Zamonaviy binolar aks etgan manzara kompozitsiyasini bajarish




Download 4.05 Mb.
bet19/40
Sana01.08.2021
Hajmi4.05 Mb.
#16430
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
Rang yorqinligi deganda uning och-to’qlik darajasi tushuniladi. Masalan pushti yorqin yoki och, qizil esa unga qaraganda yorqin emas ya’ni to’q.

Rang tusi deganda esa asosan uning tozaligi, sof holdagi rangi tushuniladi.

U ikki xil ma’noda ishlatiladi. Masalan qizil, sariq, zangori, yashil ranglarni tus jihatidan bir-biridan ajratishini bildiradi. Ikkinchi ma’nosida bir rangning turlicha ko’rinishlari ham rang tusi hisoblanadi.

Masalan qirmizi, shafaq, lolaro’y kabi ranglar qizil rangning tuslari hisoblanadilar.

To’yingan ranglarga sof holdagi xromatik ranglar kiradi. Kam to’yingan ranglar tarkibida oq rang yoki kulrang ko’proq bo’ladi.

Har qanday predmetning xajmi, shakli, materiali va ularning joylashuvini biz faqat yorug’soya jixatdangina emas, rang jixatdan ham idrok etamiz. Xajm va materialni idrok etish predmetlar yuzasidan joylashgan yorug’soya va ranglarga bog’liq bo’ladi. Birinchi va ikkinchi plandagi predmetlarning ranglari bir – biridan o’z to’yinganliklari bilan keskin farq qiladilar. Shuning uchun ham biz narsalar shaklining tabiiy emas, perespektiv ko’rinishini tasvirlaganimizdek predmetlar ranglarini ham tabiiy emas, perespektivada ko’rinayotganidek shartli tasvirlashimiz kerak bo’ladi.

Kuzatuvchiga nisbatan turli xil uzoqlikda joylashgan va bir xil yashil rangga ega bo’lgan daraxtlar turli tusda, o’rmon esa uzoqdan deyarli kulrang ko’rinadi. Chunki kuzatuvchidan ob’ektgacha bo’lgan masofadagi xavo qatlami ma’lum zichlikda ega bo’lganligi sababli rang nurlarini ma’lum miqdorda ushlab qoladi. Natijada predmetlarning ko’rinayotgan ranglari o’z to’yinganligini yo’qotadi.

Bunday xolni O’.Tansiqboevning “ Tog’ yo’li” nomli asarida yaqol ko’rish mumkin. Kuzatuvchi bilan ob’ekt o’rtasidagi masofaning uzoq -yaqinligi natijasida faqat ranglarning tuslarigina emas, balki ularning tonglari ham o’zgaradi. Uzoqda joylashgan narsalar ko’proq xavo rang tusda ko’rinadilar. Chunki osmondagi zangori va xavorang nurlar fazoga tarqalib, unga havo rang tus beradi. Atmosferadagi namlik va chang zarrachalarining soni va o’lchoviga qarab yorug’likning tarqalish darajasi, harakteri o’zgaradi. Agar havo namlik bilan to’yingan bo’lsa, yirik zarachalar yorug’likni ko’p tarqatadi va u ko’proq oqish ko’rinadi. Predmet kuzatuvchidan uzoqlashgan sari o’z ranglarining to’yinganligini yo’qotadi, natijada xavorang zangori tusda ko’rinadilar, ular soyada esa yorug’lashadilar, predmetlardagi rang va yorug’lik farqlari kamayadi. Shuningdek, predmet zixlari, uning bo’rtgan joylari, bo’laklari o’z aniqliklarini yo’qotadilar.



Download 4.05 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Download 4.05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy binolar aks etgan manzara kompozitsiyasini bajarish

Download 4.05 Mb.