3-bob. Ustama haq belgilash tartibi
5. Adliya organlari va muassasalari rahbarlari AKT bo‘limi
xodimlariga
ustama haqlarni mazkur bo‘lim rahbarining ushbu Nizomning 1-bobida ko‘zda
tutilgan mezonlar bo‘yicha muddati, miqdori va asoslari ko‘rsatilgan xolda ustama
haqlarni belgilash taqdimnomalari asosida belgilaydi.
Ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar boshliqlari uchun taqdimnomani axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va
rivojlantirish masalalarini
mutasaddilik qiluvchi tashkilot rahbarining o‘rinbosari beradi.
6. Ustama haq ushbu ustama haq tayinlangan mezonlarga muvofiqligi
taʼminlanmagan
taqdirda, rahbarning mutasaddilik qiluvchi o‘rinbosari, AKT
bo‘limi xodimlariga qo‘yilgan vazifalarning bajarilmaganlik xolatlari to‘g‘risida
asoslangan tahliliy maʼlumotlar va materiallarni ilova qilgan xoldagi asoslangan
bildirishnomasi asosida adliya organlari va muassasalari rahbarining buyrug‘iga
ko‘ra belgilangan muddati tugashidan oldin bekor qilinishi mumkin.
7. Mehnat
intizomining buzilishi, shuningdek,
ishlarning bajarilishi yoki
erishilgan natijalar to‘g‘risida noto‘g‘ri axborotning taqdim etilishi ustama
haqlarning belgilanishini rad etish yoki belgilangan ustama
haqlarni bekor qilish
uchun sabab bo‘lishi mumkin.
8. Belgilangan ustama haq AKT bo‘limi xodimiga xayfsan eʼlon qilingan
taqdirda bekor qilinishi mumkin, bunda ustama haqni bekor qilish haqida hayfsan
eʼlon qilinishi to‘g‘risidagi buyruqda belgilangan bo‘lishi kerak.
4-bob. Ustama haq to‘lashni moliyalashtirish miqdori va manbalari
9. Adliya organlari shtatdagi xodimlariga
ustamalar xodim lavozim
maoshining kamida 100 foizi miqdorida belgilanadi.
Adliya muassasalari zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan shtatdagi xodimlariga ustamalarni
oʻzlarining moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda mustaqil belgilaydilar.
10. Adliya organlari va muassasalarining ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarning
shtatdagi xodimlariga ustama haqlarni to‘lash mazkur
shtat birliklarini saqlash
manbalariga koʻra, tegishlicha byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan,
tashkilotlarning mehnatga haq to‘lash fondi doirasida amalga oshiriladi.
5-bob.Yakuniy qoidalar
11. AKT bo‘limi xodimlariga nisbatan adliya organlari va muassasalarining
mehnatga haq to‘lash amaldagi tizimida ko‘zda tutilgan rag‘batlantirish va
mukofotlash bo‘yicha boshqa to‘lovlar ham qo‘llaniladi.
12. Samarali mezonlarga muvofiq ustama haqlarni belgilash va to‘lashning
samarali mezonlarini belgilash uchun javobgarlik adliya organlari va muassasalari
rahbarlariga yuklatiladi.