Manzara janrida ijod qilgan rassomlar




Download 4.05 Mb.
bet30/40
Sana01.08.2021
Hajmi4.05 Mb.
#16430
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40
Manzara janrida ijod qilgan rassomlar.

O’rol Tansiqboev

1904 – 1972 yillarda yashab ijod etgan O’zbekiston xalq rassomi O’rol Tansiqboev mashhur manzarachi rassomlardandir.

O’zbekistonning takrorlanmas go’zalligiga bag’ishlangan asarlari nihoyatda rang-barang bo’lib, chet ellarda ham ma’lum. O’.Tansiqboevning “Jonajon o’lka”, “Tog’ oqshomi” manzarasi, “Kattaqo’rg’on suv ombori”, “Issiqko’l oqshomi”, “Tog’larda”, “Mening qo’shig’im” kabi ko’plab mashhur asarlari mavjuddir. Rassomga shuhrat keltirgan asarlardan biri “Qayraqum GESi ko’rinishi” deb ataladi.. bu asarda u yuqoridan turib kuzatilgan elektrostanstiya va suv ombori lirik kayfiyatda tasvirlangan bo’lib, undagi qurilishlar tabiat bilan uyg’unlashib ketgan. Suvrat markazidagi erta tongda zangori tusga kirgan elektrostanstiyasi to’g’oni cheti ko’rinmas ulkan dengizni mahkam tutib turgandek tuyuladi. Asarni kuzatgan odam sahroga jon bag’ishlovchi mo’’jizakor manzaraning sexrli olamiga kirib qoladi.

Unda olislarga bo’y cho’zgan musaffo dengiz qa’riga ko’milgan shodlik va nafosatga boy tong yorishib kelayotganligini qalbdan his etadi. Bu suvratda tasvirlangan narsalar juda oddiy, lekin sehrlidir.

Chunki dengiz, osmon va kengliklarning bepoyonligi koloritning jozibadorligi, mayinligi kishini o’ziga tortadi. O’.Tansiqboev 1958 yilda Bryusseldagi xalqaro ko’rgazmada shu asari bilan qatnashib, xalqaro kumush medal bilan taqdirlangan. Uning etuk asarlaridan biri “Mening qo’shig’im” asari bo’lib, tabiiy ranglar jilosi bir-biriga uyg’unlashib ketgan bu kartinada birinchi planda gullarning qiyg’os ochilgan payti tasvirlangan, orqa planda esa uzoq tog’larning ko’rinishi aks ettirilgan.

Undagi kolorit asosan ko’k-yashil rang hisobiga yaratilgan bo’lib, ulug’vor tog’lar ko’rinishi bilan moviy osmon rangi uyg’unlashib ketgan. Ranglarning yorqinligi kishida xush kayfiyat uyg’otadi. O’.Tansiqboevning uy-muzeyi Toshkent shahrida joylashgan.





Download 4.05 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40




Download 4.05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Manzara janrida ijod qilgan rassomlar

Download 4.05 Mb.