• Komp`yuter va san`at
  • Замонавий ахборот технологиялари




    Download 38,44 Kb.
    bet4/8
    Sana15.05.2024
    Hajmi38,44 Kb.
    #235007
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Zamonaviy axborot texnologiyalarining sohada qo’llanishi

    Tibbiyot sohasi

    Ma`lumki, shifokorga borishni ko’pchiligingiz xush ko`rmaysiz. Birinchidan, siz bemorsiz. Sog`lom odam u yerga bormaydi. Ikkinchidan, u yerda hamma joyda navbatda turishga to’g’ri keladi. Masalan, registraturada kasallik varaqasi uchun, shifokorlar qabo`liga kirish uchun va xokazo. Uchinchidan, shifokor yozib bergan dorilarni dorixonalardan izlash kerak bo’ladi.


    Komp`yuterlarning shifoxonalarda va poliklinikalarda paydo bo’lishi ko’p narsalarni, jumladan, yuqoridagi muammolarni ham tubdan o`zgartirib yuboradi. Endi siz to’g’ridan-to’g’ri shifokor xuzuriga yo`l olasiz. Uning ish stolida odatdagi meditsina ish qurollaridan tashqari komp`yuter ham joy olgan: uning xotirasida barcha bemorlarning kasallik tarixi yozib qo`yilgan. Agar siz oldin ham murojaat etgan bo’lsangiz, sizniki ham bo’ladi. Birinchi bor murojaat etayotgan bo’lsangiz siz haqingizdagi barcha axborotni shu yerning o’zida shifokor komp`yuterga kiritib qo`yadi. Kasalligingiz haqidagi barcha ma`lumotlar komp`yuterga kiritilgach, sizning kasalligingiz haqida tashxis qo’yiladi va chop etish qurilmasi yordamida dorilar uchun retsept chop etib beriladi. Reseptni olib, boshqa kop`yuter yordamida ushbu retseptdagi dorilarni eng yaqin bo’lgan qaysi aptekalardan topish mumkinligi haqida axborot olishingiz mumkin.
    Komp`yuter medisinada boshqa ishlarga ham qodir. Masalan, komp’yuterli tomograf — ya`ni siljib xarakatlanadigan rentgen apparati insonning ixtiyoriy organi haqida to`liq ma`lumot olishi, ulardagi mikroskopik defektlar, chet jins­lar (masalan, buyrakdagi tosh) haqida ma`lumot berishi mumkin. Tomograf uzatgan axborotni tezda qayta ishlash va ekranda ko’rsatish uchun albatta u komp`yuter bilan bog’langan bo’lishi shart.


    Komp`yuter va san`at

    Komp`yuterning san`atga qanday aloqasi bor? Komp`yuterlar aniq programma asosida ishlaydi. San`at esa — bu ijod, fantaziyadir. Lekin bu sohada ham komp`yuter ijod ahliga yordam berishi mumkin. Kompozitor musiqa yaratishda komp`yuterdan unumli foydalanishi mumkin. Buning uchun kichiq royal yoki elektroorgan yordamida komp`yuterga ulanib yozayotgan musiqa notalarini ekranda ko’rib turgan holda yangi asar yaratishi va shu yerning o’zida, shu onda eshitib ko’rishi ham mumkin.


    Komp`yuterlar rassomlarga ham xo`b yoqib qolgan. Komp`yuter grafikasi bo’yicha birinchi ko’rgazma 1956 yili o`tkazilgan. Turli eskizlar, chizmalar va rasmlar chizishda rassomlar komp`yuterdan foydalanib kelmoqdalar.
    Bundan tashqari, kino va televidenieni ham komp`yuterlarsiz tasavvur etish qiyin. Hozirgi davrda turli joylarda, mintaqalarda, xatto qit`alarda yashaydigan insonlar ishtirokida telekonferensiyalar o`tkazish an`anaga aylanib qolmoqda.



    Download 38,44 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 38,44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Замонавий ахборот технологиялари

    Download 38,44 Kb.