Monolitik zamin qoplamalarini o'rnatish




Download 373,02 Kb.
bet14/16
Sana22.05.2024
Hajmi373,02 Kb.
#250573
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
pollar haqida

Monolitik zamin qoplamalarini o'rnatish. Zamin turlari va ularni qo'llash sohalari jadvalda keltirilgan. 13.5.
Umumiy texnologiya monolitik pollarni yotqizish (13.30-rasm) quyidagicha:
suv va boshqa suyuqliklarni drenajlash uchun nishabli beton, shag'al va boshqa turdagi tayyorgarlik moslamasi;
gidroizolyatsiya qurilmasi;
bir yoki ikki qatlamli beton, ksilolit va boshqa turdagi monolit qoplamalarni yotqizish, tekislash va siqish;
sirtni tozalash (evakuatsiya, dazmollash va boshqalar);
yubka plitalari qurilmasi odatda qoplama bilan bir xil tarkibga ega. Ksilolitli pollar uchun, qoida tariqasida, yog'och yubka plitalari ishlatiladi.
2.8. Pollar Pol – quyidagi elementlardan tashkil topgan ko’p qatlamli konstruksiyadir: - ekspluatatsion ta‘sirlarga bevosita beriluvchi qoplama (sof pol); - qoplamani polning pastda yotuvchi elementi bilan yoki to’sin bilan bog’lovchi qatlam; - to’shaladigan qatlam (tayyorlash), u sof polning mustaxkamligini ta‘minlaydi va yuklanishlarni qavatlararo orayopmaga yoki tuproqqa taqsimlaydi; - asoslar, ular qavatlararo orayopma yoki tabiiy tuproq bo’lishi (masalan, binoning yerto’lasida) mumkin. Pol konstruksiyasida qo’shimcha qatlamlar: issiqlik, tovush va gidroizolyasiya qatlamlari bo’lishi mumkin. Polning nomini qoplama tayyorlangan material bo’yicha (parketli, plitali, linoleumli va h.k.) qabul qilinadi. Xonalarning vazifasiga bog’liq holda pollar quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak: mustaxkam bo’lishi, ya‘ni turli xil mexanik ta‘sirlarga yaxshi qarshilik ko’rsatishi, yuklanishlar ta‘sirida bukilmasligi, sirpanchiq bo’lmasligi, ular ustida yurganda shovqin chiqarmasligi, orayopmaning umuman zarur shovqin izolyasiyasini ta‘minlashi, chang chiqarmasligi va oson tozalanishi kerak. Pollar chiroyli, suv o’tkazmaydigan bo’lishi kerak. Pollarning konstruksiyasi orayopmaning turiga bog’liq va loyihada belgilab beriladi. Pol tuproq ustiga yoki qavatlararo yopmalar ustiga o’rnatiladi. Pol konstruksiyasi har biri funksional vazifaga ega bo’lgan bir qator qatlamlardan iborat. Yuqori qatlam – pol qoplamasi (2.18 – rasm). 54 2.18 – rasm. Pol konstruksiyasi: a-beton yopma ustidagi yog’och pol; b – parket taxtalardan iborat pol. Qatlamcha – qoplamani pastda yotuvchi qatlam bilan bog’lovchi va qoplama uchun elastik asos bo’lib xizmat qiluvchi qatlam. Oraliq qatlam tarzida mastikalar, qog’oz, karton yoki pergamin, yog’och tolali plitalar, sintetik yelim qo‗llaniladi. Sirtni tekislash uchun sement – qum qorishmasi, asfalt, engil beton va boshqa to‗shama qilinadi. Qalinligi 80-100 mm bo‗lgan to‗shama qatlam (ohak-shag‗al, shlakli, toshli, loyli) tuproq ustiga yotqiziladi, u yuklanishni asosga taqsimlash uchun xizmat qiladi. Yuqori yuklanishlarlardan betonli to‗shama qatlami yotqiziladi va agar talab etilsa, u armaturalanadi. Polni yer osti suvlaridan ximoya qilish uchun, shuningdek pol asosini (tuproq yoki yopmani) xonadagi (dushxona, vanna va h.k.) suvdan ximoya qilish uchun gidroizolyasiya qatlami xizmat qiladi. Issiqlik izolyasiya qatlami orayopma ustiga, isitiladigan va isitilmaydigan xona chegarasida (yerto‗la ustidan yoki lodjiya ostidan) quriladi. U yog‗och tolali plitalardan, yengil yoki uyali betondan yoki sochiluvchan isitkichdan (shlak, keramzit) bo‗lishi mumkin. 7 Tovushdan izolyasiyalaydigan qatlam qizdirilgan qumdan, yengil betondan va boshqa materiallardan, shuningdek havo qatlami tarzida bajariladi. 7 Francis D.K.Ching ―Building construction illustrated‖ 55 Pollar monolit, donali va rulonli materiallardan bo‗lishi mumkin. Monolit pollarga quyidagilar kiradi: - betonli asosda sementli; - terratsali (yuqori qatlami sement qorishmasidan 20-25 mm qalinlikda marmar bo‗lakchalari bilan birga); - ksilolitli (kaustik magnezit, xlorli magnitning va yog‗och qipiqlarining umumiy qalinligi 25 mm bo‗lgan suv bilan eritmasi); -sement – qumli qorishma bilan suvoq bo‗yicha mastika quymali. Donali materiallar orasida pol yotqizish uchun quyidagi guruxlarni ajratish mumkin: parket pollar; yog‗och pollar; gipstolali qoplamalar (yoki laminat); plitali qoplamalar. Parket pollar bugun yog‗ochga ishlov berish sanoatida yangi texnologiyalar tufayli ikkinchi tug‗ilishini boshidan kechirmoqda.Odatda tabiiy yog‗ochdan qilingan parket pollar terish uchun tayyorlangan zagatovkalarning turlari bo‗yicha (yakka tartibda yoki sanoatda tayyorlangan) tasniflanadi. Parket pollar uncha katta bo‗lmagan (12-17 mm) yog‗ochlardan beton yoki yog‗och asosga, yurganda pol g‗ichirlamasligi uchun qalin qog‗oz ustiga yotqiziladi. Yog‗ochlarning o‗zaro joylashishiga bog‗liq holda parket pol turli shaklda bo‗lishi mumkin (masalan, ―archa‖, ―kvadrat‖). Parket uchun qattiq jinsli yog‗och (eman, qora qayin va b.) dan foydalaniladi. Parket pollaridan va parket to‗plamidan (mozaykali) qilingan pollar ancha kam mehnat talab qiladi. Donali va shitli parketdan qilingan pollar turar–joy xonalari uchun eng yaxshi pol xisoblanadi. Yog‗och pollar konstruksiyasiga ko‗ra bir qatlamli va ikki qatlamliga bo‗linadi. Bir qatlamli pollar silliqlangan (randalangan) 29 mm qalinlikdagi shpuntlangan taxtalardan, ikki qatlamli pollar – diagonal randalanmagan yog‗och to‗shama (25 mm) dan va pol qoplamasi randalangan shpuntlangan taxtalardan (22 mm). Yog‗och tolali plitalardan qilingan pollar yog‗ochlidan tejamliroq bo‗lib, ularning qalinligi 35-50 mm. 56 Gips tolali listlardan tayyorlangan pollar perimetri bo‗yicha 50 mm ga surilgan va bo‗yiga ko‗ra elimlangan o‗zaro bir – birlari bilan biriktirilgan listlardan tashkil topadi. Ular universal bo‗lib, ularni o‗rnatishda ―issiq pol‖ kabel isitish tizimini o‗rnatish mumkin. GVL dan tayyorlangan pollar ekologik jihatdan sof, zararli moddalar ajratmaydigan, ularning kislotalilik darajasi inson terisining kislotalilik darajasiga o‗xshash. Pol elementining o‗lchami 1500x1500x20 mm va og‗irligi 18 kg. Pol elementlari tez va oson montaj qilinadi, bu qurilish ishlarini o‗tkazish muddatlarini qisqartiradi. Polni montaj qilish ―ho‗l‖ jarayonlarni istisno etadi, bu esa qishki qurilish va ta‘mirlash sharoitida afzalliklarga ega. Laminat uzunligi 100-140 sm va eni 20 sm atrofida bo‗lgan yupqa (7-12 mm) qat – qat taxtalardan iborat. Laminatning chetlarida bir – biri bilan qulflar biriktirish uchun tishlar va pazlar qo‗yilgan. Yuz qismi yog‗ochning turli jinslari, tosh, metallarning rangi va fakturasiga ega. Yog‗ochning materiali ko‗p qatlamli tuzilmani tashkil etadi. Yuqori, ximoyalovchi qatlam sifatida melamin yoki akril smolasidan iborat. Maxsus juda pishiq plenka – ―laminatlash‖ xizmat qiladi. Bu qatlam butun buyum nomini ifodaladi. Yuqori qatlam tashqi ta‘sirlardan, masalan, yeyilish, namlik va kir ta‘siri kimyoviy va quyosh nurlari ta‘siridan ximoya qilishdek o‗ta muhim vazifalarni bajaradi. Laminatsiya qilingan qoplamaning afzalliklari juda ko‗p. Laminatsiyalangan pol yog‗ochli poldan farqli ravishda, pardozlashni, silliqlashni va lok qoplashni talab qilmaydi, quyosh nurlarida kuymaydi, kirdan oson tozalanadi, xonadagi temperatura o‗zgarishiga ta‘sirchan emas. Laminat yetarlicha yuqori darajada ekologik, ya‘ni inson organizmi uchun zararli, zaharli ajratmalari mavjud emas. 8 Plitali pollar keramik, sintetik materiallardan bo‗lishi kerak. Keramik plitka – bu mineral xom–ashyo (loy, kaolin, kvars qumi, flyuslar, bo‗yovchilar va boshq.)dan olingan yupqa plitka bo‗lib, pollarni qoplash, binolar devorlarini va fasadlarini ichki qoplash uchun qo‗llaniladi. Keramik plitka yuqori 8 Francis D.K.Ching ―Building construction illustrated‖ 57 estetik va ekspluatatsion afzalliklarga ega ajoyib pardozlash materiali xisoblanadi, shuning uchun qurilishda xamma joyda qo‗llaniladi. Hamma keramik buyumlar kabi keramik buyumlar, plitka qattiqlik, mustaxkamlik, gigieniklik, yonuvchan emaslik, o‗tga chidamlilik, shuningdek kimyoviy agentlar ta‘siriga chidamlilik kabi sifatlarga ega. Plitka shuningdek bikrlik va noziklik xususiyatlari bilan xam ajralib turadi. Tabiiy toshdan pollar (sovuq) jamoat binolarining vestibyullarida, magazinlarda, mehmonxonalarda va h.k.larda quriladi. Toshning qattiq jinslari (granit, bazalt va boshq.) kabi ancha mustaxkamligi kam bo‗lgan jinslar (oxaktoshlar, qumtoshlar, marmar) ham qo‗llaniladi. Marmar pollar mozaykali, brekchiy plitalardan iborat bo‗ladi. Mozaykali marmar pollar ishlab chiqarish qoldiqlaridan to‗planadi va rasmga muvofiq joylashtiriladi. Marmar bo‗laklari qorishma bilan bog‗lanadi. Brekchiyli plitalardan marmar bo‗lakchalari orasidagi bo‗sh joylar marmar maydasi bilan to‗ldiriladi. Sement qorishmasi (1:2) 25 mm qalinlikda quyilgandan so‗ng qolipga uch millimetrli simdan po‗lat to‗r joylanadi. Plitaning qalinligi 50 mm. Polimer plitkali qoplamalar to‗ldirgich va bog‗lovchi smolalarning mustaxkam birikmasi, yarim bikr materialdan iborat. Bu turar–joy va jamoat xonalari uchun nihoyatda yeyilishga bardosh, juda uzoq ishlaydigan va jozibali mahsulotdir. U faqat qiymati kichik bo‗lgani xisobigagina emas, balki uncha katta bo‗lmagan chiqindilarining miqdori xisobiga xam juda tejamlidir. Pollar uchun polimerli plitali qoplamalar ular rulonli qoplamalardan qulayroq ekanini tasdiqlovchi bir qator sifatlarga ega. Pollar qoplash uchun rulonli materiallar orasida quyidagi guruxlarni ajratish mumkin: Po‗kakli qoplama; linoleum, gilam – qoplamalar (yoki kovrolanlar). Po‘kakli qoplamalar faqat ekologik sof xom-ashyodan – po‗kak emanning tabiiy po‗stlog‗idan ishlab chiqariladi. Po‗kak pollar ancha katta yuklanishlarga bardosh berish qobiliyatiga ega. Bunday pol ustida yurish ancha oson va qulay (yoqimli). Lok yoki mum bilan ximoyalangan po‗kakli pollar turar – joy xonalarida foydalanish uchun ayniqsa to‗g‗ri keladi. 58 Po‗kak juda egiluvchan, qayishqoq, elastik material bo‗lib, u ajoyib tarzda siqiladi, yuklanish olingandan so‗ng esa qayta o‗z holiga tiklanishi mumkin. Po‗kakli qoplamalarning yuqori issiqlikni izolyasiya qiluvchi xossalari xonada qulay temperaturani saqlab turishga imkon beradi: qishda po‗kak issiqlikni saqlaydi, yozda esa salqinlik beradi. Po‗kak shuningdek eng yaxshi tovush izolyatori xisoblanadi. Po‗kak pollar tovush va mexanik tebranishlarini kamaytiradi, natijada shovqin kamayadi va aks sado yo‗qoladi. Po‗kak qoplamalari begona xidlarni o‗ziga singdirmaydi, elektrlanmaydi, statik elektr to‗plamaydi va chang yig‗maydi. Po‗kak tabiiy antistatik bo‗lib, allergiyaga moyil kishilar uchun juda zarurdir. Linoleum – keng tarqalgan va demokratik materialdir. U qimmat emas va uzoq muddatga chidaydi. Dastlab linoleum faqat tabiiy materiallardan, jumladan, zig‗ir yog‗idan, tabiiy smoladan, yog‗och yoki po‗kak unidan, jut matosidan tayyorlanar edi. Endi esa linoleum deganda tabiiy materiallardan ishlab chiqarilgan qoplamaning o‗zi emas, balki PVXning barcha turlari xam tushuniladi. Zamonaviy linoleumning mashhurligi shu bilan izohlanadiki, u yetarlicha sifatli va uncha qimmat bo‗lmagan material xisoblanadi. Kovrolin – pol ustiga to‗shaladigan eng ommabop qoplamalardan biri xisoblanadi va nima uchun shundayligini to‗la tushunish mumkin – u chiroyli, turli tuman va xalqchil, qish sharoitida esa – amalda juda zarur: uyda issiq tivit (jun) ustida yurishga nima yetsin. Kovrolinning rangli gammasi boshqa qoplamalarga qaraganda xilma-xildir, qiymati esa ancha arzon. Pollarning detallari qatoriga plintuslar va galtellar xam kiradi, ular devorlarning cho‗kishi polning gorizontalligiga ta‘sir ko‗rsatmasligi uchun maxsus qoldiriladigan 1-2 sm li tirqishlarni berkitib turadi. Galtel doimo parketga maxkamlanadi, plintus esa ko‗pincha devorlarga maxkamlanadi. Bunda galtel devorga biroz tegib turishi kerak yoki galtel bilan devor o‗rtasiga yog‗och tolali plitadan qistirma qo‗yilsa, u holda yana xam yaxshi bo‗ladi. 9 59 Plintuslar va galtellar yog‗och, keramik yoki betonli bo‗lishi mumkin. Mustaxkamligi turlicha bo‗lgan materiallar toza polning choklari uning chetlarini muhofaza qilish uchun mis yoki po‗lat burchakliklar o‗rnatiladi. Turli balandlikda pollarni qo‗yish 100 gacha panduslar yoki zinapoyalar bilan amalga oshiriladi. Pollarda yorilishlar hosil bo‗lishining oldini olish uchun eni 6-12 mm bo‗lgan deformatsion choklar qilinadi.

Download 373,02 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 373,02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Monolitik zamin qoplamalarini o'rnatish

Download 373,02 Kb.