www.scientificprogress.uz




Download 372,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana13.01.2024
Hajmi372,82 Kb.
#136404
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
zamonaviy-media-makonda-internet-va-unda-axborot-almashinuvining-o-ziga-xosligi
Inson huquqlari bo, hisobot, kompyuter tanlash, zebra, Issiqlik almashinish va yordamchi apparatlar, Конденсаторлар, Blood Flow Through The Heart, 1, Тангиров Наширдаги Ўқув қўл 250 бет, zamonaviy-media-makonda-internet-va-unda-axborot-almashinuvining-o-ziga-xosligi, 2
www.scientificprogress.uz
 
Page 1364
• har taraflama puxta va mustaqil qarorlar qabul qilish;
• atrof-muhit haqida yangi axborot olish;
• umumiylik hissiyotini shakllantirishga ko‛maklashish;
• jamiyat rivojining dolzarb masalalari bo‛yicha ommaviy debatlar va dialoglarni 
taʼminlash va qo‛llab-qo‛vvatlash;
• hayoti davomida uzluksiz taʼlimni qo‛llab-quvvatlash;
• o‛z xavfsizligini taʼminlagan va ijtimoiy masʼuliyatni his qilgan holda 
mediadan foydalanish;
• fuqarolik jamiyati va global axborot tarmog‛ini shakllanishi va rivojini qo‛llab-
quvvatlash
1

Yuqorida sanab o‛tilganlarning barchasi kun.uz saytida faoliyat yuritayotgan 
jurnalistlarda namoyon bo‛lmoqda. Saytning “O‛zbekiston yangiliklari”, “Jahon 
yangiliklari”, “Iqtisodiyot yangiliklari”, “Jamiyat yangiliklari”, “Fan va texnika 
yangiliklari”, “Sport yangiliklari” ruknlari ostida berilayotgan materiallar 
respublikamiz va xorijda sodir bo‛layotgan voqea-hodisalarga o‛zgacha, qolipdan 
chiqqan holda yondoshuv natijasida juda ham o‛qishlidir. Internet tizimida faoliyat 
yurituvchi jurnalist radio, televideniye, matbuotda faoliyat yurituvchi jurnalistdan 
albatta farq qiladi. Internet jurnalisti yuqorida tilga olingan jurnalistlarning barcha 
xususiyatlarini o‛zida mujassam etgan holda o‛z faoliyatini bajarishi lozim.
Internet jurnalistining mahorati yangiliklarni baholay olishida bilinadi. Bu 
jurnalistdan talab qilinadigan asosiy narsalardan biri hisoblanadi. Yangiliklarni tanlash 
va ularni baholash internet jurnalisti kundalik faoliyatidagi eng qiyin yumushlardan 
biri hisoblanadi. Bu jurnalistning tajribasini ham ko’rsatib beradi. Masalan, “kun.uz” 
sayti jurnalistlari yangiliklarni baholashda mazkur saytning axborot siyosatiga
voqeaning ijtimoiy ahamiyati va dolzarbligiga eʼtibor berishadi. Saytda berilgan 
“Nazorat qiluvchi idoralar mustaqil bo‘lishi kerak. Davlat boshqaruvidagi 
muammolardan biri haqida” sarlavhasi ostida chop etilgan xabar 2 soat ichida 13 804 
marta o’qilganini kuzatish mumkin, bu ham albatta auditoriyaning qiziquvchanligidan 
dalolat beradi. “Musulmonlar idorasining yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga doir 
fatvosi e’lon qilindi” kabi xabarlar ham foydalanuvchilar diqqat-eʼtiborini tortib 
kelmoqda. Internet jurnalistining mahorat qirralaridan yana biri uning tezkorligidir. 
Agarda 2-3 yil oldin respublikamizda faoliyat yuritayotgan saytlarning salkam 50 foizi 
muntazam yangilanmagan bo‛lsa, bugungi kunda sifatli axborotga bo‛lgan talabning 
oshishi, saytlarning ko‛payishi va axborot bozori uchun kurash OAV maqomiga ega 
saytlarning har kuni yangilanib turishini taqozo etmoqda. Buni “kun.uz”, “daryo.uz”, 
“gazeta.uz”, “qalampir.uz”, “xalq so’zi” saytlari misolida ko‛rishimiz mumkin. Ularda 
berilayotgan bugungi kunning dolzarb muammolariga bag‛ishlangan materiallar 
1
Nozima Muratova, Nargis Qosimova, Gulnoza Alimova, A’zam Dadaxonov, Azizaxon Ilyosxonova, Sitora Xolmatova, 
Nigina Xakimova: Jurnalistika “Onlayn jurnalistika va mediada yangi trendlar” –T.: O’zbekiston, 2019. 135-b.


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 372,82 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 372,82 Kb.
Pdf ko'rish