26.07.2022
167
-um-son
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish
uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“Axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil
19-fevraldagi PF–5349-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining
2013-yil 25-yanvardagi
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
qilish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini
shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni va vazirliklar,
idoralar va
boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy qilish
va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalarining
shtatdagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash
haqida” 18-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
B U Y U R A M A N:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot
texnologiyalari va
kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil
19-fevraldagi PF–5349-son Farmoni (keyingi o‘rinlarda – Farmon) hamda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2013-yil 25-yanvardagi
“Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun
davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni va
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan
tarkibiy bo‘linmalarining shtatdagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi
namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 18-son qarori (keyingi o‘rinlarda – qaror) rahbarlik
va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Farmon bilan:
davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg‘armalar
mablag‘laridan foydalanishda yangi axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar, ma’lumotlar
bazalarini ishlab chiqishga, birinchi navbatda, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatini
va
tezkorligini oshirishga, byurokratik tartib-taomillarga barham berishga, qog‘oz hujjat
aylanishini kamaytirishga qaratilgan elektron davlat xizmatlarini joriy etishga ustuvor
e’tibor
qaratilishi;
davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlari va bo‘linmalari
xodimlari
uch
yilda
bir
marta
mos
ravishda
Axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning hududiy boshqarmalarida
attestatsiyadan o‘tishi;
davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan
xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori xodim lavozim maoshidan 100
foizdan
kam bo‘lmagan miqdorda belgilanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Adliya organlari va muassasalarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan
tarkibiy bo‘linmalari shtatidagi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizom
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Inson
resurslari
boshqarmasi
(Sh.Qo‘chqarov)
Adliya
organlari
va
muassasalarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish
va rivojlantirishga mas‘ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari (keyingi
o‘rinlarda – AKT bo‘limi) xodimlarini uch yilda bir marta mos ravishda O‘zbekiston
Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(keyingi o‘rinlarda Vazirlik)da attestatsiyadan o‘tishini ta’minlasin.
5. Adliya organlari va muassasalari rahbarlari Adliya organlari va muassasalarining
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun
mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari shtatidagi xodimlarni moddiy
rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomga asosan AKT bo‘limi
xodimlariga beriladigan har
oylik ustama miqdori xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda
belgilanishini ta‘minlasin.
6. Moliya-iqtisod boshqarmasi (T.Bekbutayev) hamda adliya organlari va
muassasalari rahbarlari mazkur buyruqning 5-bandiga muvofiq belgilangan
miqdorlarda
AKT bo‘limi xodimlariga har oylik ustama to‘lab borsin.
7. Tashkiliy-nazorat va strategik rejalashtirish boshqarmasi (A.Ro‘ziyev) ushbu
buyruqni vazirlikning barcha tarkibiy bo‘linmalariga yetkazsin.
8. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari X.
Meliyev zimmasiga
yuklatilsin.