Microsoft Office dasturlar paketi




Download 499,74 Kb.
bet2/11
Sana20.06.2024
Hajmi499,74 Kb.
#264682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 vord dasturi

Microsoft Office dasturlar paketi




Amaliy dasturlar foydalanuvchi tomonidan aniq amallar bajarilishini ta`minlaydi. Amallarga misol keltirsak unga matn kiritish, rasm chizish, fototasvirlarni qayta ishlash, illustrasiya, video ma`lumotlarni qayta ishlash, audio ma`lumotlarni qayta ishlash, aloqa o`rnatish, hisob – kitob ishlari kabi amallar misol bo`la oladi Amaliy dasturlardan keng tarqalganlaridan biri Microsoft Office paketidir. Microsoft Office paketi Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqariladi va er yuzining barcha davlatlarida aynan shu paketdan foydalanib kelinmoqda.
Microsoft Office dasturlar paketi o`z ichiga bir necha amaliy dasturlarni mujassamlashtirgan. Bu dasturlarga Microsoft Word matn muharriri, Microsoft Excel elektron jadvali, Microsoft Power Point taqdimotchisi, Microsoft Access ma`lumotlar ombori, Microsoft FrontPage Web sahifalarni tayyorlovchisi va Outlook Express elektron pochta orqali ma`lumotlarni uzatish va qabul qilish maqsadida ishlatiladigan dasturlar kiradi. Yuqorida aytib o`tilgan barcha dastular yoki hech bo`lmaganda bittasi o`rnatilishi kerak bo`lsa u holda Microsoft Office paketi inisializasiya qilinadi. Inisializasiya jarayoni odatda Windows operasion sistemasi o`rnatilgandan keyingina amalga oshiriladi. Sababi o`rnatilishi kerak bo`lgan paket Windows muhitiga moslashtirilgan. Office dasturlarining mavjudligi foydalanuvchini to`liq qondira oladi.
Microsoft Office paketini o`rnatishdan oldin, biz o`rnatayotgan kompyuterning xotira zaxirasining mavjudligi, paket tarkibidagi dasturlarning zarurligini va qaysi komponentlarning talab etilishini bilishimiz shart. Inisializasion dastur odatda ancha katta hajmga ega bo`lganligi tufayli arxivlangan holatda kompakt disklarda (CD-R) va mantiqiy disklarda (vinchesterlarda) yozilgan bo`ladi.
Office paketining turli versiyalari mavjud. Ularga misol qilib Office 95, OSR, OSR2, malakali foydalanuvchilar uchun Office 97 pro, yuqori interfeysga ega Office 2000, Office XP va h.k.z.lar. Yana shuni ta`kidlash joiski, har bir versiya ishlanmasining to keyingi versiya chiqqunicha ularning yangi ishlanmalari tavsiya etib borilgan va Office ning yangi imkoniyatlari qo`shimcha qilib borilgan.
Microsoft Office dasturlar paketining rivojlanishi qisqacha quyidagi jadvalda keltirilgan.



Microsoft Office versiyasi

Tarkibidagi dasturlar soni

Ishlab chiqarilgan yili

Microsoft Office 95

3

1995

Microsoft Office 97

4

1997

Microsoft Office 2000

5

2000

Microsoft Office XP

5

2001

Microsoft Office 2003

7

2003

Microsoft Office 2007

9

2006

Microsoft Office 2010

10

2009



Officening versiyasi o`zgarishi bilan uning tarkibidagi dasturlarning versiyalari o`zgarib boradi. Har bir versiyaning o`zgarishi, uning imkoniyatining kengaytirilishi, qulay interfeysi va foydalanuvchiga taqdim etilgan qulayliklari bilan farq qiladi. Undan tashqari paket versiyasining o`zgarishi bilan uning hajmi ham kattalashadi, aniqrog`i Office tarkibidagi dasturlarning imkoniyatlari oshgan sari hajmi ham oshadi. Office tarkibidagi dasturlar uning komponentlarini tashkil etadi. Ko`pgina vaqtlarda o`xshash Office paketlari o`xshash kompyuterlarda ornatilgandan so`ng turli hajmlarni egallaydi. Bunga sabab komponentlarning o`rnatilganligidadir, ya`ni har bir komponent o`zining hajmiga ega. Demak paketning qaysi komponentlari yoki dasturlari o`rnatilganligidadir.

Download 499,74 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 499,74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Office dasturlar paketi

Download 499,74 Kb.