www.scientificprogress.uz




Download 372,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana13.01.2024
Hajmi372,82 Kb.
#136404
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
zamonaviy-media-makonda-internet-va-unda-axborot-almashinuvining-o-ziga-xosligi
Inson huquqlari bo, hisobot, kompyuter tanlash, zebra, Issiqlik almashinish va yordamchi apparatlar, Конденсаторлар, Blood Flow Through The Heart, 1, Тангиров Наширдаги Ўқув қўл 250 бет, zamonaviy-media-makonda-internet-va-unda-axborot-almashinuvining-o-ziga-xosligi, 2
www.scientificprogress.uz
 
Page 1366
OAV uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash milliy tizimining 
takomillashtirilishiga ham katta e’tibor berilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Milliy 
universitetining jurnalistika, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro 
jurnalistika fakultetlarida, shuningdek, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy 
kommunikasiyalar universitetida soha uchun kadrlar tayyorlanmoqda va hozirgi tez 
o‘zgarayotgan globallashuv davrida jurnalistikaning o‘ziga xos xususiyatlari, tarixiy 
taraqqiyoti, bugungi holati va istiqboli bilan bog‘liq masalalarni chuqur o‘rganish, bu 
borada olib borilayotgan ilmiy- tadqiqot va ijodiy ishlar samaradorligini ta’minlash 
hamda ushbu soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashning sifatini tubdan 
oshirish yo‘lida ish olib borilmoqda. 
Milliy ommaviy axborot vositalarini izchil rivojlantirish, sifat jihatdan yangi 
bosqichga ko‘tarish, jahon andozalari talablari darajasida faoliyat ko‘rsatishi uchun 
zarur sharoitlarni yaratish, ijodkorlar mehnatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish 
borasida doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib kelinmoqda. “Bugun biz 
yashayotgan shiddatli XXI asrda zamonning o‘zi hayotimizga keskin sur’atlar bilan 
kirib kelayotgan globallashuv jarayonlari O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari va 
jurnalistlar ahli oldiga bizning ezgu maqsadimiz bo‘lgan demokratik davlat, kuchli 
fuqarolik jamiyat barpo etish yo‘lida g‘oyat muhim, dolzarb vazifa va talablarni 
qo‘ymoqda. Buning uchun ommaviy axborot vositalari vakillaridan nafaqat 
professional bilim va malaka, hayotiy tajriba, o‘z so‘zi uchun ma’sulyati hissi, ayni 
vaqtda yuksak grajdanlik pozitsiyasi, ma’naviy jasorat ham talab etiladi”, — degan edi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzalarida. Davlat 
rahbarining biz jurnalistlarga yuksak ishonchi, har tomonlama qo`llab quvvatlanishi, 
sharafli kasb egalari oldiga yuksak va sharafli vazifalarni yuklaydi.
“Hamma davrlarda ham jurnalistlarga oson bo‘lmagan. Bu kasbni bilib turib 
tanlaganmiz. Jurnalistika kurashishni talab qiladigan soha. Matbuot va ommaviy 
axborot vositalarini to‘rtinchi hokimiyat darajasiga chiqishini istaymiz. Bugun biz shu 
kuchga to‘laqonli ega bo‘lish uchun harakat qilyapmiz. 
O‘zbek jurnalistikasining erkinligi, yutuqlari haqida gapirilganda ko‘pchilik avvalgi 
davr bilan qiyoslashga o‘rganib qoldi. Bunday solishtirish u qadar to‘g‘ri emas, 
nazarimda. Chunki jurnalistikamizni avvalgi vaziyati bilan qiyoslagandan ko‘ra, 
“Aslida jurnalistika qanday bo‘lishi kerak?” degan savol nuqtai nazar bilan qarashimiz 
lozim. 
Sohamizning bugungi natijalari uchun kimgadir rahmat aytishimiz shart emas. 
O‘zi shunday bo‘lishi, bundan ham yaxshiroq bo‘lishi kerak-da. Hamkasblarimga 
shuni aytgan bo‘lardimki, oldinga yanayam katta maqsadlar qo‘yib, haqiqiy to‘rtinchi 
hokimiyat bo‘lishga intilaylik. Bilasizmi, demokratiya ancha rivojlangan davlatlarda 
matbuot va ommaviy axborot vositalariga nisbatan birinchi hokimiyat sifatida ham 
qarashadi. Bu jurnalistikaning kuchida ko‘rinadi. Shuning uchun kuchli mamlakatlarda 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 372,82 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 372,82 Kb.
Pdf ko'rish