|
Zamonaviy rahbar ma’naviy qiyofasi Jo‘raqulova Sarvinoz Chori qizi dtpi
|
bet | 2/3 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 27,86 Kb. | | #255883 |
Bog'liq Zamonaviy rahbar Sarvinoz 104Ключевые слова: «Законы Темура», деятельность лидера, современный лидер, свободная конкуренция, предприятие, организация, коллектив, деятельность лидера, этическая культура, имидж лидера.
Kirish. Mamlakatning barcha joylarida va sohalarida davlat siyosatini yurgizib, inson manfaatlari yo‘lida rahbarlik ishlarini amalga oshira oladigan rahbar kadrlarning faoliyatini yanada takomillashtirish shu ma’noda doimo davlatimiz rahbarining e’tiborida turibdi. “Amir Temurdek buyuk va betakror siymoni har tomonlama tushunish, u barpo etgan qudratli saltanatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-mafkuraviy asoslarini, Sohibqironning davlat boshqaruvi borasidagi ulkan salohiyati, mahorati, bilim va tajribalarini o‘rganishda, umuman aytganda, hayot sirlarini anglab yetishda “Temur tuzuklari” bebaho qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, bugungi murakkab va tahlikali davrda bu kitobni qayta-qayta mutolaa qilish, uning mag‘zini chaqish birinchi galda rahbar, yetakchi bo‘lishdek mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga olgan odamlar uchun, qolaversa, har qaysi ziyoli inson uchun bag‘oyat foydali ekani haqida ortiqcha gapirib o‘tirishga hojat yo‘q, deb o‘ylayman.1
Aslida xalq bilan muloqot, doimo insonlar tashvishi va muammolarini o‘ylab yashash har qanday rahbar uchun birinchi va muqaddas vazifa bo‘lishi shart. Rahbarlik va boshqaruv madaniyati, hayotiy bilim va tajribalar qayerdan boshlanadi? Xalq bilan bevosita muloqot qilishdan boshlanadi. Ayniqsa, quyi pog‘onadagi rahbarlar o‘z dunyoqarashini o‘zgartirib, oddiy fuqaroga yelkadosh bo‘lib, tadbirkorga do‘st bo‘lib ishlamasa, biz qanchalik ko‘p kuch va mablag‘ sarflamaylik, farmon va qarorlar qabul qilib, sharoit yaratmaylik, joylarda islohotlarimizning oldinga yurishi qiyin bo‘ladi.
Aslida xalq bilan muloqot, doimo insonlar tashvishi va muammolarini o‘ylab yashash har qanday rahbar uchun birinchi va muqaddas vazifa bo‘lishi shart. Rahbarlik va boshqaruv madaniyati, hayotiy bilim va tajribalar qayerdan boshlanadi? Xalq bilan bevosita muloqot qilishdan boshlanadi. Ayniqsa, quyi pog‘onadagi rahbarlar o‘z dunyoqarashini o‘zgartirib, oddiy fuqaroga yelkadosh bo‘lib, tadbirkorga do‘st bo‘lib ishlamasa, biz qanchalik ko‘p kuch va mablag‘ sarflamaylik, farmon va qarorlar qabul qilib, sharoit yaratmaylik, joylarda islohotlarimizning oldinga yurishi qiyin bo‘ladi.
Har bir rahbarning faoliyat mezoni – bu xalqning orzu-umidlarini o‘zi uchun asosiy maqsad qilib, ularni izchillik bilan ro‘yobga chiqarishdan iborat.
Hokim va vazirlarimiz, kompaniya va banklarimiz rahbarlari orasida faol, ishning ko‘zini biladigan, chuqur fikrlaydigan yangi avlod vakillari yetishib kelayotgani meni quvontiradi. Ular xalq bilan ochiq muloqot qilmoqda, tashabbus ko‘rsatmoqda, yuqoridan ko‘rsatma kutib o‘tirmasdan, mustaqil va dadil ish olib bormoqda.
Afsuski, ba'zi yetakchi va mutasaddilar manmanlikka berilib, havolanib, oyog‘i yerdan uzilganini bilmay qoladi. 2
Mohokama. Mamlakatimiz iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan o‘sayotgan bir vaqtda, erkin raqobat va aholining turmush farovonligini ta’minlashda, tashkilot va korxonalarda boshqaruv faoliyatini samarali tashkil qilishda rahbarlik mahorati muhim ahamiyatga ega. Rahbar keng dunyoqarashga va tashkilotlardagi ichki o‘zaro aloqalarni va tashqi muhit bilan oxirgi o‘zaro ta’siri masalalari bo‘yicha fikrlash tizimiga ega bo‘lishi kerak. U yuqori umuminsoniy sifatlarga va psixologik qobilyatlarga, aqlli va ongli riskka borishni bilishi kerak.
Boshqaruv faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishning rahbar yoshiga bog‘liqligi rivojlangan mamlakatlar tadqiqotlariga asoslanadi. Aniqlanishicha, Yaponiya qayta ishlab chiqarish yirik kompaniyalari rahbarlarining o‘rtacha yoshi 63,5 bo‘lsa, shu toifa amerikalik rahbarlarning yoshi 59 da ekan. Yaponiya yirik kompaniya rahbarlarini o‘rganishda uchraydigan va taajjublanarli jihatlardan biri, ularning yoshi ulug‘ligidir. Ba’zi bir tashkilotlarda (masalan, «Sony Corporation») kompaniya prezidentining yoshi 65 deb cheklangan bo‘lsada, lekin ko‘pgina avtomobil sohasidagi firma rahbarlarining yoshi 75 va undan yuqoriligi ajablanarli hol emas. Umuman olganda, Yaponiyada xodimning korxonaga bir umr yollanish tajribasi qo‘llanadi. Ma’lum bo‘lishicha, yuqori bo‘g‘in rahbarlarining ko‘pchiligi o‘z tashkilotida 30 yildan ortiq ishlaydi. Bu sohada o‘tkazilgan tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, katta yoshli rahbarlar, agar ularning sog‘ligi ko‘ngildagiday bo‘lsa, ushbu tashkilot uchun katta tajriba manbaidir. Rahbarning ulug‘yoshi haqida gapirar ekanmiz, nafaqat uning biologik jihati, balki, ijtimoiy tomoni, hayotiy tajribasini ham nazarda tutishimiz darkor. Zero, «Qari bilganni pari bilmas», deb xalqimiz bejiz aytishmagan. Biroq, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyaning kirib kelishi, ularni o‘zlashtirishda ma’lum mahoratni talab qiladi. Baxtga qarshi, hozirgacha kompyuterda ishlashni o‘rganolmayotgan katta yoshli rahbarlarni uchratish qiyin emas. Shu jihatdan olganda, yosh rahbar ko‘pincha tashkilotga ilg‘or texnologiya va tezkorlik olib kiruvchi omil sifatida qabul qilinadi.
Yosh rahbar boshqaradigan tashkilotdagi xodimlarning o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi ko‘pincha past bo‘ladi. Yoshlik (30-35 yosh atrofida) bu yangilik va kashfiyotlarga moyillik, ijodiylik, qo‘rqmaslik va o‘zguruvchan muhitga moslashuvchanlik bilan ifodalanadi. Afsuski, bunday tashkilotda katta yoshdagi (40-45 dan yuqori) xodimlarga, hatto, shubha bilan qarashadi. Lekin, aniqlanishicha, inson 35-55 yoshlarida o‘z kasbining mohir ustasiga aylanadi, o‘z sohasidagi bilimni yaxshi egallaydi va ixtirolarni joriy etishga o‘zida ishtiyoq sezadi. Shu bilan birga, unda vaziyatni sovuqqonlik bilan tahlil etish, vazminlik kayfiyati shakllanadi.3
Davlat va jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichi boshqaruv tizimida faoliyat yuritayotgan har bir rahbar oldiga ma’lum talablarni qo‘yadi. Bu talablarga rioya etmaslik muvaffaqiyatsizlikka, belgilangan maqsad yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning samarasizligiga sababchi bo‘ladi. Hozirgi sharoitda boshqaruv tizimida ishlayotgan har qanday rahbar uchun, u biron bir korxona, tashkilot, jamoa rahbari bo‘ladimi yoki siyosiy arbob bo‘ladimi, odamlar bilan muloqot madaniyatini o‘zlashtirish, jonli so‘z vositasida kishilarga O‘zbekiston hukumati siyosatini to‘g‘ri tushuntira olish, mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida faol ishtirok etish va fuqarolik burchlarini chuqur anglab yetishlariga yordam berish muhim ahamiyatga ega. Shu o‘rinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev “...bugungi kunda rahbar nafaqat aniq bir kasb-hunarning egasi, avvalo, o‘zining faoliyati va insoniyligi bilan xalqning ishonchiga munosib bo‘lishi, yuksak intellektual tafakkur sohibi, uzoqni ko‘ra oladigan, doimo yangilikka intilib, zamon bilan hamqadam bo‘lib yashaydigan, qat’iyatli shaxs bo‘lishi lozim” deb bejiz aytmagan. O‘zbekiston o‘tish davrini boshidan kechirayotgan bir pallada og‘zaki targ‘ibot boshqaruv tizimi faoliyatining muhim qismini tashkil etish bilan birga hokimiyat bilan xalq o‘rtasida doimiy muloqotning eng faol shakli, xalqni milliy mafkura bayrog‘i ostida birlashtirish, jamiyatni boshqarishning eng maqbul quroli bo‘lmog‘i lozim va bundan keyin ham shunday bo‘ladi. Notiqlik va zamonaviy voizlik odamlar bilan jonli muloqotga asoslangan bo‘lib, rahbarga nafaqat o‘z vakolati doirasidagi ishlarni samarali tashkil etish, balki odamlarga tushunarli bo‘lgan aniq, yorqin fakt va misollar yordamida mustaqil O‘zbekistonda kechayotgan islohotlarning yutuqlarini ko‘rsatish, hukumat olib borayotgan siyosatni, Prezident farmonlari va hukumat qarorlarini to‘g‘ri tushuntirish, xalqning ongi va qalbiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatini beradi.4
Rahbar faoliyati bilan bog‘liq muloqot madaniyati deganda quyidagilar nazarda tutiladi:
1. So‘zlash (jumladan, omma oldida) san’ati.
2. Tinglash qobiliyati.
3. Suhbatdosh (hamkor, o‘zga kishilar, qo‘l ostida ishlaydiganlar)ni ob’ektiv baholash va to‘g‘ri tushunish ko‘nikmalari.
4. Har qanday odam bilan munosabat o‘rnata olish va o‘zaro manfaatdorlik asosida unga samarali ta’sir o‘tkaza olish. Chinakam muloqot madaniyati yuksak axloqiy madaniyatni nazarda tutadi, ya’ni o‘zga kishida o‘zi uchun o‘z maqsadiga erishish uchun kerakli odamnigina emas, balki to‘laqonli shaxsni ko‘ra bilish zarur. Rahbar va u muloqotga kirishgan shaxs yoki auditoriya bir-biri bilan uzviy bog‘liq va u yoki bu masalani hal etishda o‘ziga xos tandemni tashkil etadi. Rahbarning muloqot o‘rnatish mahorati, o‘zgalarni ishontirish qobiliyatining ahamiyati va zaruriyati mamlakatimiz va butun jahon miqyosidagi murakkab mafkuraviy jarayonlar bilan ham belgilanadi.5
Rahbar axloqiy madaniyatini quyidagi fazilatlar tashkil etadi:
1. Iste’dod. Insonga berilgan tug‘ma imkoniyatdir. U aql va fikr uyg‘unligi natijasida hosil bo‘ladi. Rahbarlik iste’dodi tashkilotchilik bilan bog‘liqdir. Qaysiki rahbar shaxs, lavozimining katta-kichikligidan qat’i nazar, tashkilotchi bo‘lsa u iste’dodlidir. Iste’dodli rahbar shaxs mustaqil fikrlaydi va eng to‘ri qarorlarni qabul qila oladi. Ishni to‘g‘ri tashkil qila olish iste’dod natijasidir. Bu borada birinchi Prezidentimiz I.Karimov deydi: “Insonning haq-huquqlarini himoya qilish, uning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratish – bosh vazifamiz”. Mana shu bilangina kishi iste’dodi yuksalib boradi.
2. Izlanish. Yangilikka intilish va har bir yangilikni amaliyotga tatbiq etish izlanuvchanlikdir. Rahbar shaxsning izlanuvchanligi o‘z malakasi va tajribasini oshirib berishda ko‘rinadi. Tashabbuskorlik – izlanuvchanlik samarasidir. Yangilikka o‘ch rahbar shaxs tashabbuskor bo‘ladi va o‘z ishini qoniqarli bajaradi.
3. Zamonaviy bilimlilik. Kishi o‘zi yashaydigan davrning eng ilg‘or tushunchalarini o‘zlashtirsa, zamonaviy bilimga ega bo‘ladi. Rahbar shaxsning zamonaviy bilimliligi esa hozirgi zamon boshqaruv sirlarini bilishi, siyosiy onglilik va dunyoviy taraqqiyotni anglashi bilan belgilanadi.
4. Vatanparvarlik. Inson o‘z yurtini sevsa vatanparvar hisoblanadi. Rahbar shaxs esa o‘z Vatanini sevishidan tashqari, uning taraqqiyotini ta’minlashi kerak.
5. Yurtga sadoqat. Odam o‘z yurtini obod qilsa, yurtiga sadoqatli hisoblanadi. Rahbar shaxs esa yurt istiqbolini belgilovchi izchil dasturlarni bajarishi, hayotni farovon qilishi va o‘zgalarning og‘irini yengil qilish bilan o‘z yurtiga sadoqatini namoyon qiladi.
6. Fidoyilik. Biror kishi ulug‘ maqsad sari qat’iy harakat qilsa fidoyilik qilgan bo‘ladi. Rahbar shaxs esa Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta’minlash bilan fidoyiligini namoyish etadi. Bugungi kun rahbari har bir ishda oldingi safda bo‘lsagina fidoyi hisoblanadi.
7. O‘z kasbini ustasi. Har kim tanlagan kasbini puxta bilsa kasbining ustasi hisoblanadi. Rahbar shaxsning professionalligi deganda esa o‘z kasbining so‘nggi yutuqlarigacha bilishi bilan birga boshqaruv sirlarini ham qat’iy o‘zlashtirishni tushunish kerak. Prezident buning ko‘rinishini “boshqalarga o‘rnak bo‘lishi” deb belgilaydi.
8. Mustaqil dunyoqarash. Muayyan masalada o‘z fikriga ega bo‘lish mustaqil dunyoqarashni bildiradi. Rahbar shaxs esa “keng fikrlashi, uzoqni ko‘ra bilishi qobiliyati bilan boshqalardan ajralib turadi” va bu uning mustaqil dunyoqarashga egaligidir.
9. Iymon-etiqodli. Insonning o‘zi ishongan narsaga ixlos qilishi iymone’tiqoddir. Rahbar shaxs esa bugun va ertani ko‘zlab, zamon muammolarini hal qila bilishi hamda mustahkam irodaga ega bo‘lishi bilan iymon-e’tiqodli hisoblanadi.
10. Inson bo‘lishi. Kishi yuksak insoniy axloqqa ega bo‘lsa yaxshi kishi hisoblanadi. Rahbar shaxs esa “atrofidagi uni o‘rab oladigan xushomadgo‘y, laganbardor, labbaychilarning maqtovidan o‘zini saqlab o‘ta olsa” chinakam insoniyligini namoyon qiladi. Axloqiy munosabatlarni tashkil qilishda axloqiy normalar poydevor sifatida hal qiluvchi ahamiyat kasb qiladi. Zero, davlatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi amaliy faoliyati va diplomatik aloqalari axloqiy normalarga asoslanadi. U qanchalik yuqori bo‘lsa, faoliyat ham shunchalik samarali bo‘ladi.6
Yana bir muhim jihat, rahbar imidji qanday bo‘lishi kerak? Avvalo, imidj atamasiga e’tibor qaratamiz. Imidj – (ing. imij – qiyofa, tasvir) odamlar ongida muayyan shaxs, tashkilot yoki boshqa ijtimoiy ob’ektga nisbatan yuzaga keluvchi, idrok etilayotgan ob’ekt haqidagi axborotni o‘zida mujassamlashtirgan va ijtimoiy xulq-atvorga da’vat etadigan muayyan sintetik obraz. Zamonaviy rahbar imidjini yaratish – bu uning yuzi, kiyinishi, qalbi, sog‘lom fikri, muomala madaniyati, boshqaruvchilik san’atini mukammal egallaganligi, kompetentlik: bilimi, tafakkuri, kasbiy mahorati, farosati, kamtar, xushmuomalalik kabi insoniy fazilatlari, go‘zallik, axloqiylik, o‘git va ibrat, ustoz va shogird an’analariga tayangan holda insonning nufuzini ko‘tarish, obro‘yini oshirish, hurmatga sazovor bo‘lishidir.
|
| |