|
Avtomobillarni ishlab chiqarishda ishlatish dasturi
|
bet | 13/14 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1,17 Mb. | | #256738 |
Bog'liq 2 5228911336129319196zlt kurs ishi (2)Avtomobillarni ishlab chiqarishda ishlatish dasturi
№
|
Ko’rsatkichlar nomi
|
I- yo’nalish
|
II- yo’nalish
|
Yakuniy va o’rtacha ko’rsatkichlar
|
1
|
Rejadagi yuk hajmi (tonna)
|
38000
|
38000
|
76000
|
2
|
Ish unumdorligi (tonna km)
|
1399950
|
1024800
|
2424750
|
3
|
Avtomobillar soni (dona)
|
5
|
5
|
10
|
4
|
Naryaddagi ish vaqti ( soat )
|
8.5
|
8.5
|
17
|
5
|
Avtomobil ish kunlari (kun)
|
1525
|
1525
|
3050
|
6
|
Saroydan foydalanish koeffitsiyenti
|
|
|
0.84
|
7
|
Naryaddagi haqiqiy ish vaqti (soat)
|
42.5
|
42.5
|
85
|
8
|
Yo’ldan foydalanish koeffitsiyenti
|
0.22
|
0.2
|
0.41
|
9
|
Kunlik bosib o’tilgan yo’l (km)
|
154.1
|
114.4
|
268.5
|
10
|
Yuk bilan bosib o’tilgan yo’l(km)
|
51850
|
36600
|
88450
|
11
|
Umumiy bosib o’tilgan yo’l (km)
|
235002.5
|
174460
|
409462.5
|
TEXNIKA XAVFSIZLIGI VA MEHNAT MUHOFAZASI
Yuklarni ortish, tashish va tushirish ishlarining to'g'riligiga transport vositasining haydovchisi javobgardir. Yuklash ishlari boshlanishidan oldin u yukni tekshirib ko'rishi va bu yuklar transport vositalarining tonnaji, hamda, o'lchamlariga muvofiq kelish-kelmasligini tekshirib ko'rishi lozim. Portlovchi moddalarni va zaharli kimyoviy moddalarni tashishda haydovchi bu yuklarni ortish, tashish va tushirish yuzasidan yuklarni ortish joyida yo'1-yo'riq olishi lozim.
Yuklar ko'pincha qop, savat, yashik, yoki, bochkalarda ortib tashiladi. Ortish usuli tashiladigan yukka va yuk ko'taradigan mashinalar, yoki, boshqa vositalarning bor-yo'qligiga bog'liqdir. Yuklarni qo'lda ortish va tushirish faqat muvaqqat maydonchalarda ruxsat etiladi. Bunday holda, erkaklar ko'pi bilan 50 kg, ayollar esa, ko'pi bilan 9 kg, 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlar ko'pi bilan 13 kg, o'smir qizlar ko'pi bilan 7 kg yuk ko'tarishlariga ruxsat etiladi.
Yukni ortish, yoki, tushirishga qadar, yuk ko'taruvchi vositalarning mustahkam va turg'unligi, ularning yuk ko'taruvchanligi ko'tariladigan yukka muvofiq kelish-kelmasligi, arqon, tros va himoya to'siqlarining holatini tekshirish lozim. Yuk ortilgan transport qo'yiladigan joy axlat, qor, yoki, yot narsalardan toza bo'lishi kerak. Agar yuklash va yuk tushirish ishlarida ko'tarish moslamalaridan foydalanilsa, u holda, ko'tarilgan yuk ostida turish mumkin emas; transportni shunday o'rnatish kerakki, bunda avtomobil, yoki, traktor kabinasi ko'tarilgan yuk ostiga to'g'ri kelmasligi lozim. Yuk ortilayotgan va tushirilayotgan vaqtda haydovchi kabinadan chiqib turishi lozim.
Chang bo'ladigan yuklarni ortish va tashishda haydovchilar, yuk tashuvchilar, albatta, himoya ko'zoynaklari va respiratorlardan foydalanishlari zarur. Chang bo'ladigan, yoki, badbo'y hidli yuklar brezent bilan yopiladi. Bochka , yoki, shunga o'xshash yuklarni ortishda maxsus ponalardan foydalaniladi. Transport harakati vaqtida yuklar siljimasligi uchun tashishga tayyorlangan yuklar arqon bilan bog'lab mahkamlab qo'yiladi. Po'lat tros va simdan arqon o'rnida foydalanish mumkin emas. Uzun yuklar alohida e'tibor bilan, mahkam bog'lanishi lozim. Chunki, ular puxta bog'lanmasa, baxtsiz hodisaga, yoki, avariyaga sabab bo'lishi mumkin. Yonilg'ini avtotsisternalarda va metall bochkalarda tashishga ruxsat etiladi. Bu maqsadlar uchun shisha idish va chelaklardan foydalanish mumkin emas. Siqilgan kislorod, asetilen va boshqa yonuvchi gazlar solingan ballonlarni tashishda avtomobil kuzoviga yog'ochdan yasalgan uyali maxsus tagliklarga joylashtiriladi va mahkamlab qo'yiladi, bu tagliklar namat bilan o'ralgan boiishi kerak.
Yonilg'i gaz to'ldirilgan ballonlarni kislorodli ballonlar bilan birgalikda, kislorodli ballonlarni esa, moyli moddalar va moylar bilan birgalikda tashish mumkin emas. Hamma ballonlardagi ventillarda shikastlanish va ifloslanishdan saqlash uchun qopqoqlar bo'lishi kerak. Yoz kunlarida ballonlar qizib ketmasligi uchun brezent bilan o'raladi.
Idishga solingan sochiluvchan yuklar, hamda, kuzov ichida tashiladigan yuklar kuzov va arava bortlaridan chiqib qolmasligi lozim, chunki, ular harakat vaqtida tushib qolishi va yo'lovchini shikastlantirishi mumkin. Yuk transport vositalari turg'unligini yo'qotmasligi va haydovchining ko'rish chegarasini cheklamasligi lozim. Bochka, yashik, xashak, pohollarni ortishda yo'l harakati qoidalari va belgilangan o'lchamga rioya qilish lozim. Ortilgan yukning yerdan baland qismigacha bo'lgan oraliq 3,8 m. dan ortiq bo'lmasligi, eni 2,5 m.dan ortmasligi, transport orqasidan 2 m.dan ko'p chiqib turmasligi kerak. Agar yuk, yoki, tashilayotgan qishloq xo'jaligi mashinasining massasi juda og'ir, balandligi belgilangan oichamdan katta bo'lsa, u holda, bunday yukni tashish uchun yuk olingan joydagi DAN dan ruxsat olish zarur. Ruxsatnomada harakat vaqti va yo’nalishi ko'rsatiladi. Agar, bunday yuk bilan temir yo'l orqali o'tiladigan bo'lsa, temir yo'l muassasasidan qo'shimcha ruxsatnoma olinadi. Agar, yuk enining oxirgi nuqtasi bilan oldingi, yoki, keyingi o'lcham chiroqlari orasidagi oraliq 0,4 m. dan ortiq bo'lsa, transport vositasidan 1 m. dan ortiq chiqib qolgan yuklar kunduz kuni signalli shchitlar , yoki, bayroqchalar bilan, tunda va kunduz kuni ko'rish yomonlashgan vaqtda yoqilgan fonarlar bilan belgilanishi lozim. Agar, tirkash dishlosi transport orqasidan 1 m. dan ortiq chiqib qolsa, unga va egiluvchan shatak zvenosiga ham shunday belgi qo'yiladi. Shchit va bayroqchalarning o'lchami 400x400 mm bo'lishi kerak. Ularning o'ng va teskari tomonlariga qarama-qarshi diagonal bo'yicha eni 50 mm keladigan qilib, qizil va oq yo'llar oralatib chiziladi.
Traktorlar va boshqa mashinalarni yo'lga jo'natishda xavfsizlikni ta'minlash uchun bir qator talablarni bajarish zarur. Shataksirab qolgan traktor va o'ziyurar mashinalarni ularning quvvatidan katta bo'lgan traktor bilan shatakka olish mumkin. G'ildirakli ekskovatorni shatakka olishda oldin uning strelkasini yuradigan tomonga burib, shunday pastga tushirish kerakki, burilishlarda u shatakka olgan mashinaga tegib ketmasligi lozim. Burilish platformasini tormozlab va mustahkamlab, barcha chig'irlarni (harakatlantiruvchi qismlarni) tormozlab qo'yish kerak.
Mashinalarni og'ir yuk tashiydigan pritsep-mashinalarga hamda yuk mashinalariga ortish va ularni tashish ishlari ma'muriyat vaqilining kuzatuvida olib borilishi, platformaga yuklangan mashina mahkam joylashtirilishi kerak. Yolda xavfsizlik uchun shatakka olingan transport haydovchisi javobgardir. Haydovchi safarga chiqishdan oldin, yukni tashishga javobgar qishidan yuk ortilgan yerdan u olib boradigan joygacha bo'lgan qatnov yo'li to'g'risida ma'lumot olishi zarur. Temir yo'l platformasida traktorlar, hamda, boshqa mashinalarni ortish va tushirish ishlari temir yo'l ma'muriyatining ko'rsatmasiga muvofiq amalga oshiriladi. Ishlarni qo'lda bajarishda bir yukchi (erkak) massasi 50 kg bo'lgan yukni «kо'tarishi , yoki, massasi 80 kg dan oshmaydigan yukni surish mumkin.Haydovchilardan ortish - tushirish ishlarida foydalanilmaydi. Haydovchi ekspeditorlar yuklarni mayda partiyalar bilan tarqatganda, bir yukning massasi erkaklar uchun 30 kg va ayollar uchun 20 kg dan oshmagan hollar bundan mustasno. Yuklarni (ayniqsa toshni) uyib ortishda yukchilar avtomobilning faqat bir tomonida bir - birlaridan 1.2-1,5 m masofada turib ishlashlari kerak. Avtomobil platformasi sathidan past to’rgan dumalatma yuklar (bochka, baraban va rulonlarni) ortish va bo 'shatish ishlarini ikki yukchi kuzovda turib arqonlar yordamida qiya о 'rnatilgan taglikdan foydalanib bajaradi. - Changlanuvchi , yoki, zaharli yuklar ( sement, ohak ) ni maxsus kiyimda, respiratorlar va chang kirmaydigan niqob taqib olgan holda bajarish kerak. Zaharli suyuqlik solingan idishlarni ortishdan, yoki, tushirishdan oldin idishning mustahkamligi tekshirilib ко 'riladi.
Bunday yuklarni ikki yukchi ortadi, yoki, tushiradi. Kislota va ishqorli idishlarni orqalab, yelkaga qo’yib va ко 'krakka tirab tashish taqiqlanadi. Portlovchi, radioktiv va boshqa xafvli yuklarni ortish va tushirishdan oldin, yuk jo 'natuvchi ishchilarni xavfsizlik choralari bilan tanishtirib chiqish kerak.G’isht tashishda asosan 200 dona g'isht oladigan tagliklardan foydalanish kerak. Tagliklarga g'ishtni archa usulida ortirib keyin g’isht zavodida ко prikli kran orqali avtomobillarga ortiladi. Yukni ortishda texnika xavfsizligiga rioya qilish lozim. Kranning strelasi ostida yuk ortiladigan paytda turmaslik, chetga chiqib turish kerak. Yukni ortish va tushirish davrda haydovchi ehtiyotkorlik chorasini ко 'rishi kerak. Atrof yoritilgan bo’lishi, yuk haqida to’liq ma 'lumotga ega bo'lishi kerak Yukni tushirishda asosan yuqori qavatli uylarga avtomobildan «to'g'ridan — to'g'ri berishga kran strelasi ostidan ehtiyot bo'lish kerak. Yukni joy dan kran balandga kenglik bo yicha уo’naltirilayotgan paytda, tovushli signallar ishlatishi kerak bo’ladi.
|
| |