• Chiziqli perespektivada
  • Ufq chizig’i
  • II Bob. Tasviriy san’atda manzara kompozitsiyasini bajarish.
  • Zamonaviy binolar aks etgan manzara kompozitsiyasini bajarish




    Download 4.05 Mb.
    bet24/40
    Sana01.08.2021
    Hajmi4.05 Mb.
    #16430
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
    1.4. Perspektiva

    Ma’lumki, perspektiva tasviriy san’atning nazariy asoslaridan biri hisoblanadi va u alohida fan sifatida shakllangan. Perspektiva borliqdagi narsa va hodisalarni ko’rib idrok etishga mos holda tasvirlash qonuniyatlarini o’rganadi. Perspektivaning uch xili mavjud:

    1. Chiziqli perespektiva:

    2. Rang (xavo) perspektivasi:

    3. Hajm perespektivasi.

    Chiziqli perespektivada turli xil uzoqlikdagi narsalarning o’lchovlari qisqarib ko’rinadi. Rang perspektivasida esa bu predmetlarning ranglari o’zgaradi.

    Hajm perspektivasida esa narsalarning hajm aniqligi va chegaralari xiralashadi.

    Chiziqli perspektivaning asosiy qonunlari quyidagilardan iborat:



    • predmetlar kishi ko’zidan uzoqlashgan sari eniga ham, bo’yiga ham kichiklashganidek ko’rinadi, oxirida nuqtaga aylangandek tuyuladi;

    • predmetlardagi vertikal qirra chiziqlar kishi ko’zidan uzoqlashgan sari o’z yo’nalishini o’zgartirmaydi va o’zaro kesishmaydilar.

    • Ufq chizig’idan pastda joylashgan buyumlarning perspektivadagi gorizontal chiziqlari yuqoriga yo’nalsa, yuqorida joylashganlarniki esa pastga yo’nalgan bo’ladi.

    Frontal perespektivada birgina, burchakli perspektivada ikki kesishish nuqtasi bo’ladi. Burchakli perspektiva hodisalari qirrali to’rtyoqli predmetlarda ko’zga yaqol tashlanadi. Xususan, karobka, yashik, chemodan, stol shkaf v.b. Ular kuzatuvchiga burchak ostida turgan holatida ularning ikki yon tomonidagi parallel qirra-chiziqlar ufq chizig’ining ikki nuqtasida kesishadilar. Burchakli perespektivadagi kesishish nuqtasi ayrim xollarda suvrat tekisligidan chetga chiqib ketishi ham mumkin.

    Yuqorida qayd qilganimizdek har qanday mazmunli rasmlar ufq chizig’i bilan bog’liq bo’ladi. Ufq chizig’i geografiyada katta kenglikdagi jonda er bilan osmonni ajratib turuvchi chiziq deb qaralsa, rassomchilikda kuzatuvchi yoki rasm chizuvchining ko’zi balandligida tasavvur etiladigan (haqiqatda u bo’lmaydi) gorizontal suvrat tekisligiga parallel chiziqdir. Kuzatuvchi yoki rassom pasaysa ufq chizig’i pasayadi, ko’tarilsa ufq chizig’i ko’tariladi.

    Rang perspektivasi borliqdagi barcha narsalar kishi ko’zidan uzoqlashgan sari o’z rangini o’zgartirishi haqida tushunchalar beradi. Bir xil rang, tus va to’yingan rangdagi buyumlar bizga yaqinlashgan sari rangdor va yorqin ko’rina boshlaydi. Yaxshi e’tibor berilsa haqiqatda rangi, tusi, to’yimliligi bir xil bo’lgan daraxtlarning ranglari bizga nisbatan turlicha masofada turlicha ko’rinadilar. Ular eng uzoq masofada esa kulrangsimon, havoransimon tusli bo’lib idrok etiladi. Masalan, tongdagi oq rangli qor soyada zangori tusda ko’rinadi. Buning sababi narsalar rangiga havo qatlamidagi chang, namlik, bug’ zarralari va osmon rangining, er va atrofdagi narsalarning ta’sirlaridir. Narsalar bilan kuzatuvchi o’rtasidagi masofa qanchalik uzoqlashsa havo qatlami ham shunchalik qalinlashadi va ular kuzatuvchiga kelayotgan nurlarni ushlab qoladi. Natijada narsa ranglarni o’z to’yimliligini yo’qotadilar.

    Chiziqli perspektiva hodisalarni ko’proq simli shakllar, geometrk jismlarning shakllarini namoyish etish orqali, tabiatni, bevosita kuzatish orqali idrok etish samaralidir.

    Shuningdek, chiziqli perspektiva hodisalarini san’at asarlarini kuzatish, xandasiy shakldagi narsalar (kub, prizma) rasmini chizish orqali ham o’rgansa bo’ladi. Rangtasvir asarlarini namoyish etish va ulardagi rang perespektivasi hodisalariga bola e’tiborini qaratish kerak bo’ladi. Ranglar perspektivasi hodisasini ranglarni aralashtirish orqali ham tushuntirsa bo’ladi.

    Hajm perspektivasi ham rassomlar faoliyatida ma’lum rol o’ynaydi. Yuqorida ranglar perspektivasi haqida fikr yuritganimzda havoda turli chang zarrachalari, namlik bo’lib, borliq bilan kuzatuvchi orasidagi narsalarni hajmiga ta’sir ko’rsatadi deb aytgan edik. Ular oq narsalarni to’qlashtiradi, to’q narsalarni ochlashtiradi. Natijada narsalarning soyalari o’rtasidagi kontrastlik yo’qoladi, ularning zixlaridagi aniqlik buziladi, xajmli narsalar tekis ko’rinadi. Bu xodisani xajm perspektivasi deb yuritiladi. Uni I.Shishkinning “Yomg’irdan so’nggi eman o’rmonzori” nomli suvratida ko’rish mumkin.

    Mavzu asosida rasm chizish jarayonida kompozistiyani muvaffaqiyatli hal etish uchun avvalo rasm chizishni ufq chizig’idan boshlashning roli katta. Uni osmon bilan erni ajratib turuvchi chiziq sifatida qarash kerak. Ufq chizig’ini tasvirlanadigan ob’ektning mazmunidan kelib chiqib belgilash maqsadga muvofiqdir. Ufq chizig’ini qog’oz betiga uch xil joylashtirish mumkin. Birinchisida ufq chizig’i qog’oz yuzasining yuqorisidan, ikkinchisidan pastidan uchinchisida esa uning o’rtasidan o’tgan bo’ladi. Rassom yuqori ufq chizig’ini keng manzara yoki katta ob’ektni aks ettirmog’chi bo’lgan taqdirdagina tanlaydi. Shuningdek, rassomlaar kishilar tasvirini er fonida yaxshi ko’rsatish maqsadida ham shunday ufq chizig’ini tanlaydilar. Ikkinchi holda ufq chizig’i qog’oz yuzasining pastki qismida o’tkazilishi rassomning osmondagi yoki yuqoridagi narsa yoxud harakatni ko’rsatish bilan bog’liqdir. Ufq chizig’ining “Fazoga parvoz”, “Kuzda daraxtlar”, “Turnalar uchib keldi” kabi mavzularda rasm chizganda pastdan olinsa to’g’ri bo’ladi.

    Perspektivaga oid uchinchi holda ufq chizig’ini daftar yuzasining pastidan o’tkaziladi. Rassom ufq chizig’ini bunday holatda olishining sababi tomoshabinga suvrat uning yuqori qismi bilan pastki qismidagi detallar muvozanati saqlashga bo’lgan harakati bilan bog’liqdir.

    Shuningdek ufq chizig’i rassomning g’oyasi, suvrat mazmuni va kompozistiyasi bilan ham bog’lanadi.

    Agar rasmda uylar yoki daraxtlar tasvirlangan bo’lsa, osmon ancha engil, pastki qismi og’ir bo’lib ko’rinadi.

    Perspektiv qisqarishni qog’oz betida tasvirlashda esa quyidagi qoidaga amal qilmoq darkor. Birinchidan, kuzatuvchiga yaqin ko’ringan buyum yoki jonli zotlar qog’oz betining pastki qismiga chiziladi. Kuzatuvchiga nisbatan juda uzoqda ham, yaqinda ham joylashmagan ob’ektlar qog’oz betining o’rtasida tasvirlanadilar. Rasmda hayvon, qush, daraxt va uylar rasmini tasvirlashda ularning o’lchovini odamning o’lchoviga qarab belgilash lozim.

    Xuddi shu usulda har qanday narsalarning rasmini ishlash mumkin.

    Tasviriy san’atning nazariy asoslarini yaxshi bilishlik, tasviriy ishlarni savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.

    Tasviriy san’at asarini yaratishda narsalar tuzilishini xisobga olish nihoyatda muhim bo’lib, usiz savodli ishlangan tasvir bo’lishi mumkin emas. Ma’lumki, tasvirlangan barcha, jonli va jonsiz mavjudotlarni tuzilmasi (kontrukstiya) bo’ladi. Ularning asosida u yoki bu xandasiy shakl (kub, prizma, konus, peramida, shar v.b.) yoki ularning aralashuvidan hosil bo’lgan murakkab shakllar yotadi. Mavjudotlar yoki ularning tasvirida u yoki bu xandasiy shakl ko’zga yaqol tashlansa, boshqasida u butunlay sezilmasligi mumkin.

    Shuni ham xisobga olish kerakki, harbir mavjudot (predmetlar, qushlar, hayvonlar, odamlar) nafaqat o’z tuzilishiga balki shakliga ham ega, Ular shu jixatlari bilan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Tasvirda ularning tuzilishiva shakllana to’g’ri aks etdirilmasa rasm tasvirlanayotgan mavjudotga o’xshamay qolishi mumkin. Natijada tasvir tomoshabinda yaxshi taasurot qoldirmaydi.

    Shuning uchun ham rasm chizishni o’rganishning dastlabki bosqichlarida xandasiy shakllarni tasvirlashga alohida e’tibor beriladi. Natijada oddiy narsalarning rasmini savodli qilib ishlash ancha engillashadi. Keyinchalik murakkab tuzilish va shakldagi narsalar rasmini ishlashga o’tiladi. Narsalarni xandasiy shakllar asosiga qurib chizish perspektiva xodisalarini to’g’ri tasvirlashga ham yordam beradi.

    Ma’lumki, borliqdagi har bir mavjudot o’z o’lchovi va proporstiyalariga ham ega bo’lib, u narsalarning shakllari va tuzilishi bilan uzviy bog’lanadi.

    Mavjudotlarning proporstiyalari ularning o’lchovlaridagi nisbatlarni nazarda tutadi. Bunda mavjudotlarning eni, bo’yi, qalinligi, balandligi kabilarning bir-birlariga nisbatan katta yoki kichikligi nazarda tutiladi.

    Aytaylik, aniq biron narsa rasmini ishlaganda, ularning o’lchovlaridagi proporstiyalarni to’g’ri olinmasligi, uning harakterini rasmda noto’g’ri ifodalanishiga olib keladi. Natijada terakni rasmini o’riknikiga, qovunniki tarvuznikiga o’xshab qoladi.

    Xullas, har qanday rasm chizganda ularning tuzilishi, shakli, rangi, o’lchovlari va o’lchov nisbatlari (proporstiyalari) albatta inobatga olinishi lozim.



    II Bob. Tasviriy san’atda manzara kompozitsiyasini bajarish.




    Download 4.05 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




    Download 4.05 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zamonaviy binolar aks etgan manzara kompozitsiyasini bajarish

    Download 4.05 Mb.