www.scientificprogress.uz




Download 372,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana13.01.2024
Hajmi372,82 Kb.
#136404
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
zamonaviy-media-makonda-internet-va-unda-axborot-almashinuvining-o-ziga-xosligi
Inson huquqlari bo, hisobot, kompyuter tanlash, zebra, Issiqlik almashinish va yordamchi apparatlar, Конденсаторлар, Blood Flow Through The Heart, 1, Тангиров Наширдаги Ўқув қўл 250 бет, zamonaviy-media-makonda-internet-va-unda-axborot-almashinuvining-o-ziga-xosligi, 2
www.scientificprogress.uz
 
Page 1367
kuchli jurnalistika barqaror taraqqiyotning asosiy omillaridan biri sifatida o‘zini 
ko‘rsatgan. O‘zbek jurnalistikasi ham ana shunday maydonga chiqishi kerak. Buning 
uchun esa eng avvalo, jamiyatning, iqtisodiyotning rivojlanishida shaffoflik muhim. 
Nima uchun aynan 27 iyun – Matbuot va OAV xodimlari kuni sifatida nishonlanishini 
bilasiz-ku. Chunki bu kunda ilk milliy nashrimiz “Taraqqiy” chop etila boshlangan. 
Bu kunni bayram sifatida nishonlar ekanmiz, mustamlakachilik zamonidagi o‘sha 
og‘ir vaziyatlarda milliy matbuotimizning poydevorini qo‘ygan insonlardan shijoatni, 
jasoratni o‘rganaylik, ulardan ruh olaylik. Ular millat qayg‘usi bilan yashagan.” 
“Rost24.uz” sayti bosh muharriri Anora Sodiqova o’zining “Hurriyat” gazetasi 2021 
yil 27 iyun soniga bergan intervyusida jurnalistika sohasidagi yutuq va kamchiliklar 
haqida o`z qarashlarini bayon etgan.
Axborot (Informatsiya) termini “information” lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, 
ma’lumot berish, tushuntirish ma’nosini anglatadi
2
. Qadimdan bu tushuncha orqali 
odamlar o‘rtasida og‘zaki, yozma va boshqa usullar vositasida ma’lumot almashinish 
tushunilgan. “Informasiya” tushunchasiga keng, har tomonlama izohni kibernetika 
beradi. Uning asoschisi Nobert Viner shunday yozadi: “Informasiya bu tashqi olamdan 
olingan ma’lumot mohiyatiga bizning moslashuvimiz va bizning xis-tuyg‘ularimiz 
moslashuvi jarayoni bilan izohlanadi”
3
. Ikkinchi tomondan “informasiya” tushunchasi 
“ma’lumot bilan ta’minlangan, ya’ni axborot uzatish va uni ommaviylashtirish” 
ma’nosini ham anglatadi. Axborot - inson va jamiyat hayotidagi o‘ziga xos hodisadir. 
Bir tomondan, axborot bu inson va jamiyatning mavjudlik sharoitlariga moslashuv 
imkoniyatini ta’minlovchi, atrofimizdagi dunyo haqidagi bilimlarni yig‘ish vositasi 
bo‘lib, ular asosida inson va jamiyat o‘z ehtiyojlarini qondirish va manfaatlarini 
amalga oshirish maqsadlarida to‘g‘ri keladigan harakat yo‘nalishini tanlashadi. 
Masalan, “ko‘chada yomg‘ir yog‘yapti” degan axborot sayrga otlangan kishi uchun 
soyabon olish zarurligi haqida qaror qabul qilishga yordam beradi. 
Boshqa tomondan, axborot bu - insonni, uning harakatlarini, jamoat tashkilotlari 
faoliyatini, davlat hokimiyati organlarini, texnik tizimlarni boshqarish vositasidir. 
Axborot muloqoti shaxsni tarbiyalash, ta’lim berish va shakllantirishning asosini hosil 
qiladi. Axborot insonga ijtimoiy va texnik me’yorlarning mazmunini yetkazish, uni 
ushbu me’yorlarga amal qilmaslikning bo‘lg‘usi salbiy oqibatlari haqida 
ogohlantirishning yagona vositasi hisoblanadi. 
Bugungi kun insonlari kundalik hayotini axborot yoki yangiliklarsiz tasavvur eta 
olmaydi. Zamonaviy media makonda juda katta hajmdagi axborotlarni auditoriya har 
kuni qabul qilyapti. “Buning uchun ommaviy axborot vositalari vakillaridan nafaqat 
professional bilim va malaka, hayotiy tajriba, o‘z so‘zi uchun ma’sulyati hissi, ayni 
2
Nesterenko F.P., Irnazarov K.T., Mamatova Y.M. Lug‘at-ma’lumotnoma: jurnalistika, reklama, pablik rileyshnz. - T., Zar 
qalam, 2003. 48-b. 
3
Принципы международной журналистики и международный обмен информацией. –М., 1999. С.5. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 372,82 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 372,82 Kb.
Pdf ko'rish