|
Zamonaviy boshqaruvda raxbarlik-menejer etikasi
|
bet | 2/3 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #260057 |
Bog'liq NORMOʻMINOV SUNNATILLONINGRahbar madaniyati
Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. "Rahbarlik qilish" degan so’zga izohli lug’atlarda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yo’naltirish, ko’rsatma berish degan turli ma'lumotlar berilgan.
Bundan ko’rinib turibdiki, hozirgi davrda menejer (rahbar)lar qondirishi zarur bo’lgan talablar juda ko’pdir. Ularni quyidagi beshta yirik guruhga bo’lish mumkin
Rahbarning ish uslubi bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o’ziga xos yondoshishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo’l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda o’z vazifalariga muvofiq ish ko’radi. Menejerning obrazi doimiy ravishda boyib boradi, insoniyroq bo'ladi. Hozirgi vaqtga qadar menejmentning vatani bo'lgan AQShda ratsional turdagi menejerlar ustivorlik qilgan, ular ko'proq muxandislik - iqtisodiy ko'nikmalarga va boshqa ruvga yondashuvlarga ega bo'lganlar.
Ammo hozirgi vaqtda endi yangi turdagi menejerlar paydo bo'ldilar, ular asta-sekin ishlab chiqarishdagi insoniy omillarni hisobga olish tomoniga yuz o'girmoqdalar.
Menejerning kasb egaligi, hammadan avval, ishlab chiqarish (tijorat)va boshqaruvni tashkil qilish sohasidagi maxsus bilimlar va ko'nikmalarga egaligidan, har xil sohadagi odamlar bilan ishlashga qodirligidan iboratdir.
Buning ustiga, avvallari tashkilotni boshqarish uchun ushbu sohada mutaxassis bo'lish shart emas, boshqaruv texnologiyasi va texnikasini bilan, odamlar bilan ishlay olishlikning o'zi yetarli deb hisoblangan.
Tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko'ra, zamonaviy rahbar faqat 15-20 % o'z sohasidagi mutaxassis bo'lishi kerak, u hammadan avval tashkilotchi, ruhshunos, sotsiolog bo'lishi kerak.
Zamonaviy korxonalar ko'proq darajada inson e'tibor markazida turadigan sotsiotexnik tizimlar bo'yicha mutaxassislarga muhtojlar. Har qanday darajadagi menejerni oldiga butun bir qator talablar qo'yiladi.
Menejerlar tashkiliy qobiliyatga ega bo'lishlari kerak, uning ostida insonga tashkiliy faoliyat usullarini egallash va ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beruvchi shaxsning shaxsiy-psixologik xususiyatlari tushuniladi.
|
| |