Rang (havo) perspektivasi




Download 4.05 Mb.
bet20/40
Sana01.08.2021
Hajmi4.05 Mb.
#16430
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
Rang (havo) perspektivasi deganda borliqdagi narsa va xodisalarning kuzatuvchidan uzoqlashgan yoki yaqinlashgan sari ularning ranglarida bo’ladigan o’zgarishlar tushuniladi.

Ayrim mutaxassislar ularni havo perspektivasi deb ham atashadi. Chunki ranglarning perspektivadagi o’zgarishiga asosan havo qatlami ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek ranglarni uzoqdan o’zgarib ko’rinishiga yomg’ir, tuman, qor yog’ishi ham sabab bo’lishi mumkin.

Yorug’lik manbaining o’zgarishiga qarab o’tlar, daraxt barglari, er, uylarning rangalari turlicha tusda kiradilar. Mazkur narsalar erta baxordagi tong paytida havo rang va zangori tusda bo’lsalar, kunduzgi esa ular o’zlaridagi hamma bor ranglarini namoyon qiladilar. Bu xodisalarni O’.Tansiqboevning “qayroqum GESi tongi”, Z.Inog’omovning “Choyga” nomli asarlarida ko’rish mumkin. Qishning quyoshli yorqin kunida qor pushti rang tusda, soya joyda u xavorang yoki zanogori tusda ko’rinadi.

Predmetning rangi ularni o’rab olgan narsalarning rangi ta’sirida o’zgaradi. Bunday hodisani rang refleksi deb yuritiladi. Predmetlar rangini biz tevarak-atrofdagi narsalarning ranglariga nisbatan idrok etamiz. Agar predmet turgan joydagi fon o’zgartirilsa, o’sha predmetntng rangi ham o’zgargandek tuyuladi. Sariq predmet zangori fonda sariq yoki qizil fondagiga qaraganda yanada sarg’ish tuyuladi, yashil rangdagi predmet qizil fonda sariq yoki zangori fondagiga qaraganda yorqin va yanada yashil tuyuladi. Iliq rangdagi predmet yonida turgan sovuq rangli predmet yanada sovuqroq tusga ega bo’ladi. Zangori rang yashil rang bilan yonma-yon tursa iliq tuyuladi. Agar predmet rangi sovuq bo’lsa, uning soyasi iliq tuyuladi va askincha. Manzaradagi bironta daraxtni tasvirlashda uni faqat birgina yashil buyoq bilan bo’yash noto’g’ridir. Daraxt rangi yorug’likning ta’sirida, yon atrofdagi narsalarining ta’sirida o’zgaradi. Shuning uchun ham uni o’ziga o’xshatish uchun turli ranglardan foydalanish kerak bo’ladi. Shundagina u xaqoniy chiqadi.

Agar daraxtni faqat bir xil tandagi rang bilan bo’yalsa,u noaniq, sun’iy, jonsiz tasvir hosil bo’ladi.

Narsalarni birgina rang bilan aytilishi lokal rang deb yuritiladi, ya’ni daraxt yashil, sabzi sariq, gul qizil. Xaqiqatda har qanday predmetda bir emas, bir necha xil rang aks etgan bo’ladi. Lekin ularning nisbatlari ko’proq yoki kamroq bo’ladi.

Haqiqiy san’at asarlarini sinchiklab kuzatar ekanmiz, ularda tasvirlangan narsalar va odamlarning ranglari bir-birlari bilan o’zaro bog’liq ekanligini sezamiz. Shuning uchun ham suvrat ishonarli ko’rinadi.

Tasvirda yoki suvratda hamma ranglarda ustunlik qiladigan umumiy yorug’lik va rang brikmalariga kolorit deyiladi. Agar suvratda qizil rang ustunlik qilsa, uni qizil koloritli deb yuritiladi. Suvratlar iliq, sovuq, oltin, kulrang tus koloritda bo’lishlari mumkin.

Suvratlarda kolorit turli predmet ranglarining uyg’unligi orqali, yorug’lanish va yorug’lik ranglarining tevarak-atrofdagi narsa ranglarining ta’sirida hosil bo’ladi. Osmon rangi predmetlarning soyasiga sovuq tus beradi. quyosh nurlari predmetlarning yorug’ qisimlarini birlashtiradi. Kechki sun’iy yoruqlik manbalari esa predmetlarga umumiy sarg’ish zarg’aldoq tus beradi. Uning nuri ta’sirida zangori va havorang ranglar ko’rinmay holadi, sariq,qizil ranglar yorqin, kulrang esa iliq tus oladi. Kechki sun’iy yorug’likni o’zida aks ettiruvchi suvrat umumiy zarg’aldoq-sarg’ish koloritga ega bo’ladi.

Tevarak-atrofdagi narsalarning aks ta’siri ham naturaning koloriti ta’sir etadi. quyosh nuriga chulg’angan fazo o’zining umumiy yorug’ligi va ko’p rangliligi bilan farqlanadi. Biroq manzarada yoki naturada quyosh nurlari ranglarining turli-tuman bo’lishiga qaramay tushuvchi soyalarda osmon, er, tevarak-atrofdagi narsalarining ranglari aks etgan bo’ladi. Shunga muvofiq turli rangdagi manzarada hamma predmetlar uchun umumiy bo’lgan ikki-uch xil ranglar to’plangan bo’ladi. Kompozistiyada ranglarning bir nechtasi yig’ilib, chiroyli birikmalarni hosil qilishi ranglar garmoniyasi deb ataladi. Agar ranglar yog’imsiz birikmani hosil qilsa disgarmoniya deb yuritiladi.

Rang guruhlarning garmonik birikmalarini ba’zan gamma deb ham yuritiladi. Ba’zan to’yingan rang guruhlarning to’yinmagan ranglar bilan qo’shilishi ham garmonik birikmalarni hosil qilishi mumkin. Biroq, ayrim hollarda birgina rasmda to’yingan va to’yinmagan birikmalarning aks etishi disgarmoniyaning hosil bo’lishiga olib keladi. Rasm chizishda ana shu jihatlarga rioya qilgan holda ish olib borish tasvirning ta’sirchanligi oshirishga imkonini beradi.



Download 4.05 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Download 4.05 Mb.