• Marketing sohasi
  • Ishlab chiqarish sohasi
  • Замонавий ахборот технологиялари




    Download 38,44 Kb.
    bet3/8
    Sana15.05.2024
    Hajmi38,44 Kb.
    #235007
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Zamonaviy axborot texnologiyalarining sohada qo’llanishi

    Robototexnika sohasi

    Ma`lumki, «robot» so’zi bizning tilimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan. Birinchi bor bu so`zni 60 yil oldin taniqli chex fantast yozuvchisi Karel Chepek ishlatgan. Ammo «mexanik odamlar» undan oldinroq ham ma`lum edi. O’rta asrlarda inson iste`dodlariga ega bo’lgan musiqachi-qo’g’irchoq yoki rassom-qo’g’irchoqlar paydo bo’lganligi ma`lum.


    Komp`yuter asri boshlanishi bilan insonni og’ir va zararli mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo’ldi.
    Ular garchi odam qiyofasida bo’lmasa-da, ko’plab funksiyalarni (ishlarni) bajara oladilar. Masalan, UzDAEWOOavto O’zbekiston — Koreya qo’shma avtomobil korxonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar keng qo’llanilmoqda.
    Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida, po’lat quyish sexlarida, kimyoviy laboratoriyalarda, qurilishda keng qo’llanilmoqda. Robotlarni yaratish bilan shug’ullanadigan texnikaning maxsus shahobchasi — robototexnika paydo bo’ldi.
    Robotlar orasida keng tarqalgani bu robot manipulyatorlardir. Manipulyatorlar — o’ta sezgir va kuchli mexanik qurilmadir.
    Robotlarni komp`yuter boshqarib turadi, ya`ni komp`yuter robotning «miyasi»dir, ular telekameralar orqali «ko’rib», mikrofonlar yordamida «eshitadilar», ya`ni axborot qabo`l qiladilar. Maxsus datchiklar «sezgi» organi vazifasini o’taydi.


    Marketing sohasi

    Marketing inglizcha «market» (bozor) so’zidan olingan bo’lib, bozor, savdo sohasidagi faoliyatni anglatadi.


    Marketingda eng asosiysi, bozorni, xaridorlar talab va ehtiyojlarini chuqur va har taraflama o’rganish va ishlab chiqarishni shuning asosiga ko’rish, ikkinchi tomondan esa bozorga, mavjud talab va ehtiyojga faol ta`sir ko’rsatish, xaridorlarning muayyan mollarga bo’lgan talablarini shakllantirishdan iborat.
    Marketingni komp`yuterlarsiz, axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
    Ishlab chiqarish sohasi
    Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida komp`yuterlar qo`ullanilib kelmoqda. Komp`yuterlar ko’pgina texnologik jarayonlarni boshqarmoqda. Ular yordamida yangi maxsulotning chizmasini yaratishdan toki tayyor maxsulot bo’lib chiqqunga qadar bo’lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin.
    Maxsulot shaklini konstruktor komp`yuter ekranida chizib, tegishli o’zgartirishlar yasab, qog’ozga chop etishi mumkin.
    Maxsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli barcha qurilmaning imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-xarajatlarni hisob-kitob qilishda va boshqa ishlarni bajarishda ham komp`yuter beg`araz yordamchidir.
    Maxsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy komp`yuterdan ishlab chiqarish liniyalariga yetkaziladi. U yerda axborotni qabo`l qilishga tayyor turgan robotlar komp`yuter uzatgan dastur asosida maxsulotni yig`a boshlaydi. Tayyor maxsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga jo`natiladi.



    Download 38,44 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 38,44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Замонавий ахборот технологиялари

    Download 38,44 Kb.