|
Zahiriddin muhammadbobur nomidagi andijon davlat universiteti
|
bet | 3/7 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 0,72 Mb. | | #153502 |
Bog'liq Grafik muharrirlarida sodda tasvirlar yaratish mavzusini o’qitishKurs ishining maqsadi: Grafik muharrirlarida sodda tasvirlar yaratish.
Kurs ishining vazifasi: Informatika o‘qitishda ta’lim texnologiyalari-ning o‘rni va ulardan to’g’ri foydalanish masalalarini yoritish.
Kurs ishining ob'ekti: Informatika fanini o‘qitishda noan’anaviy darslardan foydalanish.
Kurs ishining predmeti: Grafik muharrirlarida sodda tasvirlar yaratish mavzusini o’qitish metodikasi.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, 3 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Grafik muharrirlari va ularning turlari
Shaxsiy kompyuterlardan foydalanishda eng ko’p tarqalgan yo’nalishlardanbiri bu kompyutergrafikasidan foydalanishdir. Bu yo’nalishda faqatgina professional dizayner yoki rassomlar emas, balki oddiy foydalanuvchilar ham ishlashi mumkin. Buning uchun maxsus kompyuter grafikasi dasturlari bo’lishi zarurdir. Ma’lumki, har qanday korxonayokifirmafaoliyatidagazeta yoki jurnalda reklamae’lonlar berishi, buklet chiqarishzaruriyati paydo bo’ladi. Yirik firma va kompaniyalar bunday ishlarni professionallar qo’liga topshiradilar. Chegaralangan iqtisodiy byudjetga ega bo’lgan kichik korxonalar esa bu ishni asosan o’zimkoniyatlariga ko’ra bajaradilar. Zamonaviy multimedia dasturlari kompyuter grafikasisiz ishlay olmaydilar. Ommaviy holda qo’llaniladigan dasturlar ishlab chiqarishning 90% vaqti shu dasturlarni bezash uchun sarflanadi. Axborotningasosiy qismini(70foizi) inson ko’rish a’zolari orqali oladi. Ko’rgazmaliaxborotningo’zlashtirilishioson bo’ladi. Inson tabiatininganashu xususiyati grafik operatsion tizimlarda ishlatiladi. Ularda axborot grafik obyektlar: znachoklar (belgilar), oynalar va rasmlar ko’rinishida tasvirlanadi. Operatsion tizimning barcha grafik obyektlari, shuningdek, boshqa barcha tasvirlar qandaydir yo’l bilan kompyuterda hosil qilinishi yoki unga kiritilishi kerak. Grafik tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun maxsus tashqi (atrof) qurilmalari ishlatiladi. Eng ko’p tarqalgan qurilma — bu skanerdir. So’nggi paytda raqamli fotokameralarning ham qo’llanish ko’lami kengayib bormoqda. Ularning oddiy fotoapparatlardan farqi shundaki, tasvir kimyoviy yo’l bilan fotoplyonkaga tushirilmaydi, balki fotokamera xotirasining mikrosxemalariga yozib qo’yiladi. U yerdan axborotni kabel orqali kompyuterga uzatish mumkin. Ayrim raqamli fotoapparatlar ma’lumotlarni fayl sifatida egiluvchan diskka yozib qo’yish imkoniyatiga ham ega. Diskdagi axborotni esa kompyuterga o’tkazish unchalik qiyin emasligini siz yaxshi bilasiz.Tasvirni kompyuterga videokameradan ham kiritish mumkin. Videoning ketma-ketlikdagi biror kadrni tanlashi va uni kompyuterga kiritishi tasvirni ushlab olish deyiladi. Kompyuterga tasvirni kiritish uchun uni albatta skanerlash, rasmga olish yoki uni ushlab olish shart emas. Tasvirni kompyuterning o’zida ham hosil qilish mumkin. Buning uchun grafik muharrirlar deb ataluvchi maxsus dasturlar sinfi ishlab chiqilgan. Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga ishlov berish, shuningdek, grafik obyektlar va fayllarda bo’lgan nografik obyektlar o’rtasida bog’lanish o’rnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb atash qabul qilingan. Kompyuter grafikasi turlari. Kompyuter grafikasi dasturlari 3 turga bo’linadi: 1. Rastrli grafika. 2. Vektorli grafika. 3. Fraktal grafika. Bu dasturlar bir-birlaridan tasvirlarni aks ettirish usullari bilan farq qiladi.Rastr grafikasi asosan elektron va poligraf nashriyotlarida qo’llaniladi. Rastr grafikasining asosiy elementi sifatida nuqta qabul qilingan. Agar tasvir ekranda ko’rilsa, bu nuqta «piksel» deb aytiladi. Kompyuterda qo’llaniladigan operatsion tizimlarning imkoniyatiga ko’ra, 480x640, 800x600, 1024x768 va undan ko’proq pikselga ega bo’lgan tasvirlar joylashishi mumkin. Tasvirning o’lchamiga ko’ra uning imkoniyati ham oshib boradi. Ekranning imkoniyati parametrik bo’lib, bir dyuymdagi nuqtalar soni bilan belgilanadi. Rastr grafikasi uchun kamdan-kam hollarda grafik dasturlar yordamida qo’lda bajarilgan tasvirlar ishlatiladi. Professional rasm yoki fotosuratni rastr grafikasida ko’proq qo’llash kuzatiladi. Oxirgi paytda rastr tasvirlarni ekranga kiritish uchun raqamli foto va videokameralar qo’llanilmoqda. Shu sababli rastr grafikasining asosiy maqsadi tasvirni yaratish emas, balki mavjud tasvirni qayta ishlashdir. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo’ljallangan ko’pgina grafik muharrirlar asosan tasvirlarga ishlov berishga mo’ljallangan. Internet tizimida ko’proq rastrli tasvirlar qo’llanilmoqda. Ma’lumki, istalgan rangni olish uchun uchta turli rangni ularga muvofiq keladigan miqdorlarda aralashtirish yetarlidir. Bu ranglar: qizil (RED), yashil (Green) hamda ko’k (Blue) (ingliz tilidagi qisqartmasi RGB) ranglardir. Bu tamoyil ko’proq rangli fotoplyonkada qo’llaniladi, ya’ni qizil, yashil va ko’k ranglarning tuslanish darajasini o’zgartirish orqali kerakli rang hosil qilinadi. Rangli kinodagi RGB tamoyili qizil, yashil, ko’k nurlarning turli darajasining birlashishi natijasida rang hosil bo’ladigan rangli televedeniyega o’tdi. Tabiiyki, u televizor ekranidan kompyuter monitorining ekraniga o’tdi. Ranglar yig’indisi oxirgi rang hisoblanganligi uchun uni additiv (inglizcha additive color - yig’indi) deb yuritiladi. Monitorda tasvirlar RGB usuli bo’yicha shakllanadi. Qolgan hamma ranglar shu asosiy uch ranglarning aralashmasidan hosil bo’ladi. Masalan, qizil bilan yashil ranglarning aralashmasi sariq rangni, shu uchta rangning teng aralashmasi esa oq rangni beradi. Rastrli tasvirning asosiy tavsiflaridan biri ranglarning miqdoridir. Ranglarning miqdori qancha ko’p bo’lsa, tasvirlarning rangi shuncha tiniq bo’ladi, ammo bunda rasm kompyuter xotirasida katta joy egallaydi. Biroq, kompyuterda tasvirlarni tayyorlash jarayonida ranglar aralashmasining qarama-qarshi usuli – ayiruv (subtractive color) ham qo’llaniladi. Bunda oq rangdan unga mos ravishda yuqorida keltirilgan havo rang (Cyan), och siyohrang (Magenta), sariq (Yellow) ranglarni olib tashlab, oq-qora (blaK) tiniq rang tanlanadi. Bu ingliz tilida CMYK deb yuritiladi. Bu usul avvalo tasvirni bosmadan qog’ozga chiqarishda ishlatilib, Webda esa umuman qo’llanilmaydi. Kompyuterda tasvir yaratishda u yoki bu rangning hosil bo’lishini bilish muhim emas, balki ularni boshqarish muhimroqdir. Ranglar palitrasi – bu so’zni eshitgan zahoti musavvirning ustaxonasi, uning mo’yqalami ko’z oldimizga keladi. Bunday qaraganda mo’yqalam, bo’yoq hamda musavvir ustaxonasi o’rnini kompyuter egallaydi. Kompyuter grafikasida palitra (jadval) bu - tasvir tarkibida ishlatiladigan ranglar ro’yxatidir. Ularning palitradagi miqdori ranglarning boyligiga bog’liqdir. Rangning boyligi pikseldagi bitlar miqdori bilan aniqlanadi. Umuman olganda, rangning boyligi unga muvofiq ravishda palitradagi ranglar miqdori istalgancha bo’lishi mumkin. Ammo shuni esdan chiqarmaslik kerakki, hamma yaxshi narsa me’yorida bo’lgani zarur. Inson ko’zi ranglar gammasi bilan ishlash uchun juda murakkab asbob bo’lsa ham, ko’zning ranglarni ajratish imkoniyati cheklangan. Bundan tashqari, kompyuterdagi katta hajmdagi tasvirlarni (bu yerda gap katta hajmdagi fayllar haqida emas) hisoblash tezligini, hamda rangning katta boyligidagi monitorning imkoniyatini hisobga olish zarur. Bu holda eng ko’pi bilan bitta pikselga 24 bit (RGBdagi har bir rangga 8 bit) yoki palitrada 2 24 =16,8 mln. rang to’g’ri keladi. Vaholanki, hamma vaqt ham WEB sahifalarida tasvirlarni yaratishda to’liq palitradan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Oxirgi paytlarda oq-qora ranglar bilan tasvir yaratish an’anaga aylanib bormoqda. Bunda har xil ranglar haqidagi axborotlarni saqlab turish shart emas, faqat bitta rangning tuslanishi haqidagi axborot saqlansa bo’ladi. Mana shu tamoyilga asosan kul rang gradatsiyasida (grayscale) uning 256 xil tuslanishi ishlatiladi. Oldin ta’kidlaganimizdek, har vaqt ham juda ko’p sonli ranglarni tasvirda ishlatish maqsadga muvofiq emas. Ranglarning indeksli rejimida (index color) uchta «toza» ranglarning noan’anaviy aralashmasidan foydalanib, tasvirdagi har bir piksel (nuqta)ga palitradagi ranglarning indeksi beriladi. Vaholanki, uning miqdori har xil bo’lishi mumkin, lekin 256 dan oshmasligi kerak. Tabiiyki, palitrada ranglar qancha kam bo’lsa, tasvir yozilgan fayl hajmi ham shuncha kichik bo’ladi. Rastrli tasvirlarning asosiy tamoyillaridan biri – ko’rish qobiliyatining imkoniyatidan kelib chiqadi, ya’ni ko’z ikki nuqtaning yaqinlashishi tufayli ularni ajrata olmay qoladi. Shuni eslash joizki, kompyuter texnologiyalarining yaratilish davrida rasmlarni ASCII-belgilari yordamida faqat uncha uzoq bo’lmagan masofadan ko’rish mumkin edi. Rastrli tasvirlarni nuqtalar massivi deb qarasak, ularning har biri o’z rangiga egadir. Shunga muvofiq, rastr tasvirni, matematika tili bilan aytganda, differensial usul ko’rinishida chiqaradi. Tasvirlar rastrli grafikada to’rda joylashgan nuqtalar ko’rinishida tasvirlanadi. Masalan, daraxt bargining tasviri to’rdagi har bir nuqtaning rangi va joylashishi bilan ifodalanadi. Bu esa tasvirni deyarli mozaika singari yaratadi. Mana shu rastrli tasvirlarning hosil bo’lish tamoyilidan uning kamchiliklari kelib chiqadi. RGBdagi har bir pikselga uch baytdan to’g’ri kelganda, 300x200 pikselli tasvir yozilgan fayl o’lchami 300x200x3=180 Kbaytga teng bo’ladi. Binobarin, hech kim bunday tasvirning yuklanishini kuta olmaydi, ayniqsa u bir emas, bir nechta bo’lsa. Shuning uchun xohlagan elementar birlik, ho u greklarning tushunchasidagi atom yoki bizning tushunchamizdagi piksel bo’lishidan qat’iy nazar, u bo’linmaydi. Bu yerdan rastrli tasvirlarning mas’shtabini o’zgartirib bo’lmaydi degan xulosaga kelish mumkin. Bunday rasmni 10 barobariga kattalashtirib ko’rilsa, bu tasvirning mazmunini besh qadam naridan turib tushunishga to’g’ri keladi. Faqat rastrli grafikadagina tasvirdagi har bir piksel haqida to’liq ma’lumot olish mumkin, ya’ni uning yorqinligini, tuslanishini yoki boyitilgan darajasini o’zgartirish, oqni qoraga almashtirish mumkin. Ko’p sonli grafikli filtrlar mana shunga asoslangan, ular tasvirni juda xira yoki o’ta keskin, yoki o’ta kontrast qilish imkonini beradi. Rastrli formatlar skaner qilishda va ekrandan tasvir olishda ishlatiladi. Rastrli grafik muharriri tasvirlarni yaratishdan ko’ra, tasvirlarni tahrir qilishga mo’ljallangan. Rastrli grafikada chiziqlarni emas, balki nuqtalarni tahrir qilamiz. Rastrli grafika operatsion tizim imkoniyatiga bog’liq bo’lib, unda tasvir haqidagi axborot ma’lum bir o’lchamli to’rda joylashadi. Grafikaning rastrli ko’rinishining asosi qilib - ranglari ko’rsatilgan piksel hisoblanadi. Masalan, oq fondagi qizil ellipsni tasvirlashda ellipsning har bir nuqtasining rangi hamda fonning har bir nuqtasining rangini ko’rsatish kerak. Tasvir nuqtalar ko’rinishidan iborat bo’lib, nuqtalar qancha ko’p bo’lsa, shuncha sifatli tasvir bo’ladi va u katta joy egallaydi. Misol qilib, rastrli grafikaga Paint va PhotoShop muharrirlarini olishimiz mumkin. Bundan tashqari, har qanday vektorli rasmlarni hech qanday qiyinchiliksiz rastrliga o’tkazishimiz mumkin. Aksincha, rastrli rasmlarni vektorliga o’tkazib bo’lmaydi. Rastrli yoki vektorli formatni tanlash tasvirga qo’yilgan maqsad va vazifaga bog’liqdir. Agar tasvir ranglarining fotografik aniqligi shart bo’lsa, rastrdan foydalangan ma’quldir. Ammo rastrli grafika kamchiliklardan ham holi emas. Masalan, 1. Har bir tasvirni aks ettirish va kodlash uchun katta hajmdagi xotira maydonlari talab etiladi. 2. Mayda detallarni ko’rish uchun tasvirni kattalashtirib bo’lmaydi. Vektorli grafika - uning tasvirni aks ettirishda asosiy elementi chiziq bo’lib hisoblanadi. Kompyuter xotirasida bu chiziq juda katta joy egallaydi, chunki xotirada chiziqning parametrlari ko’rsatiladi yoki formula orqali beriladi. Unda sodda obyektlar murakkab obyektlarga birlashtiriladi, shu sababli vektor grafikasini obyektga yo’naltirilgan grafika deb ham aytiladi. Kompyuter xotirasida vektor grafikasi chiziqlar sifatida saqlanib turishiga qaramasdan, tasvir ekranga nuqtalar sifatida chiqariladi. Tasvirni ekranga chiqarishdan oldin har bir parametrni hisoblab chiqadi. Shu sababli vektor grafikasini hisoblanuvchi grafika deb aytiladi. Vektor grafikasi yordamida sodda turdagi bezash ishlarini olib borish mumkin. Vektorli grafika elementlarini tahrir qilganda, biz faqat to’g’ri va egri chiziqlarning parametrlarini, ya’ni elementlarning shaklini tasvirlaymiz. Biz elementlarning o’lchamini, rangini, shaklini va joyini o’zgartirishimiz mumkin, ammo bu tasvirning sifatiga ta’sir qilmaydi. Istalgan egrilikni, shu jumladan yopiq egri chiziqni matematik formulalar yig’indisi sifatida ifodalash va dasturiy kodlar yordamida yozish mumkin. Istalgan tasvirni bir qancha u yoki bu rangga bo’yalgan shakllar sifatida ifodalash mumkin. Xuddi shu tartibda qalam va mo’yqalam yordamida istalgan tasvir yaratamiz, vektorli formatlar ham xuddi shu tamoyil asosida qurilgan. Bu tamoyillar vektorli grafikaning asosiy fazilatini aniqlaydi. Har bir pikselni (nuqtani) tariflash zaruriyatining yo’qligi katta o’lchamli tasvirlar yozilgan fayllar hajmini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, matematikadan ma’lumki, funksiyani o’zgarmas songa (konstant) ko’paytirsak egri chiziqning shakli o’zgarmaydi. Bundan vektorli tasvir mas’shtabini o’zgartirish imkoni yaratiladi. Tasvir 10 barobariga kattalashtirilgan taqdirda ham aslidan farqi bo’lmaydi. Ammo, o’lchamlarni boshqarish imkoniyatiga ega bo’lib, biz rastrli tasvirga xos bo’lgan ranglar bilan ishlash jarayonida qiyinchiliklarga duch kelamiz. Shuning uchun vektorli grafik muharrirlari tasvirlarni yaratishda qo’llanilib, ularni reallikka yaqinlashtirishda esa rastrli muharrirlardan foydalaniladi. Quyidagi jadvalda rastrli va vektorli kompyuter grafikasining qiyoslashi keltirilgan. Rastrli grafika Vektorli grafika · Tasvirlar jadval ko’rinishida saqlanadi. · Rastrli tasvirlar nuqta – piksellar’ dan tashkil topgan bo’lib, ularning harbiri o’ziningrangigaega. · Rastrli tasvirning sifati uningruxsat berishi va foydalaniladigan palitradagi ranglar bilan aniqla’ nadi. · Rastrli grafikada rasmni saqlash uchunjudakatta xotirahajmikerak bo’ladi, chunki xotira o’lchami tasvir o’lchamiga bog’liq. Rasmni ikki barobar kattalash’tirsak, zarur xotiraning o’lchami to’rt martaga o’sadi. · Tasvirlar egri chiziqlar to’plami ko’rinishidasaqlanadi. · Harqanday egri chiziqning boshi va oxirgi koordinatalari, og’ish burchagi, egri chiziqlarning egrili’ gini bog’lovchi chizig’i va rangi saqlanadi. · Vektorli grafikadan foydalanganda yarim tusli tasvir va fotosur’atlarni amalda saqlab bo’lmaydi. Tasvir obyektlarning aniq konturidan tashkil topgan bo’lishi kerak. · Vektorli grafikada ishlangan rasmlar ekran va printerga juda sekin chiqadi. Printer tasvirlarni nuqtalar bo’yicha bosmaga chiqaradi, shuning uchun tasvirni · Rasmni o’zgartirish qiyinchilik bilan kechadi. Nuqtalardan tashkil topgan rasmlarni o’zgartirganda asl nusxasidan farq qiladi. · Rasmlar ekranga va printerga juda tez chiqadi. · Rastrli grafikada yarim tusli tasvirni saqlashimiz mumkin. bosmadan chiqarish dasturi maxsus hisoblash jarayonlarini bajarishi zarur. · Rasmni saqlashda uncha katta bo’lmagan xotira hajmi kerak bo’ladi. U rasmning o’lchamiga bog’liq emas, o’lcham faqat nuqta’ larning tuguni koordinatalariga hamda chiziqlar uzunligiga ta’sir qiladi. Rasmlarni kattalashtirish va kichiklashtirish oson kechadi. · Tasvir aniq shakllardan, ya’ni to’g’ri burchak, ellips, matn va chiziqlardan tashkil topadi. Paint, PhotoShop grafik muharrirlarida rastrli grafika ishlatiladi. Corel Draw, Adobe Illustrator grafik muharrirlarida vektorli grafika ishlatiladi Fraktal grafika - bu matematik tenglamalar yordamida tashkil etiladigan tasvirdir. Eng sodda fraktal obyekt sifatida qor uchqunlarini, yoki paporotnik bargini keltirish mumkin. Shuning uchun ham fraktal obyekt chizish yoki bezash asosida emas, balki dasturlashtirish asosida hosil bo’ladi. Kompyuterda tashkil qilingan turli o’yinlarda ham fraktal grafikasidan foydalaniladi. Fraktal grafikasi kompyuter xotirasida saqlanib turmaydi. Har bir tasvir tenglama yoki tenglamalar sistemasi asosida quriladi. Fraktal grafikadagi tenglamaning biror koeffitsiyentini o’zgartirish orqali butunlay boshqa tasvirni hosil qilish mumkin. Sanab o’tilgan kompyuter grafikasi turlarini tashkil qilish va ularni boshqarish uchun bir qator dasturlar ishlab chiqilgan.
|
| |