Xaykaltaroshlik kompozistiyasi




Download 4.05 Mb.
bet12/40
Sana01.08.2021
Hajmi4.05 Mb.
#16430
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
Xaykaltaroshlik kompozistiyasi bevosita xaykal yaratishning bilan bog’liq bo’lgan qonunlar, qoidalar, uslub va vositalar uning amaliy jixatlarini o’z ichiga oladi.

Dekorativ kompozistiya tushunchasi asosan rangtasvir va xaykaltaroshlikda qo’llaniladigan badiiy bezak ishlari bilan bog’langan. Ular freska, mozaika, vitraj, istirohat bog’ xaykaltaroshligi, mayda plastika, me’morchilik binolarining relefli bezaklarda frizlar shaklida uchraydi.Tasviriy san’at asarlaridagi kompozistiyaning yaratilish prinstip va qonunlari bo’lg’usi mutaxasis rassomlar uchun nixoyatda zarurdir. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, rangtasvirda kompozistiya rasm ishlashdagi murakkab jarayonlardan hisoblanadi. Shuning uchun ham o’quvchi va talabalarning ishlari faqat perspektiva va rang jixatdangina emas, balki kompozistiya jixatdan ham bo’sh bo’ladi. Buni yoshlar tafakkuri, tasavvuri va fantaziyasini kerakli darajada emasligi va rivojlanmaganligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga bunga o’quvchilar kompozistiyaning nazariy asoslari hisoblangan uning qonun va qoidalari, uslub va vositalari haqida etarlicha bilimlariga ega emasliklari sabab bo’ladi. Kompozistiya haqida fikr yuritganda avvalo uning o’lchovi va formatidan boshlagan ma’qul. Chunki kompozistiyaning ta’sirchanligining oshirishda uning o’lchovi va formatini (gorizontal, vertikal, kvadrat formatlar) to’g’ri belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Format shakli va o’lchovi rassomning g’oyasi, asar mavzusi va mazmuniga va suvratdagi detallarga bog’liq bo’ladi.

Agarda portretda figura tikkasiga tasvirlanadigan bo’lsa, rassom asar formatini bo’yiga tutadi yoki rassom tasvirni chapdan o’ngga va aksincha o’ngdan chapga harakatda tasvirlaydigan bo’lsa formatini eniga tutadi.

Albatta, suvrat kompozistiyasi va uning ta’sirchanligini oshirish haqidagi qonun va qoidalarning hammasi ham yoshlarning idroki va saviyasiga mos emasdek tuyuladi. Biroq o’qituvchi ularni kompozistiyaning ana shu muhim nazariy asoslarini yoshlar idrokiga yarasha samarali yo’llar va metodlar bilan tushuntirganada ular materiallarni talablar darajasida o’zlashtirishlari mumkin bo’ladi.



Download 4.05 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Download 4.05 Mb.