adliya organlari va muassasalari markaziy apparatidagi lokal hisoblash
tarmoqlarini yaratish uchun vazifalarni 100 foiz darajasida, hududiy va tasarrufdagi
bo‘linmalarda kamida 80 foiz bajarish;
axborot xavfsizlgini taʼminlash;
adliya organlari va muassasalari axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini
yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha aniq asoslangan takliflar va
tashabbuslar kiritish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirishning
davlat va idoraviy dasturlarida nazarda tutilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli
bajarish, boshqaruv va ish jarayonlarining samaradorligini oshirish imkonini
beruvchi innovatsion va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
qilish bo‘yicha kompleks idoraviy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
adliya organlari va muassasalari axborot resurslari va maʼlumotlar bazasini
shakllantirish, joriy qilish va rivojlantirish;
AKT bo‘limi xodimlarining kompyuter savodxonligi darajasi bo‘yicha
talablarga muvofiqligi uchun attestatsiyadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha ijobiy
baxo olishi;
adliya organlari va muassasalari xodimlarining kompyuter texnikasi va axborot
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish malakasi va ko‘nikmalarini
oshirish bo‘yicha dasturlarning o‘z vaqtida bajarilishini tashkil qilish.