|
Kurs ishi topshirish muddati
|
bet | 2/7 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 0,72 Mb. | | #153502 |
Bog'liq Grafik muharrirlarida sodda tasvirlar yaratish mavzusini o’qitish2. Kurs ishi topshirish muddati __________________
3. Kurs ishi bajarishga doir boshlang‘ich ma’lumotlar Mavzuga oid internet ma’lumotlari, adabiyotlar bilan ishlash
4. Hisoblash – tushuntirish yozuvlarnining tarkibi (ishlab chiqariladigan masalar ro‘yxati).
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________
Kurs ishi rahbari _______________
Topshiriqni bajarishga oldim ____________________
Topshiriq berilgan sana ______________
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi davrda olimlar innovatsion ta'lim texnologiyalari tarkibini samarali usul va vositalar asosida tizimlashtirib, ularning tub mohiyatini ochib berishga erishmoqdalar. Ayniqsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning jadal rivojlanishi axborot-ta'lim muhitini shakllantirishga va innovatsion darslarni tashkil etishga keng imkoniyatlarni ochib bermoqda. Ta’lim tizimini axborotlashtirish — bu hayotdan yangi usullarni izlash jarayonidir.
Zamonaviy kompyuter texnolgiyasida kompyuter grafikasi bilan ishlash eng ommobop yo’nalishlardan biri bo’lib bormoqda. Hozirda bu yo’nalish bilan hatto professional rassom va dzaynerlar ham shug’ullanmoqda. Kompyuter grafikasi- kompyuterdan foydalanish jarayonidagi eng mashhur yo’nalishlardan biri. Kompyuter grafikasisiz har qanday zamonaviy multimediya dasturi ish yurita olmaydi. Redaksiya va nashriyotlarda ko’pgina tasvir va bezak ishlari grafika dasturlari orqali amalaga oshiriladi. Internetning rivojlanishi bilan esa grafik dasturlar keng qo’llanila boshlandi. Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va undagi texnikaviy, dasturiy vositalarining yangilanib borishi ushbu sohaning hamisha takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo’nalishlarni tinmay o’rganib borishni taqozo etadi. Oxirgi yillarda bu sohada juda katta o’zgarishlar (siljishlar) yuz berdi, ya`ni 16 mln.dan ortiq rang va rang turlarini o’zida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni (paper part) kirituvchi moslama - skanerlar, grafik ish majmualari; dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi.
Kompyuter grafikasi tasvirlarni yaratish va qayta ishlashda vosita sifatida kompyuter qo‘llaniladigan faoliyat sohasi hisoblanadi. Kompyuter grafikasini qo‘llash sohasiga qarab ilmiy grafika, biznes grafika, konstruktorlik grafika, tasviriy grafika, badiiy grafika, kompyuter animatsiyasi, multimediya va boshqalarga ajratadi. Kompyuter grafikasining turiga qarab rastrli, vektorli va fraktal kompyuter grafikalarini ajratish mumkin. Adobe Photoshop dasturi rastrli grafik muharriri xisoblanib Adobe Inc. kompaniyasi tomonidan Windows va MacOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqilgan. Photoshop dasturi ko‘p qavatli rastrli tasvirlarni yaratish va tahrirlash, maska va ko‘p rang modellarini qo‘llash imkoniyatini beradi. Ushbu xususiyatlarni qo‘llash uchun dastur o‘zining PSD va PSB fayl formatlarini ishlatadi. Rastrli grafikadan tashqari dastur vektorli grafika va 3D grafikalar bilan ishlash uchun cheklangan imkoniyatlari mavjud. Photoshop dasturi tasvirlarni piksellar to‘plami sifatida yaratadi. Photoshop dasturining mo‘yqalam, aerograf, pero va qalam kabi uskunalari yordamida tasvirni rassom kabi xolstda yaratib olish mumkin. Dasturdagi barcha uskunalarning xususiyatlarini foydalanuvchi talabiga mos ravishda o‘zgartirib olish mumkin. Photoshop dasturining ustunlik tomonlaridan biri bu qavatlarning qo‘llanilishi. Har bir qavatni tasvirning qolgan qismiga ta’sir qilmagan holda mustaqil ravishda o‘zgartirish va xususiyatlarini belgilab olish mumkin. Photoshop dasturining asosiy qo‘llanilish sohasiga tasvirlarni retushlash, matn bo‘laklarini o‘z ichiga oluvchi kompozitsiyalarni yaratish, boshqa grafik muharrirlarda yaratilgan tasvirlarni tahrirlash, dasturning uskunalari va vositalaridan foydalanib chizish texnikasini taqlid qilgan holda tasvir yaratish kiradi. Photoshop dasturining asosiy imkoniyatlariga raqamli tasvirlarni qayta ishlash, ranglarni sozlash, tasvir nuqsonlarini yo‘qotish, ko‘p qavatli tasvirlarni yaratish, fotomontaj, fotokollajlarni yaratish, retushlash va eski rasmlarni tiklash, eskizlar yaratish, matnlar bilan ishlash, teksturalar yaratish, tasvirlarni chop etishga tayyorlash, tasvirlarning turli standartlari va formatlarini qo‘llash kiradi.
|
| |