• Kompozistiyada
  • Kompozistiyasining qoidalari




    Download 4.05 Mb.
    bet16/40
    Sana01.08.2021
    Hajmi4.05 Mb.
    #16430
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
    Kompozistiyasining qoidalari orasida kompozistion markazni bo’lishligi juda muhimdir. Asarda bu qoidaga rioya qilinishini, rassom g’oyasini tomoshabinga tezroq aniq etib borishiga xizmat qiladi.

    Suvratdagi kompozistion markazni ajratib ko’rsatish ko’pincha asarlarda o’lchov, joy, rang jihatidan amalga oshiriladi. Natijada u tomoshabin e’tiborini suvratdagi asosiy ob’ektga qaratadi va rassom o’z asarida qo’ygan maqsadiga oson erishadi.



    Kompozistiyada detallarning simmetrik yoki assimetrik tarzda joylashuvi asar mazmuni va rassomning g’oyasidan kelib chiqan holda amalga oshiriladi.

    Bu qoida suvratdagi detallarni og’irligi, toni, rangi, shakli jihatidan muvozanatni saqlashga xizmat qiladi. Asarda detallarning assimetrik joylashuvi esa detal, shakl, yorug’soya, rang harakat, holatlar orqali ro’y beradi. Detallarni asarda assimetrik joylashuvi rasm g’oyasini amalga oshirishga xizmat qiladi. Aytaylik, asarning ikki tomonida qarama-qarshi kuchlar tengsizligini ko’rsatmoqchi bo’lganda rassom assimetriya qoidasidan foydalanishi mumkin. Detallar assimetrik bo’lgani taqdirda asarda muvozanatni buzilmasligi uchun rassom detallarni ritmik joylashtirishdan foydalanadi.

    Rassomlar ko’pincha o’z asarlarida ritmni bo’lishligiga ko’proq e’tibor beradilar. U tasviriy san’atni barcha tur va janrlarida qo’llaniladi. Ritm ko’proq shakl, rang, o’lchov, yorug’soya, harakat ko’rinishlarida ifodalanadi. U asar mazmuni bilan bog’liq bo’lib, muallifning g’oyasini tomoshabinga tez va oson etkazishga xizmat qiladi, asarni ifodaliligini oshiradi. Tasviriy asarlarda asosiy narsa yoki voqea ko’pincha ikkinchi planda joylashtiriladi. Bu esa brinchidan, asosiyni asar markazida bo’lishligiga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, birinchi plandagi mayda detallar asosiyga yo’l ochadi va tomoshabinni asardagi asosiy voqea bo’layotgan joyga kirib borishiga yordam beradi. Birinchi, uchinchi va boshqa plandagi tasvirlar asosiyni ochilishida yordamchi vosita bo’lib xizmat qiladi.



    Download 4.05 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




    Download 4.05 Mb.