisoblanadi. Nafaqat og'zaki ma'lumotni to'ldiruvchi, balki ma'lumot tashuvchisi vazifasini bajaradigan vizualizatsiya shakllaridan foydalanish o'quvchilarning aqliy faolligini oshirishga yordam beradi. Kompyuter texnologiyalari o'qituvchilarga an'anaviy ta'limga xos bo'lgan o'qitish faoliyati turlaridan voz kechish imkoniyatini ochib, unga intellektual mehnat shakllaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Yangi texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarga nafaqat fanni yaxshiroq o'rganish, balki olingan ko'nikmalarni ham o'zlashtirish imkonini beradi. Umumiy o'rta ta'limda, oliy o'quv yurtlarida bugungi dolzarb vazifalardan biri bu, darslarda ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilg'or pedagogik texnologiyalardan unumli va o'z o'rnida foydalanishdir. Hozirgi kunda darslarni tashkil etishning zamonaviy usullaridan biri interfaol metodlardan foydalanishiga keng ahamiyat qaratilmoqda. Interfaol metodlar yordamida har bir darsda o'quvchilarni faol qilish jarayoniga undash, mustaqil ravishda aqliy faoliyatinini rivojlantirishga imkoniyat yaratish mumkin.Zamonaviy pedagogik interfaol metodlar asosida o'tilgan darslarda o'qituvchi va o'quvchilar fanlararo bog'lanishni, mavzularning mazmun mohiyatini chuqur tahlil etadi. Darsda muamoli vaziyatlar yaratiladi. Ba'zan o'qituvchi, ba'zan esa o'quvchilarning o'zlari muammoni o'rtaga tashlaydilar va fikr yuritib, yechimni topishga intiladilar.

Download 0,72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Paint dasturida ishlash metodikalari

Download 0,72 Mb.