Zamonaviy binolar aks etgan manzara kompozitsiyasini bajarish




Download 4.05 Mb.
bet22/40
Sana01.08.2021
Hajmi4.05 Mb.
#16430
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
Orqaga intiluvchi ranglar qatoriga asosan to’q ranglar kiradi.

Kompozistiyada yorug’lik (och-to’liq) ham undagi obrazlarning ta’sirchanligini oshirishda alohida kasb etadi. Buni axromatik ranglar bilan ishlangan illyustativ rasmlarda ko’rish mumkin. Komozistiyada yorug’likning roli shundan iboratki, bunda bo’rttirib ko’rsatilishi lozim bo’lgan obrazlarni tasvirlashda kontrastlik qonunidan foydalaniladi, ya’ni asosiy obraz to’q tasvirlansa, uning atrofdagilar och ranglar bilan ishlanadi va aksincha suvratdagi asosiy obraz och rang bilan ishlansa, boshqalari esa to’q ranglar bilan tasvirlanadi.

Rang bilan ishlashga, ranglarning tuslarini farqlay bilishga va ulardan rasmning mazmuniga qarab foydalana olishga o’rgatib borish kerak. Bo’yoq bilan ishlash jaryonida bo’yoq va rang haqida ma’lumotlar berish bolalar rasmlari hamda rassoomlar asarlarining reprodukstiyalarini tahlil qilish bilan amalga oshiriladi. Ranglarning yuqorida qayd qilingan xususiyatlari bilan bolalarni tanishtirishdan avval ularga asosiy va qo’shimcha ranglar, xromatik va axromatik ranglar, iliq va sovuq ranglar kontrast ranglar, og’ir va engil ranglar haqida tushunchalar berilishi lozim.

Ranglarni kishilar ruhiyatiga ta’siri haqida ma’lumotlarni berilishi rasm ishlaganda ranglardan o’rinli foydalanish imkonini beradi. Xususan, ranglarning kishilarning ruhiy holatiga ta’siri haqida to’xtalganda bolalar e’tiborini quyidagi jihatlarga qaratish lozim. Ranglar yordamida kishilar narsalarni, voqealarni idrok etishlari, tanishlari, bilib olishlari mumkin.

Ular yordamida odamlar o’z hayotlari va mehnatlarini engillashtirishga, hattoki sog’liqlarini ma’lum miqdorlda yaxshilashga erishadilar.

Ranglarni insonlar hayotidagi ahamiyatini tushungan holda bir qator olimlar maxsus tadqiqotlar olib borganlar. Shu maqsadda Tokioda dunyoda yakkayu-yagona rang instituti tashkil etilgan bo’lib, unda ranglarning turli sohalarda qo’llanishi, ularning samaralarini o’rganiladi, tajribalar o’tkaziladi.

Ranglarning kishi ruhiyatiga ta’siri haqida mashhur nemis olimi va shoiri rangshunos Gyote, rus ruhshunosi V.Bexterovlarning fikrlari diqatga sazovordir. Gyote, o’zining “Ranglar nazariyasi” nomli mashhur asarida shunday deb yozgan edi:

“Sariq rang ko’zni quvontirib, yurakni kengaytiradi, ruhingiz tetik bo’ladi va biz darhol iliqlikni his etamiz”.

Uning fikricha, zangori rang sovuq hissiyotni uyg’otsa, qizil rang aksincha qo’rqitish, yashil rang ezgulik, xotirjamlik hislarini paydo qiladi. Yashil rangni Gyote ko’zni va ko’ngilni tinchlantiruvchi qobiliyatga ega deb hisoblaydi.

qizil rang qo’zg’atuvchi, hayajonlantiruvchi, isituvchi xususiyatlarga ega bo’lsa, sariq rang iliqlik, tetiklashtiruvchi, quvnoq, xushchaqchaq xususiyatlarga ega. Och yashil rang tinchlantiruvchi hisoblanib, kishida yoqimli kayfiyat hosil qiladi. Uning tuslari turli hissiyotlarni o’yg’otuvchi, zangori rang xotirjamlik, jiddiylik, g’amg’uzorlik, mayuslik keltiruvchi sifatlarga ega. Binafsha rang kishilar e’tiborini o’ziga tortuvchi, shu bilan birga o’zidan itarish xususiyatlariga ega bo’lib, kishilarda g’amginlik va qayg’ulik o’yg’otadi.

Rangning kishilarga ta’siri to’g’risida franstiyalik texnika estetikasi bo’yicha mutaxassis Jak Vinonning fikrlari diqatga sazovordir. U rangni har narsaga qodir.

U xotirjamlik va xayajonni hosil qilishi, xattoki odamlarni larzaga solishi, falokatga olib kelish mumkinligi haqida yozgan edi.

Xorijiy mamlakatlarda ranglarni kishilar ruxiyatiga ta’sirini bilgan rassomlar savdo ishlarini yaxshilash maqsadida restoranlarni savdo uylarini, ishlab chiqarilgan maxsulotlarni kishi e’tiborini o’ziga tortadigan ranglar bilan bo’yashga harakat qiladilar.

Ayrim ishlab chiqarish korxonalarida ish joylarini ishchilar charchamasligi uchun ishlab chiqarish unumini oshirishga xizmat qiladigan ranglar bilan bo’yash orqali ish samaradorligini ko’tarishga erishganlar.

Bazibir psixoterapevt, nevropotologlar shu yo’nalishdagi kasallarni davolashda ham ranglardan foydalanmoqdalar. Bunda ular ko’proq tinchlantiruvchi yashil, zangori ranglarning turli tuslaridan kasallar xonasini bo’yash, yashil chiroq- svetomuzika yordamida kasallarga ta’sir ko’rsatib, ijobiy natijalarga erishmoqdalar. Rangning foydasini tushungan ayrim kishilar, ayniqsa ayollar boshqalarning etiborini o’ziga tortish maqsadida qizil, sariq, zarg’aldoq iliq rangdagi kiyimllar kiyishadi. Bunday kiyinish ayrim ayol o’qituvchilar ham xos bo’lib, ular darsda bolalar e’tiborini ko’proq o’zlariga qaratishga harakat qiladilar.

Xalqimiz ranglarning kishilarga ta’sirini tushungan holda qadimdan yoshiga yarasha madaniyat bilan kiyinib kelgan. Xususan, bolalar, o’rta yoshlilar, qariyalarning shuningdek, ayol va erkaklarning kiyim ranglari bir-birlaridan keskin farq qilgan.

Erkaklar kiyimlarning ranglari jiddiy va vazmin, ayollarniki sho’x, engil, serjilva bo’lgan. qariyalarning kiyimlari esa sodda va vazmin, kishi e’tiborini tortmaydigan ranglarda tayyorlangan. Kiyimlarning ranglari kishilarning harakteriga ham bog’liq bo’ladi.



Download 4.05 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Download 4.05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy binolar aks etgan manzara kompozitsiyasini bajarish

Download 4.05 Mb.