• Og’ir ranglar
  • Tasviriy san’atda rangshunoslik




    Download 4.05 Mb.
    bet18/40
    Sana01.08.2021
    Hajmi4.05 Mb.
    #16430
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
    1.2. Tasviriy san’atda rangshunoslik

    Tasviriy san’atda, ayniqsa rangtasvirda rangning roli benihoya kattadir. U asarning mazmunini va g’oyasini to’la ochilishiga uning tomoshabinga emostional ta’sirini kuchaytirishga, shuningdek kompozistiyadagi muvozanatni saqlashga xizamt qiladi.

    Ranglar haqida fikr yuritish va bo’yoqlar bilan ishlashdan avval ularning nomlari, tuslari haqida tasavvurga ega bo’lish lozim ular:

    -Oq-paxta rangi.

    -qora-ko’mir rangi.

    -Kulrang-yongan o’tindan hosil bo’lgan kul rang.

    -qizil-anor gulining rangi.

    -Sariq-momaqaymoq ( qoqio’t) gulining rangi.

    -Xavo rang-osmon rangi.

    -Zangori-to’q osmon rangi.

    -Moviy (nilufar)-erta tongdagi sof osmon rangi.

    -Malla-limon mevasining rangi.

    -Yashil-to’q barg rangi.

    -Binafsha-gunafsha gulining rangi.

    -qirmizi-anor mevasi donalarining rangi.

    -Jigarrang-mol jigarining rangi.

    -Zarg’aldoq (noranj)-apelsin, zarg’aldoq shaftoli rangi.

    -Mosh rang-pishgan mosh donining rangi.

    -Pushti-och zarg’aldoq rang.

    -Pistoqi-kungaboqar pistasi mag’zining rangi.

    -Novvoti-novvot rangi.

    -To’tiyo-yorqin yashil, medistinada ishlatiladigan zelenka rangi.

    -Shingob-tilla rang.

    -Bronza-kumish rang.

    -Sabza erta baxorda yangi o’sib chiqan o’t rangi.

    -Lojuvard-eng to’q zangori rang.

    -Sadaf-oq sarg’ish.

    -Lolaro’y-lola gulining rangi.

    -Nilgun –och jigar rang.

    -Siymob-simob rangi.

    -To’tigiy-zangori va yashil ranglar qo’shilmasidan olingan rang.

    -Firuza-yorqin zangori va yaltiroq tosh rangi.

    -Novshadil-o’tkir yorqin yashil rang.

    -Gulgun- shafaq rangi.

    -Zafaron-to’q sariq ang.

    -Zumrad-yashil yaltiroq tosh rangi.

    -Noranjvash-och apelsin rangi.

    -Nofarmon-och binafsha rang.

    -Samoniy-somon rangi.

    Ma’lumki, mutaxassislar ranglarni ikki turga bo’lishadi.

    1.Asosiy ranglar.

    2.Qo’shimcha ranglar.

    Asosiyga qizil, sariq zangori ranglar kiradi. qo’shimcha ranglar ana shu asosiy ranglarni bir-birlari bilan aralashtirish orqali olinadi. Masalan qizil va sariq rangdan zarg’aldoq, sariq va zangori rangdan yashil, qizil va zangori rangdan binafsha ranglar olinadi. Bu olingan ranglarni ikkinchi bor aralashtirish orqali yanada yangi ranglarni hosil qilish mumkin. Yangi ranglarni hosil qilishda oq va qora ranglar ham ishtirok etishlari mumkin.

    Rangshunoslikda ranglarni xromatik va axromatik turlari ham bo’ladi. Xromatik so’zi yunon tilidan olingan bo’lib, rang ma’nosini anglatsa axromatik so’zi rangsiz degan tushunchadir.

    Axromatik ranglar qatoriga oq, qora, kulrang ranglar kirsa, bulardan boshqa hamma ranglar xromatik ranglar hisoblanadi.

    Rangshunoslik fanida iliq va sovuq rang tushunchalari ham bor. Mutaxassislar iliq ranglar qatoriga sariq, qizil, zarg’aldoq, sabza pushti, sadaf, malla, qirmizi, lolaro’y, gulgun, zafaron, noranjvash, somoniy, barikaram kabilarni kiritishadi. Ular o’z xususiyatlariga ko’ra bir ko’rishda kishilarda iliqlik kayfiyatini hosil qiladilar.

    Sovuq ranglarga esa zangori, xavorang, moviy, yashil, binafsha, moshrang, to’tiyo, lojuvard, to’tigiy, firuza, novshadil, zumrad, nofarmon kabilarni kiritiladi.

    Ular kishilarda ko’proq sovuq kayfiyat hosil qiladilar. Iliqlik ham sovuqlik ham kayfiyat uyg’otmaydigan ranglar ham bo’ladi. Masalan, kulrang, jigarrang, nilgun, siybob shular jumlasidandir.

    Ranglarni og’iri ham engili ham bo’ladi. Og’ir ranglar qatoriga ko’proq to’q, engiliga och ranglar kiradi. Xususan ranglar qora, jigarrang, yashil, binafsha, to’tiyo, lojuvard, oq, sariq, xavorang, moviy, malla, pushti, pistoqi, novvoti, sabza kabilarga nisbatan kuzatuvchiga og’irroq tuyuladi.

    Ranglar nazariyasida ranglar qarama-qarshiligi (kontrast ranglar) atamasi ham ishlatiladi. Ranglarni o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki ular bir-birlarini yonlarida turganlarida alohida turganidan ko’ra boshqacha ko’rinadi. Ular bir-birlarini tuslarini aniqroq, kuchliroq ko’rinishiga yordam beradilar. Ularning bu xususiyatlaridan rassomlar o’rinli foydalanib, asardagi asosiy obrazni ajratib ko’rsatish maqsadida qarama-qarshi rang xodisasidan foydalanadilar. Masalan, asosiy obrazni och rangda tasvirlasalar uning atrofini yoki fonini to’q rangda oladilar va aksincha.

    Ranglar qarama-qarshiligini quyidagi ko’rinishlarda ishlatilishi mumkin.


    1. Bir rangni ikki och va to’qlikda qo’llash.

    2. Ikki rangni och va to’q tuslarini qo’llash.

    3. Bir rangni ko’p tuslarini qo’llash.

    Ranglar qarama-qarshiligi qoidasi suvratdagi asosiy obraz bilan fon, asosiy obraz bilan muhit o’rtasida qo’llanadi.

    Rangning asosiy xususiyatlari uning yorqinligi (och-to’qligi) tusi va to’yinganligi bilan belgilanadi.





    Download 4.05 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




    Download 4.05 Mb.